Koksidiya va toksoplazmaning hayot sikllarini sxematik rasmlarini chizish va tahlil qilish.
Mikroskopda mikropreparatlarni ko’rish.
Mavzu materialini savol-javob orqali mustahkamlash va topshiriq berish.
Mashg’ulotningmaqsadi. Koksidiyasimonlar sinfiga mansub koksidiyalar va toksoplazmalarning umurtqali hayvonlar va odamlar hayotida roli bo’yicha umumiy tushunchalarni o’zlashtirish.
Kerakli jihozlar va materiallar.Mikroskoplar, rangli jadvallar tayyor bo’yalgan mikropreparatlar , uslubiy qo’llanmalar, yelektron animasiyalar.
Umumiytushunchalar.Koksidiyalar(Coccidida) Koksidiyasimonlar sinfiga 2500 ga yaqin turlar mansub bo’lib, ularning barchasi parazitlik bilan oziqlanishga moslashgan. Ushbu sinf vakillari ko’pgina umurtqasiz (halqali chuvalchanglar,
yumshoq tanlilar, bo’g’imoyoqlilar), ayrim umurtqali (baliqlar, qushlar, sut yemizuvchilar) hayvonlarda va odamda parazitlik qilib, ancha og’ir kechuvchi invazion kasalliklarni keltirib chiqaradi. Koksidiyasimonlarning hayot sikli xo’jayinlarini almashtirib turish, jinssiz, jinsiy va sporogoniya yo’li bilan ko’payishni amalga oshirish kabi ancha murakkab xususiyatlarni paydo qilgan. Jinssiz ko’payishda merozoitlarni, jinsiy ko’payishda gametalarni, sporogoniya yo’li bilan sporalar (sporozoitlar)ni hosil qiladi. Ushbu jarayonlarni quyonlar ichagida parazitlik qiluvchi quyon koksidiyasi (Eimeriamagna)ning hayot sikli misolida ko’rib o’tish mumkin. Quyonlarda koksidiyalar turkumining 8 ta turi parazitlik qilishi aniqlangan. Shulardan biri Ye. magnaning ham hayot sikli uch bosqichdan, ya’ni shizogoniya (jinssiz ko’payish), gametogoniya (jinsiy ko’payish) va sporogoniya (spora hosil qilish)dan iborat. Shizogoniya va gametogoniya bosqichlaridagi jarayonlar quyonning ovqat hazm qilish sistemasida (ichak hujayralarida) o’tsa, sporogoniya jarayoni tashqi (kislorodli) muhitda o’tadi.