Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə12/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Profilaktikasi. Odamning lyambliozga chalinmasligi uchun qator profilaktik talablarga rioya qilish lozim. Birinchi navbatda sanitar-gigiyenik qoidalarga amal qilishi, suvni qaynatib ichish, lyambliya sistalarini tarqatuvchi har xil chivinlarga qarshi kurashish, meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qilish, hojatxonalarni dorilab turish kabi tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga yega bo’ladi.
Trixomonadalar ham lyambliyalar singari ko’p xivchinli bir hujayralilar bo’lib, juda mayda o’lchamga yegadir. Ularning tana shakli noksimon, pastki qismi yensizlanib, o’tkir uchli bo’ladi. Tananing o’rtasidan nisbatan pishiq tortma (ipcha) o’tib, uni ikkiga bo’ladi. Ushbu organoid aksostil deyiladi. Tananing oldingi tomonidan
5 ta xivchin boshlanib, uning bittasi tana pellikula pardasi bilan birlashib, to’lqinlanuvchi membranani hosil qiladi. Lyambliyalardan farqli ravishda trixomonadalarda yadro bitta bo’ladi. Ichakda yashovchi turlari osmotik usulda oziqani qabul qilsa, odamning jinsiy organlarida (asosan siydik yo’llarida) parazitlik qiluvchi turlarida og’iz teshigi va hazm vakuollari shakllanadi.
Odamda bir necha tur trixomonadalar uchraydi. Shulardan biri ichak trixomonadasi – Trichomonas hominis. Gavdasi 5-15 mkm. Odamning yug’on ichagida yashaydi. Ancha keng tarqalgan. Asosiy oziqasi ichak bo’shlig’idagi bakteriyalardir. Kommensal holda hayot kechiradi, lekin ba’zan jigar va o’t yo’llariga o’tib qolsa, ma’lum darajada patogen faoliyat ko’rsatadi. Trixomonadalarning sista bosqichi bo’lmaydi. Odamning og’iz bo’shlig’ida Trixomonas elongata yashaydi. U ba’zan o’pkaga ham o’tishi mumkin.
Trixomonadalar orasida yeng yirigi jinsiy organlar (qin) trixomonadasi (T. vaginalis) bo’lib uning o’lchami 15-30 mkm ga teng. U ayollar jinsiy organida parazitlik qilib, uning yallig’lanishiga olib keladi. Qin trixomonadasi yerkaklarning siydik chiqarish yo’llarida ham yashaydi, lekin ushbu organlarni kasallantirmaydi.
Aslida jinsiy organlar trixomonadasi jinsiy aloqa vaqtida yuqadi. Ushbu tur ham Yer yuzida keng tarqalgan. Ayollarning 20-40 % i, yerkaklarning yesa 15 % i zararlangan.
Trixomoniaz kasalligining profilaktikasi asosan shaxsiy sanitar-gigiyenik qoidalarga rioya qilishdan iborat.




Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin