SUYAK-MUShAK TIZIMINING ANATOMO-FIZIOLOGIK
XUSUSIYATLARI VA SHIKASTLANISH SEMIOTIKASI
Bola tug'ilganda naysimon suyaklar diafizi suyak to'qimasidan iborat, lekin
epifizlar, hamma g'ovak suyaklar va oyog suyaklarining bir qismi toqay
toqimadan iborat bo´ladi. Bola tug'ilgandan keyin faqat son va katta boldir
epifizlarida suyaklanish nuqtalari aniqlanadi. Epifizlarda suyaklanish nuqtalari
paydo bo'lguncha naysimon suyaklarning bo'yiga o'sishi suyaklarning tugash
qismini hosil hiluvchi o'suvchi va tog'ay to'qimalarning rivojlanishi hisobiga
kuzatiladi. Suyaklanish nuqtalari paydo bo'lgandan so'ng, o'sish o'suvchi tog'ay
to'qimalar, qisman suyaklangan epifiz va metafiz o’rtasitda, metaepifizar zonada
rivojlanish hisobiga yuz beradi. Bola hayotining birinchi oyi va yilida suyak
skeleti intensiv o'sishi bilan birgalikda suyak to'qimasi tizimi ko'p martalik qayta
tiklanishi, dag'al tog'ayli tuzilishdan ikkilamchi gaversov strukturasidagi
plastinkali suyakkacha o'zgaradi. Suyaklar qattiqligi tog'ay to'qimaning osteoid
53
bilan almashinuvi va mineralizasiya darajasiga bog’liq. Metafiz va epifizlarni qon
bilan ta'minlanishi metafizar va epifizar arteriyalar bilan amalga oshiriladi,
gematogen osteomielitning tez rivojlanishiga olib keladi.
Bolalar skeletining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, suyak pardasi bir
muncha qalin va funksional jixatdan aktivligi yuqori, shu sababli, suyak to'qimalari
ko'ndalang o'sishida yangilanish jarayonlari bilan xarakterlanadi. Bolalarda suyak
tizimining anatomik-xususiyatlari:
tug'ilgandan keyin naysimon suyaklar diafizi suyak to'qimasidan iborat;
ko'pgina epifizlar, kaft suyaklari tog'ay to'qimadan tuzilgan;
naysimon suyaklarni bo'yiga o'sishi epifizlarda suyaklanish nuqtasi paydo
bo'lguncha o'suvchi tog'ay to'qimalar hisobiga olib boriladi;
hayotining birinchi oyi va yillarida suyak to'qimasi tizimi qayta tiklanishi
dag'al tolali tuzilishdan plastinkaligacha ikkilamchi gaversov tuzilishlari bilan
boradi;
suyak to'qimasi tashqi muhit ta'siriga, asosan ovqatlanishni buzilishiga, bolani
harakat rejimiga, mushak tonusi holati va boshqalarga juda sezilarli bo´ladi;
osteogenez intensivligi va qayta modellashtirish erta yoshdagi bolalarda
suyak to'qimasi zichligi va qattiqligi pasayishi bilan boradi
suv miqdori ko'p;
suyak to'qimasi qon bilan intensiv ta'minlangan;
suyak usti pardasi qalin va suyakning ko'ndalang o'sishi funksional aktivlik
hisobiga yuz beradi;
suyak ichi bo'shliqlari hajmi nisbatan katta emas va yoshi katta bo'lishi sari
shakllanadi;
suyak chiqib turgan joylari mushaklar funksiyasi boshlangandan keyin shakllanadi
va tortiladi;
suyak to'qimasi tashqi tuzilishi va differensirovkasi 12 yoshga kelib, katta
odamlar suyak xarakteristikasiga yaqinlashadi.
Mushak to'qimasining anatomo-fiziologik xususiyatlari
Bolalarda kattalardan farqli ravishda mushak vazni tana vazniga nisbatan
kichik.
Chaqaloqlarda
bukuvchi
mushaklar
tonusning
yuqoriligi
bilan
xarakterlanadi. Mushak tolalari rivojlanishi bilan parallel ravishda mushaklar
biriktiruvchi
to'qimasi
karkasi
shakllanadi,
8-10
yoshda
qoshimcha
differensiyasiga yetadi. Chaqaloqlarda uyqu vaqtida mushaklar boshashadi. Skelet
mushaklarining doimiy aktivligi bir tomondan ularning qisqaruvchi termogenez
reaksiyalarida ishtirok etishi, boshqa tomondan esa, bu aktivlik va mushaklar
tonusining osuvchi organizmning anabolik jarayonlarida ishtiroki bilan aniqlanadi.
Bolalarda mushaklarning rivojlanishi bir xilda bormaydi. Birinchi navbatda yelka
yirik mushagi, yelka oldi mushagi rivojlanadi, keyinroq qo'l kafti mushaklari
rivojlanadi. 6 yoshgacha bolalar barmoqlari bilan yengil ishlarni bajara
olmaydilar. 6-7 yoshdan boshlab, bolalarni asta-sekin yozishga o'rgatish mumkin.
8-9 yoshdagi bolalarda boylamlar zichlashadi, mushak rivojlanishi kuchayadi,
mushak hajmi ko’payishi aniqlanadi. Jinsiy shakllanish davri oxirida faqat qo'l
54
mushaklari emas, orqa, yelka, oyoq mushaklari o'sa boshlaydi. 15 yoshdan keyin
kichik mushaklar intensiv rivojlanadi, mayda harakatlar koordinasiyasi va aniqligi
shakllanadi.
Suyak va mushak tizimining shikastlanish semiotikasi. Tekshirish usullari
Bolalarda suyak tizimi shikastlanishi tug'ma va orttirilgan bo´ladi. Tug'ma
nuqsonlarda son suyagining tug'ma chiqishi, skelet ba'zi qismlarining tug'ma
nuqsonlari, ikkinchi o'rinda skelet tug'ma displaziyasi turadi. Ular xondro- va
osteodisplaziyaga bo'linadi va skeletning turli xil deformatsiyasi bilan kechadi,
bolaning o'sish jarayonida yuzaga keladi. Erta yoshdagi bolalarda orttirilgan
suyak kasalliklaridan raxit ko’p uchraydi, unda suyaklar yumshoqligi, suyaklarning
yoysimon qiyshiqligi, oyoqlarning O va X-simon qiyshiqligi, shuningdek raxitik
gidrosefaliya uchraydi. Orttirilgan suyak kasalliklaridan ba'zida osteomielit uchrab
turadi. Maktab yoshidagi bolalarda suyak to'qimasining jarohatlanishi ko'p
kuzatiladi. Suyak sinishlari. Suyak tizimini ob'ektiv tekshirish ko'rik, palpatsiya va
o'lchash bilan o'tkaziladi.
Ko'rikni yotgan, o'tirgan va tik turgan holatda, qo'llari erkin tushgan holda
o'tkazish kerak. Keyin boladan yotish, otirish, qo'l-oyoglarini bukish, ochish va
boshqalar talab qilinadi. Kichik yoshdagi bolalarda suyak - boqim tizimini
baholash uchun bola oynayotgan vaqtda uni kuzatish kerak. Old tomondan korik
bosh, boyin, ko'krak qafasining shakli, xolati va proporsiyasini aniqlashga yordam
beradi. Orqa tomondan ko'rikda kurak, umurtqa pog'onasi, oyoq-qo'l bo'g'imlari
burchaklari bukilishi va yozilishiga e'tibor beriladi.
Suyak tizimi quyidagi ketma-ketlik tartibida tekshiriladi: bosh, umurtqa
pog'ona, ko'krak qafasi, oyog va qo'llar. Bosh ko'rigida uning olchami va shakli
aniqlanadi, bosh aylanasi o'lchanadi. Normada bosh aylana shaklida bo´ladi.
Paypaslash bilan liqildoq, choklarning holati, suyaklarning zichligi aniqlanadi.
Paypaslash ikkala qo'l bilan o'tkaziladi, bosh barmoq peshonaga, kaft, chakka
soxasiga, o'rta va ko'rsatgich barmoqlar bilan tepa suyaklar tekshiriladi, ensa
sohasi, choklar va kichik liqildoq ham tekshiriladi.
Katta liqildoq peshona va tepa suyaklar o'rtasida joylashgan, to'g'ri romb
shaklida bo´ladi. Kichik liqildoq ensa va tepa suyaklar o'rtasida joylashgan.
Tug'ilgandan keyin ko’pgina chaqaloqlarda kichik liqildoq yopiq, 25% bolalarda
esa 4-8 haftada yopiladi. Yetuk tugilgan bolalarda yon lihildoqlar yopiq bo´ladi.
Chaqaloqlarda o'qsimon, ensa choklari ochiq va 3-4 oylikda yopiladi. Katta
liqildoqni paypaslab, liqildoq o'lchami aniqlanadi, liqildoqning ikkita qarama -
qarshi tomonlaridagi masofasi o'lchanadi, diagonali bo'yicha o'lchanmaydi.
Tug'ilganda katta likildoq o'lchami 2,5x2,5 sm yo’ki 3,0x3,0 smga teng, 1-1,5
yoshda katta liqildoq yopiladi (normada). Oxirgi yillarda, uning 9-10 oylarda
yopilishi kuzatilmoqda. Boshni ko'rish vaqtida kallaning miya va yuz qismi
taqqoslanadi, ularning taqqoslanishi bolaning biologik shakllanishini belgilaydi.
Miya va yuz qismini taqqoslash erta yoshdagi bolalarda 2:1, kattalarda 1:2 ga teng.
Ko'krak qafasini ko'rganda uning shakli baholanadi. Chaqaloqlarda ko'krak qafasi
shakli bochkasimon, ya'ni old-orqa o'lchami ko'ndalangiga teng. Ko'krak qafasi
keng va kalta. Maksimal nafas olish holatini egallaydi, qovurg'alar gorizontal
55
joylashgan. Erta yoshdagi bolalarda silindrik, 7-8 yoshdan keyin epigastral
burchak o'lchamini aniqlash uchun quyidagi usul qollaniladi: ikkala qo'l kafti
qirrasi (qovurg'asi) bilan to'sh va qovurg'alar yoyi o’rtasitda hosil bolgan burchak
tomonga yo'naltiriladi, 15- yoshda - ko´krak qafasi ko'ndalang diametri
kattalashadi.
Mushak tizimini tekshirishda mushak vazni yoki rivojlanish darajasi
aniqlanadi. Tonusi, kuchi, shuningdek hajmi va harakat xarakteri baholanadi.
Mushaklarning og'irligi, mushaklarni ko'rish va paypaslash bilan aniqlanadi,
bolaning tanasi va oxirlari xolatiga qarab, mushaklar tonusi vizual baholanadi.
Sog'lom chaqaloqlarning qo'llari tirsakka bukilgan, tizza va son qorniga tortilgan
bo´ladi. Mushaklar tonusi palpator aniqlanadi, navbat bilan turli xil muskul
guruxlari palpatsiya qilinadi, oxirlar sekin bukiladi va yoziladi. Ko'krak yoshidagi
bolalarda yuqori oxirlar muskul tonusi traksiya sinamasi yordamida tekshiriladi.
Orqasi bilan yotgan bola kaftidan ushlanib va sekin o'ziga tortiladi, uni o'tirgan
holatga keltirishga harakat qilinadi. Bola oldin qo'llarini ochadi, keyin xuddi
shifokorga yordam bergandek butun tanasi bilan tortiladi. Ko'krak yoshidagi
bolalarda mushak kuchi o'yinchoqni olib qo'yish bilan aniqlanadi, katta yoshda
(5-6 yosh) dinamometr yordamida tekshiriladi. Shifokor passiv harakatlar hajmini
aniqlaydi, bo'g'imlarni bukish va yozish bilan aniqlanadi, bo'g'imlarda aktiv
harakatlar hajmini bola o'zi aniqlaydi.
BOLALARDA NAFAS OLISh TIZIMINING ANATOMO-FIZIOLOGIK
XUSUSIYaTLARI. ShIKASTLANISh SINDROMLARI VA
TEKShIRISh USULLARI
Bolalarda nafas olish organlari nisbatan kichik o'lchami va anatomo-
gistologik rivojlanishi tugallanmaganligi bilan farqlanadi. Erta yoshdagi bolalarda
burun nisbatan kichik, burun yo'llari tor, pastki burun yo'li bo'lmaydi. Burun shilliq
qavati nozik, nisbatan quruq, qon tomirlarga boy. Burun yo'llari torligi va yaxshi
qon bilan ta'minlanganligi natijasida kichik yoshdagi bolalarda yengil yallig'lanish
burun orqali nafas olishni qiyinlashtiradi. Bolalar hayotining birinchi yarim yilida
ogiz orqali nafas ololmaydi, chunki tili katta, xalqum usti tog'ayini orqaga siqadi.
Erta yoshdagi bolalarda burundan chiqish - xoana juda tor, shuning uchun u uzoq
vaqt davomida burun orqali nafasni buzilishiga sabab bo´ladi.
Chaqaloqlarda burun bo'shlig'i past (balandligi-17,5 mm) va tor. Burun
supralari nisbatan qalin. Yuqori burun yo'li bo'lmaydi, o'rta va pastkisi yaxshi
rivojlanmagan. Pastki burun suprasi burun boshlig'i tubiga tegib turadi. Burun
supralari burun bo'shlig’i to'sig'igacha yetmaydi, umumiy burun yo'li erkin qoladi
va u orqali chaqaloqlar nafas oladi, xoanalar past joylashgan. hayotining 6 oyligida
burun bo'shlig'i balandligi 22 mm gacha kattalashadi va o'rta burun yo'li, 2 yoshida
pastki, 2 yoshdan keyin - yuqoridagisi shaklllanadi. 10 yoshda burun bo'shlig'i
uzunligi bo'yicha 1,5 marta kattalashadi. Bu yoshda eniga kam kattalashadi.
Chaqaloqlar burun oldi boshliqlaridan faqatgina yuqori jag' boshlig'i kuchsiz
rivojlangan. Boshqa boshliqlar tuhilgandan keyin shakllanadi. Peshona bo’shlig’i 2
yoshda paydo bo´ladi, ponasimon - 3 yoshda, g'alvirsimon suyak katakchalari - 3-
6-yoshda, 8-9 yoshda yuqori jag' bo'shlig'i suyakning hamma qismini egallaydi.
56
Yuqori jag' bo'shlig'i burun bilan qo'shilganda hosil bo'lgan teshik 2 yoshgacha
bo'lgan bolalarda oval, 7 yoshda esa aylana ko'rinishida bo´ladi. Peshona bo'shlig'i
5 yoshga kelib no'xatdek o'lchamda bo´ladi. Pastga qarab torayadi, g'alvirsimon
voronka orqali o'rta burun yo'li bilan birikadi. Ponasimon bo'shliq o'lchami 6-7
yosh bolalarda 2-3 mmgacha yetadi, g'alvirsimon suyak bo’shliqlari 7-yoshga
kelib
bir-biriga mahkam bog'lanadi; 14-yoshda tuzilishi bo'yicha ular katta odamlar
g'alvirsimon katakchalariga oxshash bo´ladi.
Erta yoshdagi bolalarda Yevstaxiev nayi keng bo´ladi va bolani gorizontal
holatida patologik jarayon burun tomondan o'rta quloqqa yengil o'tadi, o'rta otit
rivojlanishini chaqiradi. Chaqaloqlar xalqumi nisbatan katta o'lchamga ega;
kattalarnikiga nisbatan u kalta, keng, voronkasimon, yuqori joylashgan (II-IV
umurtqa tengligida). Til osti suyagi yuqori joylashgan. Xalqumda chiqish
bolmaydi. Chaqaloqlarda xalqum ko’ndalang oqi orqaga siljigan va traxeya bilan
burchak hosil qiladi, orqaga ochiq, buni intubasiya hilayotganda hisobga olish
zarur. Chaqaloqlarda va ko'krak yoshidagi bolalarda xalqum til ozagidan
birmuncha yuqori joylashgan, shuning uchun bola ovqat bo’lakchalari
(suyuqliklarni) yutganda xalqum ustini tomoqning halqum qismi noksimon
cho'ntakdan lateral tomondan o'tadi. Buning natijasida bola bir vaqtning o'zida
nafas oladi va yutadi. Bu so'rish aktida muhim axamiyatga ega. Kattalarnikiga
qaraganda, xalqum kirish joyi chaqaloqlarda nisbatan keng. Kirish oldi qisqa,
shuning uchun ovoz yorig'i uzunligi 6,5 mm (kattalarnikiga nisbatan 3 marta qisqa)
parda o’rtasi va tog'ay o’rtasi qismlari uzunligi bo'yicha teng 93,5 va 3 mm.
Bola hayotining birinchi 3 yoshida va keyin, jinsiy shakllanish davrida ovoz
yorig'i yaqqol kattalashadi. Xalqumning elastik konusi tor, kalta. Chaqaloqlarda
uning balandligi 9-10 mm. Chaqaloqlarda va bolalik davrida xalqum mushagi
kuchsiz rivojlangan. Uning eng intensiv o'sishi jinsiy shakllanish davriga to'g'ri
keladi. Bola hayotining birinchi tort yilida halqum tez osadi. Jinsiy rivojlanish
davrida (10-12 yoshdan keyin) yana faol osishi boshlanadi, u erkaklarda 25
yoshgacha va ayollarda 22-23 yoshgacha davom etadi. Bolalik yoshida halqum
o’sishi bilan (u asta-sekin pastlashadi) uning yuqori qirrasi va til osti suyagi
o’rtasitdagi masofa kattalashadi. 7 yoshga kelib, halqumning pastki qirrasi VI-
bo'yin umurtqasi yuqori qirrasiga teng joylashadi. Xalqumning kondalang oqi
vertikal holatni xalqum 14-20 yoshdan keyin egallaydi. Erta yoshda halqumni
jinsga qarab farqlash kuzatilmaydi. Keyinchalik halqum o'sishi og'il bolalarda, qiz
bolalarga nisbatan xalqum yirikroq bo´ladi. 10-12 yoshda ohil bolalarda xalqum
yaqqol chiqib turadi. Jinsiy shakllanish davrida xalqum olchami ovoz boylamlari
uzunligi og'il bolarda qiz bolalarga nisbatan katta bo´ladi.
Chaqaloqlarda halqum toqaylari yupqa, yosh o'tgan sari qalinlashadi, ammo
o'zining qayishqoqligini saqlaydi. qari va keksa yoshlarda halqum toqaylarida,
halqum ustidan tashqari, kalsiy tuzlari toplanadi; tog'aylar suyaklashadi, tez
sinadigan va mo'rt bo'lib qoladi.
Chaqaloqlarda traxeya uzunligi 3,2-4,5 sm, voronkasimon ko'rinishda
bo´ladi. O'rta qismida kengligi 0,8 sm atrofida. Traxeyaning pardasimon devori
nisbatan keng, traxeya toqaylari yaxshi rivojlanmagan, yupqa, mayin. Keksa va
57
qarilik (60-70 yosh) yoshida traxeya tog'aylari qattiq, mo'rt bo´ladi, bosilganda
yengil sinadi.Tug'ilgandan keyin birinchi 6 oyligida traxeya tez o'sadi, keyin o'sishi
sekinlashadi va yana o'smir yoshda (12-22 yoshlarda) tezlashadi. 3-4 yoshga kelib
traxeya kengligi 2 martaga kattalashadi. Chaqaloqlarga nisbatan, 10-12 yoshli
bolalarda traxeya 2 barobar uzun, 20-25 yoshda uzunligi uch barobarga ortadi.
Chaqaloqlarda kekirdak shilliq qavati yupqa, mayin, bezlari yaxshi rivojlanmagan.
Chaqaloqlarda kekirdak orta chiziqdan birmuncha o'ngda yuqori joylashgan. Uning
boshlanishi II-IV boyin umurtqasiga to'g'ri keladi. Traxeya bifurkasiyasi II-III
ko´krak umurtqasiga tog'ri keladi. 1-2 yoshli bolada yuqori qirraci IV-V bo'yin
umurtqa tengligida, 5-6 yoshda V-VI umurtqadan oldinroqda, osmir yoshda VI
bo'yin umurtqaga to'g'ri keladi. Bolaning 7 yoshligida traxeya bifurkasiyasi IV-V
ko'krak umurtqasidan oldinroqda, 7 yoshdan keyin V ko'krak umurtqasi tengligiga
tog'ri keladi, xuddi katta odamlarnikidek bo´ladi.
Chaqaloqlarda o'ng bosh bronx kekirdakdan chiqadi (uning oqidan), kichik
burchak ostida (20%), chapga nisbatan (49%) va o'zining yonalishiga ko'ra
traxeyaning davomi hisoblanadi. Bola hayotining birinchi yilida va jinsiy
shakllanish davrida bosh bronxlar tez osadi.
Chaqaloqlarda o'pka notogri qonus shaklda; yuqori bo'laklari nisbatan katta
bolmagan o'lchamda; o'ng o'pka o'rta bo'lagi o'lchami bo'yicha yuqori bo'lakka
teng, pastkisi nisbatan katta. Bola hayotining 2 yoshida o'pka vazni 57g (39 dan 70
g.gacha), xajmi 67 sm.kub. nafas olmayotgan o'pka zichligi 1,068 (o'lik tuhilgan
bolalar o'pkasi suvda chokadi), nafas olayotgan bolada o'pka zichligi -0,490. Bola
tuhilgandan keyin bronxial daraxt asosan shakllangan; 1 yoshida intensiv o'sishi
kuzatiladi (bolakli bronx o'lchamlari 2 marta, bosh bronx -1,5 marta kattalashadi).
Jinsiy shakllanish davrida bronxial daraxt o'sishi yana kuchayadi. 20 yoshlarga
kelib uning hamma qismlari o'lchamlari 3,5-4 martaga kattalashadi (chaqaloqlar
bronxial daraxti bilan taqqoslaganda). 40-45 yoshli odamlarda bronxial daraxt
katta olchamda bo´ladi. 50 yoshdan keyin bronxlarning yosh involyusiyasi
boshlanadi.
Keksa va qarilik yoshida ko'pgina segmentar bronxlar uzunligi va diametri
birmuncha kichrayadi, ba'zida uning devorlarida cho'tkasimon chuqurchalar,
yollari egri-bugriligi kuzatiladi.
Chaqaloqlarda o'pka asinuslari unchalik ko’p bo’lmagan kichik o'pka
alveolalar sonidan iborat. Bola hayotining birinchi yilida va keyin yangi alveolyar
yolaklar paydo bo'lishi hisobiga asinuslar o'sadi va devorlarda yangi o'pka
alveolalar hosil bo´ladi. Alveolyar yo'laklar yangi shoxchalanishi hosil bolishi 7-9
yoshda tugaydi, o'pka alveolalari esa 12-15 yoshda; bu vaqtda alveola o'lchami ikki
barobarga kattalashadi. 15-25 yoshlarda o'pka parenximasi shakllanishi tugaydi.
25-40 yoshda o'pka asinusi tuzilishi o’zgarmaydi. 40 yoshdan keyin asta sekin
opka to'qimasi eskiradi: alveolalar oraliq to'sig'i yassilanadi, opka alveolalari
kichrayadi, alveolyar yo'laklar bir-biri bilan qo'sqiladi, asinuslar o'lchami
kattalashadi. Bola tug'ilgandan keyin o'pkaning o'sish va rivojlanish jarayonida
uning hajmi birinchi yilda 4 marta, 8 yoshda 8 marta, 12 yoshda 10 marta, 20
yoshda 20 martagacha kattalashadi (chaqaloqlar o'pka hajmiga taqqoslaganda).
Yosh 'tishi bilan o'pka cho'qqisi I-qovurg'a to'g'risida joylashadi. Keyinchalik I-
58
qovurg'adan chiqib turadi va 20-25 yoshlarda I-qovurg'adan 3-4 sm yuqori
joylashadi (omrov suyagidan 1-2sm yuqori). Chaqaloqlarda o'ng va chap o'pka
pastki chegarasi kattalarnikiga qaraganda bir qovurg'a yuqorida bo´ladi. Bola yoshi
osgan sari bu chegara asta - sekin tushadi. Bolalarda nafas chuqurligi kattalarga
qaraganda kichik bo´ladi. Bu o'pkaning kichik olchamligi bilan tushuntiriladi va
ko´krak qafasi xuddi nafas olish xolatidagidek bo´ladi, oldi orqa o'lchami yon
o'lchamiga teng, qovurg'alar umurtqa pog'onadan to'g'ri burchak ostida chiqadi. Bu
shu yoshda nafas olishning diafragmal xarakterini ta'minlaydi. Oshqozonning
tolganligi, qorin shishi, ko'krak qafasi harakatini chegaralaydi. Yosh o'tgan sari
umurtqa inspirator xolatdan asta-sekin normal holatga o'tadi, bu esa nafas
olishning ko´krak turi rivojlanishiga sabab bo´ladi. Kattalarga qaraganda, bolalarda
kislorodga talab yuqori. Shunday qilib,1 yoshgacha bo'lgan bolalarda kislorodga
talab tana vaznining 1 kg ga 8ml/min ni tashkil qiladi, kattalarda - 4,5 ml/min.
Bolalarda nafas olishning yuzaki xarakteri nafas olish sonining ko'pligi bilan
kompensasiyalashadi (chaqaloqlarda minutiga 40-60 marta, 1 yoshda 30-35 marta,
5 yoshda 25 marta, 10 yoshda -20 marta, kattalarda 16-18 marta), nafas olishda
o'pkaning katta qismi ishtirok etadi. Kattalarga nisbatan, erta yoshdagi bolalarda,
nafas olish sonining ko’pligi hisobiga, nafas olish minutli xajmi 1 kg tana vazniga
2 marotaba yuqori bo´ladi. Opkaning tiriklik sig'imi (OTS), bu havo miqdori
(millilitrlarda), maksimal nafas olgandan keyin maksimal chiqarilgan havo,
bolalarda kattalarga nisbatan past bo´ladi. OTS alveola xajmi o'sishi bilan
kattalashadi. Sog’lom bolalarda teri va shilliq qavatning pushti tusi, arterial va
kapillyar qonda gemoglobinning kislorod bilan optimal toyinganligi hisobiga
kuzatiladi. Normal sharoitda bu to'yinish arteriyalarda 95-96% maksimalga yetadi
(gemoglobin xar bir grammi 439 ml kislorodni boqlaydi, 100 ml plazma
aralashtirilgan holatda 0,3 ml kislorodni tashiydi; 100 ml arterial qonda 19-20 ml
kislorod bo´ladi. Shu xajmdagi venoz qonda 13-15 ml kislorod bor). Bola qattiq
yig'laganda, baqirganda, kuchanganda arterial qonning kislorodga toyinishi
92%gacha pasayadi. Bundan ham past ko'rsatkich patologik hisoblanadi.
Ko'krak yoshidagi bolalarda nafas olishning xususiyatlari
Ko'krak yoshidagi bolalarda nafas olishning asosiy va birinchi xususiyati -
uning yuzaki xarakteri, ya'ni unchalik katta bo'lmagan chuqurligidir.
Kattalar bilan taqqoslaganda erta yoshdagi bolalarda nafas olish chuqurligi 8-10
marta kam. Birinchi nafas harakatlarida yuzaki nafas olish hisobiga, opkaning toliq
ocqilishi kuzatilmaydi, bu opkaning orqa-pastki qismlarida joylashgan fiziologik
atelektazga olib keladi.
Ikkinchi xususiyati - bir minutda nafas olish sonining ko’pligi. Chaqaloqlar bir
minutda 50-60 marta nafas olishadi, bu fiziologik xolat hisoblanadi. Asta-sekin
yoshga qarab, nafas olish soni kamayadi. Erta yoshdagi bolalarda nafas
harakatining yuqori soni yuzaki nafas harakatini konpensasiyalaydi. Tez-tez va
yuzaki nafas kislorodning yomon ishlanishi va karbonat kislotani yomon
chiqarishiga olib keladi.
Uchinchi xususiyati - bola hayo’tining birinchi 2 haftaligida nafas aritmiyasi, ya'ni
nafas olish va nafas chiqarish pauzalarining notogri almashinishi, nafas olish nafas
59
chiqarishga nisbatan qisqa va ba'zi hollarda tanaffus bilan bo´ladi, nafas harakatlari
o’rtasitdagi pauzalar bir xil emas, turli xil tashqi qo'zg'atuvchilar ta'sirida ritm juda
oson buziladi, uyqu vaqtida nafas bir me'yorda bo´ladi. Nafas ritmining xususiyati
nafas markazining yaxshi rivojlanmaganligi bilan bog’liq va o'pka vagus
reseptorlarining va adashgan nerv barcha tizimining yuqori qo'zg'aluvchanligiga
bog’liq.
Bolalarda nafas olishning to’rtinchi xususiyati - bola yoshi va jinsiga aniq
bog’liqlikdir: chaqaloqlar ko´krak mushaklarining nafas olishda kuchsiz
qatnashishi hisobiga nafas oladi, ko´krak yoshidagi bolada nafas olishning ko´krak
qorin turi ustun bo´ladi. 2-chi yil boshida nafas olish aralash turda bo´ladi va
diafragmal-ko´krak nafasi kuzatiladi, ba'zi hollarda nafas birinchi turi ustunlik
qiladi, boshqasida ikkinchi turi ustunlik qiladi. 3-4 yoshda ko'krak nafasi
diafragmal nafasdan ustunlik qiladi. 7-14 yoshda jinsiga bog'lik holda, nafas olish
farqlanadi. Pubertat oldi davri va jinsiy shakllanish vaqtida ohil bolalarda - qorinli,
qizlarda - ko´krak orqali nafas olish kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |