MAVZU: O’ZBEKISTONDA EKSPORT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA KICHIK VA O’RTA BIZNES SUB’YEKTLARNING AXAMIYATI PARDAEVA NIGORA ABDURAXMANOVNA Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi davrda O’zbekistonda import o’rnini bosuvchi va eksport salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora- tadbirlar, shuning bilan birga kichik va o’rta biznes sub’yektlarning eksport hajmini oshirishida tutgan o’rni, va davlatimiz tomonidan korxonalar faoliyatini yanada yaxshilash uchun olib borilayotgan muhim o’zgarishlar haqida so’z olib boriladi.
Kalit so’zlar: Kichik va o’rta biznes sub’yektlari, eksportni diversifikatsiya qilish, valyuta konvertatsiyasi, eksportni rag’batlantirish, yalpi ichki maxsulot, investitsiya.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida eksportni rag’batlantirish, eksport hajmini oshirish qilinayotgan ulkan islohatlaga guvoh bo’lishimiz mumkin. Ma’lumki, O'zbekistondatashqi savdo bir nechta tabiiy resurslarda asoslangan hisoblanadi. Kichik va o’rta biznes sub’yektlari eksportini oshirish hamda eksportni diversifikatsiya qilish va rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashda muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari hukumatimiz iqtisodiy ochiqlik foydasiga, ayniqsa valyuta konvertatsiyasiga qaratilgan islohotlarni amalga oshirmoqda. Kichik va o’rta biznes sub’yektlarini ochish hamda faoliyat yuritishi uchun maxsus konsalting xizmatlari va bozor ma'lumotlari, aniq qiymat taklifi va xorijda eksportni ilgari surish tarmoqlari, shuningdek, eksportni rag'batlantirish faoliyatining ta'sirini monitoring qilish va baholash kabi muhim strategik ko’maklarini taqdim etib kelmoqda. Iqtisodiyotda Kichik va o’rta biznes sub’yektlarining roli sezilarli darajada kengaydi. Xususiy kichik va o‘rta tadbirkorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish hozirgi vaqtga qadar hukumatimiz tomonidan izchillik bilan ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib kelinmoqda. Hukumatimizning bir qator strategiyalari, dasturlari va qarorlari kichik biznesni moliyalashtirishni yaxshilash, infratuzilmasini rivojlantirish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish va bartaraf etish, soliq yukini soddalashtirish va kamaytirish orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Hukumatning maqsadlari umumiy ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va davlatning kichik va o'rta korxonalarning iqtisodiy faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, natijada kichik va o'rta va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o'rinlari va daromadlar yaratishdan iborat bo’lib kelmoqda. 2017-yilda hukumatimiz ushbu maqsadlar uchun islohotlarni faollashtirdi. Natijada O‘zbekiston Jahon bankining 2018 yilgi biznes yuritish hisobotida 13 pog‘onaga yuqoriladi. Mamlakat 74-o'rinni egalladi va islohotlarning borishi bo'yicha dunyoning eng yaxshi iqtisodlari o'ntaligiga kirdi, eng sezilarli yaxshilanishlar biznesni yuritish islohotlaridan kelib chiqdi.
Oʻzbekistonda rasmiy maʼlumotlarga koʻra, kichik va oʻrta korxonalar bandlikning eng katta manbai hisoblanadi, chunki ular 2010-yildagi 74,3% va 2000-yilda 50% dan sal pastroq boʻlgan boʻlsa, hozirda ular 78% ish oʻrinlarini taʼminlaydi. Bu koʻra, kichik va oʻrta korxonalar tomonidan taqdim etilgan 70% dan koʻproqdir. Ularning yalpi ichki mahsulotga qo'shgan hissasi ham sezilarli darajada oshdi. Ular sanoat mahsulotlarining 45 foizdan ortig‘ini, xizmatlarning 61,4 foizini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98,2 foizini tashkil etadi. Rasmiy manbalar ko'pincha soliqlarning kamayishi, biznesni ro'yxatdan o'tkazish va litsenziyalashning soddalashtirilgani va moliyadan foydalanishning qulayligi mamlakatda kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga turtki bo'lgan asosiy islohotlar sifatida tilga olinib kelinmoqda.
Shu bilan birga hozirgi kunda qilinayotgan eng muhim ishlardan hukumatimizning ustuvor vazifalari bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, kichik va oʻrta korxonalar eksportini moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash va eksportni rag‘batlantirishga qaratilgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, kichik va oʻrta korxonalar eksport qiluvchi tashkilotlarning 76% dan ortig'ini tashkil qiladi. O‘zbekiston eksporti hozirda xomashyoda, ayniqsa uchta sohada jamlangan: gaz va metall, paxta va meva-sabzavot. O‘zbekistonning diversifikatsiyasi eksport qilinadigan mahsulotlar bo‘yicha jamlangan bo‘lgani bilan birga. Rasmiy manbalar maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston mahsulotlari va tovarlarining asosiy eksport yoʻnalishlari Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya, Afgʻoniston, Eron va Koreya boʻlib, eksportning 53,3 foizini bu davlatlar tashkil etadi. Iqtisodiyot vazirligi mutaxassislari bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 2 ming 162 tadbirkorlik subyektiga o‘z tovar va xizmatlarini eksport qilishda xuquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatilgan. Buning natijasida 395 tadbirkorlik subyekti tomonidan 1 milliard 93 million dollarlik eksport amalga oshirilgan.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportining mamlakatimiz umumiy eksportidagi ulushi oxirgi 15-yilda uch marotaba ortib, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 27 foizga yetgani alohida ta’kidlab o’tishimiz joiz, bundan tashqari oxirgi besh yilda eksport faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalar soni 1,5 barobar, kichik biznes subyektlari soni 1,6 barobar oshgani yurtimizda eksportni yanada rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar o’z ijobiy natijalarini berib kelmoqda.