Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə16/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Toksoplazmalar (Toxoplasma gondii). Koksidiyalar turkumiga mansub toksoplazmalar ko’pgina qushlar, sut yemizuvchilar va odamning jigari, talog’i , bosh va orqa miyasi, qon tomirlari va boshqa ichki organlarida parazitlik qilib xo’jayinini toksoplazmoz kasaliga duchor qiladi. Ushbu parazit dastlab fanga XX asrning boshida ma’lum bo’lgan. 1908-yilda fransuz olimlari Nikol va Manso tomonidan kemiruvchi hayvonlarda aniqlangan, lekin uning koksidiyalar turkumiga mansubligi 1971-yilda ma’lum bo’lgan.
Toksoplazma trofozoitlarining shakli yarimoysimon, uzunligi 4-7 mkm, yeni 2-4 mkm ga teng.
Elektron mikroskopik tekshirishlarda toksoplazma merozoitlarining tuzilishi koksidiyalar merozoitlarining tuzilishiga juda ham o’xshash bo’lishi kuzatilgan (rasm 7). Tanasi bo’ylama usulida bo’linadi. Shizogoniya usulida ketma-ket bo’linib, hosil bo’lgan merozoitlari to’planib, nozik yoki pishiq po’stga (sistaga) o’ralib, zararlangan organ ichida qoladi yoki xo’jayinining ajratgan suyuqliklari (so’lak, sut, siydik, axlat) bilan tashqi muhitga chiqariladi. Sog’lom hayvonlar tashqi muhitga chiqarilgan sistalarini oziq bilan (ba’zan ifloslangan qo’l bilan) yutib zararlanadi. Ba’zan sistalar terining shikastlangan joylaridan, yo’ldoshli sut yemizuvchilarning ichki organlaridagi parazitlar jinssiz usulida bo’linib, hosil qilgan sistalari ona tanasidan bachadondagi yembrionga (shuningdek tuxumdonda rivojlanayotgan tuxum hujayrasiga)o’tadi. Ayrim hollarda parazitlar qon so’ruvchi kanalar orqali ham yuqishi mumkin.
Toksoplazmaning jinsiy ko’payishi faqat mushuk organizmida o’tadi. Mushuk yesa toksoplazma bilan kasallangan kemiruvchi (sichqon, kalamush)larni yeb zararlanadi. Mushuk organizmida toksoplazmaning hayot sikli jinsiy ko’payish va sporosistalar hosil qilishi bilan xarakterlanadi. Shunga binoan mushuk parazit uchun asosiy xo’jayin, boshqa barcha toksoplazma bilan zararlangan hayvonlar va odam oraliq xo’jayin bo’lib hisoblanadi. Lekin toksoplazmalarning hayot sikli, ya’ni shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya jarayonlarining to’g’ri gallanmasligi tufayli xo’jayinlarni asosiy va oraliq guruhlarga ajratish nisbiydir, chunki toksoplazmalar hayot siklida jinssiz ko’payishning (shizogoniyaning) yendodiogeniya usuli bilan bo’linishi ancha ustun turadi.
Toksoplazmalar o’z xo’jayiniga turlicha ta’sir ko’rsatadi, hatto ayrim hayvonlar (mushuk va ayrim yirtqichlar) kasallikka berilmaydi. Ko’pgina hayvonlar juda ta’sirchan bo’lib, ba’zan o’lim bilan tugallanadi.
Odamlarning toksoplazmoz bilan kasallanishiga uy hayvonlari, ayniqsa mushuklarning roli katta. Ular ko’p hollarda kasallikka chalinmaydi va parazitni tashuvchi asosiy manba rolini bajaradi. Odamning toksoplazmoz bilan zararlanishida, uning limfa va asab sistemasining buzilishi, ko’zning kasallanishiga ham olib keladi. Odam va sut yemizuvchilar yembrioni ona qornida bo’lganida toksoplazma bilan zararlansa (transovarial yuqish) bola tashlash yoki uning ayrim organ va sistemalarining jarohatlanishi kabi salbiy holatlar kuzatiladi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin