BOLALARDA KONSTITUSIYa ANOMALIYaLARI.
DIATEZLAR
Diatezlar (diatheses: grek tilidan diatesis biror narsaga moyillik) -
konstitusiya anomaliyalari, ba'zi bir kasalliklarga moyillik va odatdagi
qo’zgalishlarga ma'lum bir tiplarning noadekvat reaksiyalari bilan xarakterlanadi.
Asrlar o’tishi bilan "konstitusiya" atamasining moqiyati o’zgardi. Gippokrat
"yaxshi konstitusiya" atamasida organizmning to’rt suyuqlik garmoniyasini
tushungan; Galen "pnevmaning" turli xil holati haqida aytgan; Paraselz sog’lom
odam tanasida tuzlar, oltingugurt yoki simobning ustunligi bilan tushuntirgan.
Keyinchalik kasallik tananing alohida tuzilishi yoki tarkibi bilan bog’liq
degan fikrlar aytilgan. XVII asrda konstitusiya - temperament haqidagi bilimlar,
keyinchalik konstitusiyani tana tuzilishining tashqi xususiyatlari bilan ham
boqlashgan. XIX asr o’rtalarigacha odam patologiyasi haqidagi fanlarda gumoral
yonalish (qon, limfa, sharbatlar o’zgarishi) saqlangan. Konstitusiya to’g’risidagi
noilmiy tasavvurlar ko’p yillar davomida saqlangan. 1846 yilda Rokitanskiy
tomonidan (o’ha vaqtlarda tibbiyotda tan olingan mualliflardan) "Patologik
anatomiya" kitobi chop etilgan, unda kasallikning patologo - anatomik tomonlari
korsatilishi bilan birga, qon tarkibining buzilishi hisobiga kasallikning paydo
bo’lishi teoriyasi kelib chiqadi degan fikr kiritilgan. Virxov ishlaridan keyin
kasalliklarning yuzaga kelishi qon tarkibidagi o’zgarishlardan paydo bo´ladi degan
fikr inkor qilindi, kasallikka esa hujayra patologiyasi deb qarala boshlandi.
Pediatrlarni konstitusiya va diatezlarning umumiy tibbiy va klinik
tushunchalari bilan Mixail Stepanovich Maslov tanishtirdi. M.S. Maslov
pediatriya tarixiga ko’p vaqti va ishlarini bolalardagi konstitusiya anomaliyalari va
diatezlarni organishga ba?ishlagan olim sifatida kirdi.
Hozirgi vaqtda diatez tushunchasi deganda, bola organizmining nasldan-
naslga o'tadigan alohida xususiyatga ega holati, kasalliklarni yengilroq yoki og’ir
kechishini aniqlaydigan, odatdagi muhit ta'siriga organizmning noadekvat javobi
tushuniladi.
Diatez tushunchasidan korinib turibdiki, bu holatlarga hech qachon kasallik
deb qarash kerak emas. Aniqroqi diatezlarni noqulay tashqi va ichki ta'sirlar
natijasida (bolaning norasional kun tartibi, ovqatdagi o’zgarishlar, parvarish
nuqsonlari, surunkali yuqumli kasallik va emosional stresslar) kasallikka olib
keluvchi odam konstitusiyasining anomaliyalari yoki adaptasiyaning buzilishi deb
qarash mumkin.
Diatezlarning rivojlanish mexanizmi vegetativ nerv tizimi va ichki sekresiya
bilan bog’liq. Tashqi muhit sharoiti o’zgarganda (ovqatlanish, kun tartibining
buzilishi, organizm kasalliklari), markaziy yo’ki vegetativ nerv tizimining
funksional buzilishlarida nerv-regulyator mexanizmlar organlar va moddalar
128
almashinuvining to'g'ri funksiyasini ta'minlay olmaydi, buning natijasida
organizmning tashqi muhitga moslanishi susayadi, reaktivligi ozgaradi, aniq bir
kasalliklarga moyillik yuzaga keladi. Diatezlarda hattoki fiziologik qo’zgatuvchilar
va odatdagi hayot sharoiti patologik reaksiyalarni chaqirishi va kasallikka olib
kelishi mumkin. Kasalliklarga moyillikni pasaytirish yo’ki ba'zida bartaraf qilish
mumkin.
Konstitusiya anomaliyalari bor bolalar o’tkir respirator infeksiyalar bilan tez
kasallanadi, ularda kislota - asos balansining buzilishi, oqir toksikozlar, talvasa
sindromi, septik va yalliglanish jarayonlar rivojlanishiga moyillik bo´ladi.
Diatezlarning alohida shakllari keyinchalik teri, oshqozon-ichak trakti, siydik
chiqarish yo’llari va suyak-bo'g’im tizimining surunkali patologiyasiga aylanishi
mumkin.Ekssudativ-kataral (ekssudativli) diatez - erta yoshdagi bolalarga xos
konstitusiya anomaliyasi bo’lib, teri va shilliq qavatlarning qaytalanuvchi
deskvamativ zararlanishi, allergik reaksiyalar rivojlanishi va yalliglanish
jarayonining choziluvchan kechishi, shuningdek, suv-tuz almashinuvi buzilishi va
limfoid giperplaziyaga moyillik bilan xarakterlanadi. 30-53% erta yoshdagi
bolalarda ekssudativ - kataral diatezning qisqa vaqtli belgilari aniqlanadi. Ko’pgina
bolalarda ekssudativ - kataral diatez patogenezida oshqozon-ichak traktining
yuqori o’tkazuvchanligi, semiz hujayralar membranalarining yetarli bo’lmagan
stabilligi, biogen aminlar va oqsillarni parchalaydigan fermentlar aktivligining
pastligi muhim ahamiyatga ega.
Ekssudativ-kataral diatezning asosiy xususiyati shundan iboratki uning
boshlanish vaqti ona (bolani ko’krak suti bilan emizganda) yo’ki bola ovqatida
gistamin va gistamin liberatorlari ko’p bo’lgan maxsulotlar - qulupnay, yer
yonqoq, sitruslilar, shokolad, baliq, pishloq, kolbasa, tomatlar, karam iste'mol
qilinishi bilan bog’liq; bunda yuzaga keladigan allergik reaksiyalar immun
mexanizmlar ishtirokisiz paydo bo´ladi.
Ekssudativ-kataral
diatezli
bolalarga
xarakterli
bo’lgan belgilarga
quyidagilar kiradi: tana vaznining ortiqligi, kerikish, hayotining birinchi oyidan
boshlab bicqilish, gneys (boshining soch qismida yogli seboreyali tangachalar),
terining quruqligi va oqarishi, sutli strup – yo’noq terisi va jag’ning qizarishi,
keyinchalik qipiqlanish. Ko’p ho’llarda terida eritematoz-papulezva eritematoz-
vezikulez qichishadigan toshmalar, tirnalganda ikkilamchi infisirlanishi mumkin
bo’lgan toshmalar paydo bo´ladi. "Geografik til", ozgaruvchan najas, choziluvchan
kon'yuktivitlar, rinitlar, obstruktiv bronxitlar, ko’p ho’llarda kamqonlik, raxit
aniqlanadi.
Organizmda suv, natriy, kaliy va xloridlar ushlanib qolishi kuzatiladi, lekin
interkurrent kasalliklarda suvsizlik tez rivojlanadi. Moddalar almashinuvining
xususiyati metabo’lik asidoz, erkin-radikal lipidlarning qayta oksidlanishi,
gipoproteinemiya, giperglikemiya va giperlipidemiyaga moyillik, jigar funksiyasi
buzilishi hisoblanadi. 3-4 yoshda ekssudativ-kataral diatez vujudga kelishi asta-
sekin yo’qoladi.
Diagnoz anamnestik va klinik ma'lumotlarga asoslangan. Differensial
tashxis allergik diatezlar bilan o’tkaziladi. Agar teri va boshqa allergik ko'rinishlar
oddiy allergen ta'sirlar natijasida yuzaga chiqsa, davolashga qaramasdan kuchayib
129
borsa va bolaning ota-onasi allergik kasalliklar bilan kasallangan bo’lsa, bemorda
allergik diatez va aniq allergikkasallik (masalan, atopik dermatit) tashxisi
qo’yiladi.
Ekssudativ-kataral diatezi bor bolalar pediatr dispanser kuzatuvi ostida
bo’lishiga kerak. Kerak bo’lganda allergolog, dermatolog va boshqa mutaxasislar
konsultasiyasi o’tkaziladi. Bola va onasiga ko’krak suti bilan emizish vaqtida,
rasional ovqatlanishni uyushtirish muxim axamiyatga ega. Allergiya chaqiradigan
maxsulotlarni, yengil hazm bo´ladigan uglevodlarni chegaralash lozim. Bir
yoshgacha bolalarni sun'iy ovqatlantirilganda nordon aralashmalar tavsiya
qilinadi. Allergenlarni topishda anamnez, "ovqat kundaligini" tuzish va maxsus
allergolik tekshirish yordam beradi. Uyda gipoallergenli muhit yaratish zarur, eng
ko’p tarqalgan allergik vositalarni man etish (penisillin, asetilsalisil kislota,
vitamin V1, biologik dori vositalari). Profilaktik emlash haqidagi savollar
individual yecqiladi, ular medikamentoz tayyo’rlashdan keyin (giposensibilizasiya,
antigistamin dori vositalari) ekssudativ-kataral diatez qaytalangandan keyin, 1-
oydan kam bo’lmagan vaqtda o’tkaziladi.
Allergik zararlanishda V6, A, Ye, V5 vitaminlari yoshiga mos davo dozasida
asta-sekin qollaniladi, antigistamin dori vositalari (masalan, suprastin, tavegil,
dimedrol, ketotifen, zaditen) qo’llaniladi. Teri zararlanishi bo’lgan bolalarga
moychechak, moychechak damlamasi bilan vannalar, 1%li indometasin moyi
buyuriladi.
Ekssudativ-kataral diatezning birlamchi profilaktikasi perinatal davrda olib
boriladi va homilador ayollar va ko’krak yoshidagi bolalarni rasional ovqatlanishi,
obligat allergenlar bilan muloqotni bartaraf qilishni o’z ichiga oladi.
Allergik diatez - allergik kasalliklarga moyillik bilan xarakterlanadigan
konstitusiya anomaliyasi. Yu.E.Veltishev (1984 y) va I.M.Voronsov (1985 y)
immunologik reaksiyalar xususiyatlariga bog’liq holda allergik diatezni quyidagi
shakllarini ajratishni taklif qiladi: atopik, autoimmun, infeksion-allergik.
Allergik diatez poligen irsiylanishga ega. Turli oilalarda allergik
reaksiyalarga yuqori moyillik turli omillarga bog’liq: IgYe ning yuqori sintezi,
immun tanqislik, nafas yo’llari va ichak epiteliyalari gliko’proteinlari,
bakteriyalar, zamburug’lar va boshqalar bilan o’xshashligi bilan xarakterlanadi.
Allergik kasalliklar allergenlarni parchalanmagan holda tabiiy barer orqali o'tishi
natijasida va atrof-muxit omillari, infeksiya ham qo’zg’atuvchi rolni o'ynaydi,
gipovitaminozlar, shilliq qavatlarning to’siq xususiyati buzilishi natijasida
yuzaga kelgan anemiya ta'sirida rivojlanadi.
Allergik diatezlarda bola hayotining birinchi yilida ekssudativ-kataral
diatezga oxshash terining zararlanishi bo’lishiga mumkin, shuningdek, ekzema,
maktabgacha yoshda nafas yollari allergik kasalliklari, immun-kompleks
kasalliklar (masalan, biriktiruvchi to’qimaning diffuz kasalliklari), maktab yoshida
asosan ekzema, atopik dermatit, teri va nafas organlarining bir vaqtdagi allergik
kasalliklari, autoimmun va immunokompleks kasalliklar kuzatiladi.
Allergik diatez diagnozi genealogik anamnezga asoslanadi, agar allergik
kasallik o’rtasida bo’lsa 30% bolalarda bu diatez rivojlanadi, agar allergik kasallik
onasida bo’lsa bolada 50% holda, agar allergiya ikkala ota-onasida diagnostika
130
qilingan bo’lsa 75% bolalarda diatez rivojlanadi. Bolada allergik zararlanishni
yuzaga kelishi tashqisni asoslaydi, uning rivojlanishida immun mexanizmlar
qatnashadi (ekssudativ-kataral diatezdan farqi); oxirgi tashqis allergologik
tekshiruvdan so’ng qo’yiladi.
Allergik zararlanishning davosi mutaxasislar tomonidan o’tkaziladi
(masalan, allergolog, dermatolog).
Limfatiko-gipoplastik (limfatik) diatez - bola hayotining birinchi 7
yoshigacha bo’lgan davrdagi konstitusiya anomaliyasi, limfa tugunlari va
ayrisimon bezning generalizasiyalashgan kattalashishi, endokrin tizimning
disfunksiyasi (buyrak usti bezining, simpatik-adrenal tizimning gipofunksiyasi),
atrof muhitga bo’lgan o’zgarishning pasayishi, yuqumli va allergik kasalliklarga
moyillikning ustunligi bilan xarakterlanadi. Bu diatezning yuzaga kelishida homila
ichi davrida va homiladan tashqari hayotining birinchi haftasida toksik-infeksion
va uzoq muddatli gipoksiya rol oynaydi.
Limfatiko-gipoplastik diatezli bolalar uchun kichik mushak og’irligiga
qaramasdan, tana vazninig ortiqligi, kerikish, kalta bo’yin, suyaklarning qo’polligi,
periferik limfa tugunlarining kattalashishi, tanglay va tomoq bodomcha bezlarining
kattalashishi xarakterlidir. Bolalar apatik, lanj, tez charchaydi. Tomoq bodomcha
bezlarining osishi bilan burundan nafas olish buziladi, bolalar og'iz orqali nafas
oladi, yomon uxlaydi. Yuqumli kasalliklar choziluvchan, to’lqinsimon kechadi,
uzoq subfebrilitet qoldiradi. Qon tekshirilganda kamqonlik, limfositoz, EChT
ko’tarilishi aniqlanadi.
Limfatiko-gipoplastik diatezning yaqqol ko’rinishi maktabgacha yoshga
to’g'ri keladi, keyinchalik u yo’qoladi.
Tashqis qo'yish anamnestik va klinik ma'lumotlarga asoslanadi.
Differensial tashqis irsiy immunotanqislik holatlar va homila ichi infeksiyalari
bilan o’tkaziladi. Limfatiko-gipoplastik diatez bilan og’rigan bolalar pediatr
dispanser kuzatuvida bo’lishiga kerak. Rejali chiniqtirish, massaj va gimnastika,
tabiiy ovqatlantirish va uni rasional kengaytirish, yo'ldosh kasalliklarni erta
aniqlash va kompleks davolash (gipovitaminozlar, kamqonlik, yuqumli
kasalliklar). Profilaktik emlash individual jadval asosida olib boriladi. Immunitetni
stimullash uchun A, Ye, V5, V6, V12, V15 vitaminlari, organizmning nospesifik
himoya kuchini ko’taradigan dori vositalari (masalan, dibazol, pentoksil, metasil,
nukleinat natriy), dorivor adaptogenlar (eleuterokokk damlamasi, jenshen), buyrak
usti bezi glyukokortikoid funksiyasini stimulyatorlari (glisiram, etimizol, askorbin
kislotasining katta dozasi) buyurtiriladi.
Limfatiko-gipoplastik diatezning profilaktikasi ayollarda homiladorlikgacha
surunkali infeksiya o’choqlarini bartaraf qilish, homilaning to'g'ri rivojlanishini
ta'minlash, uning rivojlanishdan orqada qolishini va gipoksiyani erta aniqlash,
davolashni o’z ichiga oladi.
Nerv - artritik diatez - semizlik, qandli diabet, podagra va moddalar
almashinuvi buzilishiga moyillik tug’diruvchi konstitusiya anomaliyasi bo’lib,
organizmda asosan siydik kislotasi va purinlar almashinuvining buzilishi, kam
miqdorda lipid va uglevod almashinuvi buzilishiga moyilligi bilan xarakterlanadi.
Nerv-artritik diatezning poligen irsiylanishi isbotlangan.
131
Bolalarda bir yoshdan keyin ishtaha yomon bo’lishiga, uyqu buzilishi
kuzatiladi. Ba'zida kechki enurez, xar qanday virusli yoki bakterial kasalliklar
fonida talvasa kuzatiladi. Tana tuzilishiga ko'ra bolalar ozg’in, keyinchalik tez
vazniga qo'shiladi. Ularni qabziyat, jigar kattalashishi, asetonemik qusish davriy
xurujlari (siklik asetonemik qusish sindromi deyiladi) bezovta qiladi. Artritik
organizmda purin moddalarining to’planishi natijasida, aseton hidli davriy qusish
xurujlari paydo bo´ladi, peshobda va qonda vrachlar keton tanalari miqdorining
yuqoriligi aniqlanadi. Shuning uchun bu bolalarda qusish asetonemik deb
yuritiladi, ya'ni qonda aseton miqdorining yuqoriligi bilan kechadi. Ba'zi
tekshiruvchilar fikriga kora, erta yoshda bu xolatlar keyinchalik migrenning
birinchi belgisi hisoblanadi. Ba'zida qusish xurujlari to’liq va qisman och qolganda
ovqatlanishning buzilishi yoki ovqatda past miqdorda uglevodlar ishlatilganda,
lekin hayvon yog'lari ko’pligi, shuningdek, turli xil kasalliklar, go’daklarda esa
qo’rquvlar bilan birga kechadi.
Qusishning yuzaga chiqishida asosiy sabab gormonal va metabo’lik
buzilishlar, insulin miqdori yuqoriligi sababli qonda glyukoza miqdorini
kamayishidir. Artritik bolalar qonida glyukozaning kamayishi jigar disfunksiyadan
dalolat beradi. Bu nerv-artritik diatezning xususiyati hisoblanadi. Asetonemik
qusish godaklarda stasionar davolashni talab etadi.
Ko’pgina xollarda qonda siydik kislotasi miqdori uning sintezi oshishi
sababli ko’tariladi, buning natijasida uraturiya (siydik-nordon diatezi) vujudga
keladi. qorinda og’riq xurujlari, bosh og’rishi paydo bo’lishiga mumkin.
Noqulay sharoitda yosh o’tishi bilan podagra, modda almashinuvi buzilishi
natijasidagi artritlar, qandli diabet, peshobda siydik kislotasining miqdori yuqori
bo’lganligi sababli pielonefrit, siydik tosh kasalligi rivojlanadi. Kasalliklarning
zo'rayishi quyidagi omillarga bog’liq - psixoemosional zo’riqish, purinlarga boy
mahsulotlarni ko’p qo’llash (misol, go’sht, jigar, pashtet, sardinlar, seledka,
shokolad, kakao, donlilar).
Nerv - artritik diatezli bolalar pediatr kuzatuvida bo’lishiga kerak. Kun
tartibiga rioya qilish katta ahamiyatga ega, ovqat tarkibida puringa boy
mahsulotlarni (og’ir holatlarda umuman olib tashlash) chegaralash buyuriladi.
Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, chiniqish zarur. Ishqoriy mineral suvlar juda
foydali hisoblanadi. Vaqti-vaqti bilan purin almashinuviga ta'sir qiladigan dori
vositalarini qo'llash zarur - kalsiy pantotenat, sitrat aralashmasi, etamid,
allopurinol.
Tashqis genealogik anamnez (qarindoshlarida nevrologik va moddalar
almashinuvi buzilishi bilan kechadigan kasalliklarning topilishi), klinik belgilari,
siydikda uratlar miqdorining ko’payganligiga asoslanadi.
Differensial tashqis nevrozlar, ensefalopatiyalar, Lesh-Nayxen sindromi
bilan o’tkaziladi.
132
RAXIT
Raxit - moddalar almashinuvining polietiologik kasalligi bo’lib, o’suvchi
organizmning fosfor va kalsiyga bo’lgan talabining yuqoriligi, ularning transporti
va metabolizmga qo'shilishini ta'minlovchi tizimning mos kelmasligi bilan
xarakterlanadi. Raxit osteoidlarni yetarli darajada mineralizasiya bo’lmasligi bilan
yuzaga keladigan suyaklardagi buzilishlar bilan xarakterlanadi. Bir yoshdan katta
bolalarda va kattalarda bunday holat osteomalyasiya va osteoporoz deyiladi.
Raxit - bir yoshgacha bolalarda eng ko’p uchraydigan kasallik. Lekin uning
aniq tarqalishi organilmagan, ko’pgina bolalarda bu kasallikning u yo’ki bu
qoldiqlari (chaynash va tishlar o'sishi nuqsoni, ko’krak qafasi, oyog-qo'llar, kalla
deformasiyasi va boshqalar). Raxit bilan og'rigan bolalar keyinchalik tez-tez
kasallanuvchilar guruhiga kiritiladi.
Raxit sabablari. Patogenezi.
Raxit birinchi bo’lib XVII asrda Angliyada o’rganilgan. O’sha vaqtlarda
uning sabablari aniq emas edi, lekin kasallikning paydo bo’lishigada
insolyasiyaning yetishmasligi ahamiyatga egaligiga e'tibor berilgan. XX asrning
30-yillarida vitamin D topilgan. Shu vaqtda ultrabinafsha nurlanish sintezi terida
yuzaga kelishi xam aniqlangan. Ko’p yillar mobaynida raxitning asosiy sababi
vitamin D tanqisligi deb hisoblangan. Lekin oxirgi yillarda qonda vitamin D
metabo’litlari konsentrasiyasini aniqlash imkoniyati paydo bo’lgandan song D
gipovitaminozi raxit rivojlanishi sabablaridan faqat biri ekanligi aniqlandi. Hozirgi
vaqtda raxitning yetakchi sababi fosfatlar va kalsiy tuzlarining yetishmasligi, lekin
bunda gipokalsiemiyaga qaraganda gipofosfatemiya ko’proq uchrashi va katta
ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.
Erta yoshdagi bolalarda fosfat va kalsiy tuzlarining tanqisligi sabablari
quyidagilar:
Chala tuqilish (homilaga kalsiy va fosfor tushishi homiladorlikning oxirgi
oylarida ko’payadi)
Noto’g’ri ovqatlantirish natijasida kalsiy va fosforni yetarli darajada
organizmga tushmasligi
Intensiv o'sish davrida minerallarga bo’lgan talabning yuqoriligi (raxit -
osayotgan organizm kasalligi)
Oshqozon - ichak trakti, buyrak, suyaklar orqali fosfor va kalsiy transportining
buzilishi, buning sababi organlar patologiyasi yoki ferment sistemasining yaxshi
rivojlanmaganligidir.
Nomuvofiq ekologik sharoit (organizmda xrom, stronsiy toplanishi, temir,
magniy tanqisligi)
Irsiy moyillik (misol uchun, ohil bolalar qiz bolalarga qaraganda, raxitni og’ir
o’tkazadi, O (І) guruhdagi bolalar raxit bilan kam kasallanadi, A (ІІ) guruhdagilar
ko’proq kasallanadi)
Endokrin buzilishlar (qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezi
funksiyasining buzilishi)
Ekzo- va endogen vitamin D tanqislikligi.
133
Vitamin Dning organizmdagi almashinuvi juda murakkab jarayo’n. Vitamin
Dning boshlang’ich shakllari - organizmga ovqat bilan tushuvchi ergokalsiferrol
(vitamin D2) va xolekalsiferol (vitamin D3) (vitamin D3 shuningdek, terida UBN
ta'sirida ham hosil bo´ladi) - biologik jihatdan faolligi yetarli emas. Vitamin Dning
oraliq metabo’lit shakl 25-gidroxolekalsiferrolga o’tishi bilan kechuvchi birinchi
gidroksillanishi jigarda yuzaga keladi. 25-gidroxolekalsiferrol birlamchi shakllarga
qaraganda 1,5 - 2 marta faoldir. Keyin 25-gidroxolekalsiferrolning buyrakka
transporti vujudga keladi, u yana gidroksillanishga uchraydi va 1,25-
digidroxolekalsiferrol hamda 24-25-digidroxolekalsiferrol deb nomlanuvchi aktiv
gormonga oxshash metabo’litga aylanadi. Ushbu metabo’litlar qalqonsimon bez
gormonlari bilan fosfor-kalsiy almashinuvida ishtirok etadi.
Vitamin D ekzogen tanqislikligidan tashqari, ichak funksiyasining tugma va
orttirilgan buzilishi (turli xil malabsorbsiyalar), jigar, buyrak, vitamin D
metabolizmining nasliy defekti xam axamiyatga ega. XX-asrning 80-yillarida
qonda vitamin D metabo’litlarining aniqlanishi organizmning bu vitamin bilan
haqiqiy ta'minlanishini aniqlab berdi. Shunisi ajablanarliki ko’p homilador, tuqqan
ayollarda, erta yoshdagi bolalarda raxitning turli xil klinik va bioximik belgilari
bo’lishigaa qaramay, gipovitaminoz D aniqlanmagan. Bu esa o’z navbatida raxit va
gipovitaminoz D bir tushuncha emasligiga asos bo´ladi. Gipovitaminoz vitamin D
ichgan yo’ki ichmagan bolalarda bir xilda uchraydi. Bundan tashqari,
gipovitaminoz D xar doim ham fosfor-kalsiy almashinuvining buzilishi bilan
kechmaydi. Klassik gipovitaminoz D qonda fosforni normal miqdori bilan
kechadi, tipik raxit - bu gipofosfatemiya. Raxit bilan kasallangan bolalarning 15-
20%da qonda vitamin D metabo’litlari pasayishi aniqlangan. Raxit bu kasallik
emas, balki, o'tuvchi, chegaradosh, tanqislik holat - diatezdir. Raxitning
"fiziologik asosi" bo’lib, bola hayotining birinchi yilida suyak to'qimasining 75-
80% intensiv remodellashuvi va suyak tuzilishining elektrostatik boshqarilishini
buzuvchi majburiy gipokineziya hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash lozimki, qonda fosfor va kalsiy miqdorini ba'zi gormonlar
ham boshqaradi.
Raxitda paratgormon miqdori oshadi, u buyrak kanalchalarida fosfatlar
reabsorbsiyasini kamaytiradi, bir vaqtning o’zida buyrakda vitamin D ning
gidroksillanishini, ichakda kalsiy sorilishini va suyakdan kalsiy rezorbsiyasini
kuchaytiradi va shu yo’l bilan gipokalsiemiyani bartaraf qiladi. Shuningdek
qalqonsimon bez aktivligi o’zgarishi, chunki kalsitonin kalsiyning suyakka
o’tishini va vitamin D ning kam aktiv shaklini yuqori aktiv shaklga o’tishini
kuchaytiradi.
Raxitning ishchi tasnifi 1988 yilda Ye.M.Lukyanova va xammualliflar tomonidan
taklif qilingan.
Kasallik davri
Og’irlik darajasi
Kechishi
Boshlang’ich
I daraja - yengil
o’tkir
Avj olish
II daraja – o´rta
Rekonvalessensiya
III daraja
og’ir
o’tkir osti
qoldiq belgilar
134
Raxitning klinikasi
Boshlanish davri. Kasallikning birinchi belgilari bola hayotining 2-3
oylarida paydo bo´ladi. Bolaning xatti-harakatlari ozgaradi: bezovtalik,
chochish, yuqori qo’zg’aluvchanlik, tashqi qo’zgalishlarga qaltirash (qattiq
shovqin, to'satdan yorug'lik tushishi). Bolaning uyqusi yuzaki va qo’rquvli bo’lib
qoladi. Ter ajralishi kuchayadi, asosan boshning soch qismida va yuzda, turg’un
qizil dermografizm aniqlanadi. Ter nordon hidli bo’ladi va terini qichishtiradi.
Bola boshini yostiqga ishqalaydi, ensa sohasida soch to’kilishi paydo bo’ladi. Bu
yosh uchun xos bo’lgan mushaklar fiziologik gipertonusi, mushak gipotoniyasi
bilan almashinadi. Katta lihildoq chegaralari va kalla choklari mortlashadi, suyak-
toqay birikkan joyda qovurgalar yo’qonlashadi ("raxit tasmalari").
Kaft suyaklari rentgenogrammasida suyak toqimalarining siyraklashishi
kuzatiladi. Qon bioximik tekshiruvida kalsiy konsentrasiyasi normal yo’ki yuqori,
fosfat konsentrasiyasi pasayganligi aniqlanadi; ishqoriy fosfataza aktivligi yuqori
bo’lishiga mumkin. Peshob tahlilida fosfaturiya, ammiak va aminokislotalar
miqdori ortadi.
Kasallikning avj olish davri
Kasallikni avj olgan davri bola hayo’tining birinchi yarim yilligi oxiriga
to’g’ri keladi va asab tizimi, tayanch-harakat apparatining yanada kuchliroq
o’zgarishlari bilan xarakterlanadi. Raxitning o’tkir kechishida yaqqol namoyo’n
bo’luvchi osteomalyasiya jarayo’ni kalla yassi suyaklarining yumshoqlanishiga
olib keladi (kraniotabes), keyinchalik, ko’p qo’llarda ensaning yassilanishi
kuzatiladi. Ko’krak qafasining yumshashi va deformasiyalanishi korinadi:
to’shning pastki qismi siqiladi ("etikdoz kokragi") yoki bo’rtib chiqadi ("tovuq
ko’kragi"). Uzun naysimon suyaklarning O-simon (kam qo’llarda X-simon)
qiyshiqligi kuzatiladi. Toraygan yassi raxitik tos shakllanadi. qovurg'alarning
yumshoqligi natijasida diafragmaning birikkan chizigida chuqurcha hosil bo’ladi
(xarrison egatchasi). Raxitning o’tkir osti kechishida ustunlik hiluvchi osteoid
toqimalar giperplaziyasi, ensa va peshona domboqlari, kaft sohasida yogonlashish,
qovurg'a-tog'ay birikkan joyida va qo’l barmoqlari falangalararo boqimlarida
"bilakuzuklar", "raxit tasmalari", "munchoq iplari" bilan namoyon bo’ladi.
Uzun naysimon suyaklar rentgenogrammasida metafizlarning jomsimon
kengayishi, dastlabki ohaklanish sohasining o'pirilishi va yaxshi korinmasligi
kuzatiladi.
Gipofosfatemiya, gipokalsiemiya, ishqoriy fosfataza faolligi yuqori bo´ladi.
Rekonvalessensiya davri
Bu davr uchun bola o'zini yaxshi his qilishi va holatining yaxshilanishi xos.
Statistik funksiyalari normallashadi yoki yaxshilanadi.
Rentgenogrammada o'sish zonasining bir tekis bo’lmagan qattiqlashuvi kuzatiladi.
qonda fosfor miqdori normallashadi yoki normadan birmuncha ortadi. Unchalik
yuqori bo’lmagan gipokalsiemiya saqlanadi, ba'zida ko’tariladi.
Qoldiq belgilar davri
Bioximik ko’rsatgichlar normallashuvi va raxit faolligi yogolishi
kasallikning faol davrdan nofaol davriga - qoldiq belgilar davriga otganligini
135
bildiradi. O'tkazilgan raxit belgilari (skelet deformasiyasi va mushak gipotoniyasi)
uzoq vaqt saqlanadi.
Raxitning kechishi va og’irlik darajasi
Raxitning o’tkir kechishi uchun barcha simptomlarning tez rivojlanishi
xarakterli, nevrologik buzilishlar yaqqol rivojlangan, aniq gipofosfatemiya,
osteomalyasiya jarayoni ustunlik qiladi.
Raxitning o’tkir osti kechishida nevrologik buzilishlar qisman rivojlangan
yo’ki unchalik rivojlanmagan, qonning bioximik tarkibi kam o’zgargan, osteoid
giperplaziya jarayoni ustunlik qiladi.
Qaytalanuvchi (to’lqinsimon) kechishida bolada faol raxitning klinik,
laborator va rentgenologik belgilari aniqlanadi. Hozirgi vaqtda raxitning
qaytalanuvchi kechishining bo’lishiga gumon bo’lib hisoblanmoqda.
Raxit tashhisi
Tashqis kasallikning klinik manzarasiga asoslanib qo’yiladi va qonning
bioximik tahlili bilan tasdiqlanadi (fosfor, kalsiy konsentrasiyasi va ishqoriy
fosfataza faolligi aniqlanadi). Bu korsatgichlarning dinamikasi va nisbati kasallik
davrini aniqlaydi.
Raxitda fosfor konsentrasiyasi 0,65 mmol/l gacha pasayishi mumkin
(bolalarda normada bir yoshgacha 1,3-2,3 mmol/lga teng), kalsiy konsentrasiyasi
2-2,3 mmol/l (normada 2,5-2,7 mmol/lga teng). Ishqoriy fosfataza faolligi
ko’tariladi.
Raxit uchun rentgenogrammada suyaklar o’zgarishi xarakterli: metafizar
zonada epifiz va diafiz orasidagi yoriq ortadi; epifiz likopcha shaklida bo´ladi,
suyaklanish yadrosi aniq korinmaydi, ohaklanish sohasi aniq emas, osteoporoz
aniqlanadi.
Rekonvalessensiya davrida ohaklanish zonasi notekis qattiqlashishi
natijasida shakli o’zgaradi. O’sish zonasidagi buzilishlar fosfor va kalsiy
tanqislikligiga
xarakterli.
Gipovitaminoz
Dda
umumiy
osteoporoz
kuzatiladi.Qiyo’siy tashqis raxitga o'xshash kasalliklar bilan o’tkaziladi.
Amaliyotda raxit MNSning perinatal zararlanishi bilan qiyosiy taqqoslanadi.
Bundan tashqari ba'zi dori vositalari ko’p miqdorda qo’llanilganda, misol,
glyukokortikoidlar (vitamin D antagonisti, kalsiy transportiga ta'sir qiladi), geparin
(suyaklarda fosfor-kalsiy to'planishiga to’sqinlik qiladi, furosemid, fosfatlar,
magniy, antasidlar - alyuminiy saqlovchi dorilar (gipokalsiemiyani chaqiradi) va
boshqalar ikkilamchi raxitni bartaraf qilish kerak.
Raxitning davosi
Raxit davosi kompleksli, uzoq muddatli va raxitni chaqiruvchi sababini
bartaraf qilishga qaratilgan bo’lishiga kerak. Nospesifik davo katta ahamiyatga
ega, bolani yoshiga mos holda, rasional ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish,
toza havoda uzoq sayr qilish, yetarli insolyasiya, davo gimnastikasi va massaj,
chiniqtirish, yo’ldosh kasalliklarni davolash.
Spesifik davosi kalsiy, fosfor dorilari, vitamin D tavsiya qilishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |