Rasm 7. Merozoitlarning ultrastrukturasi.
A - Eimeria, B - Toxoplasma:
-konoid, 2 - roptrii, 3 - mikronemalar, 4 - ulrasitostom, 5 – Goldji apparati, 6 - yadro, 7
- mitoxondriyalar, 8 - mikronaychalar, 9-10 – zahira moddalar
Sog’lom quyonlar koksidiyaning oosistalarini suv yoki oziqa orqali yuqtiradi. Oosistalar juda kichik bo’ladi. Masalan, quyon koksidiyasining o’lchami 12 mkm dan 35 mkm gacha. Har bir oosistada 4 tadan sporoblast (sporosista) bo’lib, uning har birini ichida 2 tadan ingichka chuvalchangsimon va harakatchan sporozoitlar rivojlanadi. Suv yoki oziq bilan ichakka tushgan oosistalar va sporosistalar qobig’i yemirilib, sporozoitlar ichak bo’shlig’iga chiqadi. Ular faol harakatlanib, ichak (shuningdek jigar, oshqozonosti bezi) hujayralari ichiga kirib, oziqlanib, dastlab trofozoitlarga aylanadi. Trofozoitlar shiddat bilan oziqlanib tez o’sib yiriklashadi. Uning yadrosi ko’p marta ketma-ket bo’linib, ko’p yadroli shizontni hosil qiladi. Shizont shizogoniya usulida jinssiz bo’linib, ko’p sonli (ba’zan 32 tagacha) merozoitlarni hosil qiladi.
Rasm 8. Eimeria magna koksiyadiyasining rivojlanishi
I – shizontlarni birinchi avlodi, II – shizontlarni ikkinchi avlodi,
III – shizontlarni uchinchi avlodi, IV – gametogoniya, V – sporogoniya;
1 – sporozoitlar, 2 – yosh shizont, 3 – ko’p yadroli o’suvchi shizont, 4 – merozoitlarni hosil qilgan shizont, 5 – merozoitlar, 6 – makrogametalarni rivojlanishi, 6a – mikrogametalarni rivojlanishi, 7 – mikrogameta, 8 – oosista, 9 – quyon ichagidan chiqqan oosista, 10 – to’rtta sporoblastli oosista, 11 – sporalarni rivojlanishi, 12 – to’rtta yetilgan sporali oosista (har bir spora ichida ikkitadan sporozoitni hosil bo’lishi)
Dostları ilə paylaş: |