ORTTIRILGAN YuRAK NUQSONLARI
Eng ko’p maktab yoshida uchraydi. Ular asosiy sababi revmatizmdir, kam
qo’llarda infeksion endokradit, biriktiruvchi to’qima diffuz kasalligi, yurak
travmasi, zahm va boshq. bilan bog’liq. Oddiy va kombinirlangan yurak nuqsonlari
farqlanadi. Oddiy - toza, yo’ki alohidalangan, nuqsonlar, ularda faqat
yetishmovchilik va stenoz aniqlanishi mumkin. Kombinirlangan nuqsonlarda bir
vaqtda ham yetishmovchilik ham stenoz kuzatiladi. Ikkita va undan ortiq klapanlar
shikastlanishi qosqilib kelgan holat ko’p klapanli yurak nuqsoni deyiladi.
MITRAL KLAPAN YeTIShMOVChILIGI
Qonning sistola paytida chap qorinchadan chap bo’lmachaga oqishi bilan
kechadi. Natijada chap qorincha va chap bo’lmacha dilatasiya va gipertrofiyasi
rivojlanadi. Yurak chap bo’limida bosim oshishi, o’pka venalarida bosim oshishi
bilan birga kechadi, bu passiv o’pka gipertenziyasi rivojlanishi bilan boradi. Keyin,
kichik qon aylanish doirasida bosim kotarilishi hisobiga o’ng qorincha va
bo’lmacha dilatasiyasi va gipertrofiyasi rivojlanadi. So’ngra uch tavaqali
klapanning nisbatan yetishmovchiligi yuzaga keladi va keyinchalik qon aylanishi
buzilishi simptomlari katta qon aylanish doirasida namoyon bo’ladi. Dimlanishli
yurak yetishmovchiligi belgilari yo’q yo’ki chap qorincha yetishmovchiligi
belgilari mavjud bo’lganda mitral klapan etishmovchiligining boshlangich
bosqichlari kuzatiladi.
Klinik manzarasi. Nuqsonning boshlangich bosqichlarida bemorlar shikoyat
qilishmaydi, yurak o’lchamlari kattalashmagan. Uning yagona ko’rinishi yurak
uchi sohasida mayin sistolik shovqin aniqlanishidir. Nuqson progressirlashuvi
yurak chegarasining chapga va yuqoriga siljishi, sistolik shovqin intensivligi
oshishi bilan birga kechadi, shovqin guvillovchi xususityaga ega bo’ladi va chap
qoltiq osti sohasiga tarqaladi. Yurak yetishmovchiligi paydo bo’lishiga bilan
bog’liq ob'ektiv simptomlar (sianoz, hansirash, jigar kattalashishi va boshq.)
rivojlanadi. FKG da I ton amplitudasi odatda pasaygan, ko’pincha III ton qayd
qilinadi. Sistolik shovqin amplitudasi nuqson og’irligiga, ya'ni mitral regurgitasiya
203
darajasiga mos keladi. EKG da boshlang'ich bosqichida miokard gipertrofiyasi
korsatkichlari yog, keyinchalik chap bo’lmacha va qorincha gipertrofiyasi belgilari
paydo bo’ladi. Katta qon aylanish doirasida dekompensasiya rivojlanganda yurak
o’ng bo’limlari gipertrofiyasi belgilari qayd qilinadi. Rentgenogrammada ancha
kech davrda chap bo’lmacha va chap qorincha kattalashishi, yurak soyasi mitral
qonfigurasiyaga ega bo’lishiga, keyin venoz dimlanish belgilari va yurakning o’ng
bo’limlari kattalashishi belgilari paydo bo’ladi.
Davolash. Yurak yetishmovchiligi korsatkichlari paydo bo’lganda amalga
oshiriladi. Yurak glikozidlari, diuretiklar va periferik vazodilatatorlar qollaniladi.
Xirurgik davolash (protezlash yo’ki anuloplastika) refrakter yurak yetishmovchiligi
III-IV bosqichi (Bakulev va Damir bo’yicha) rivojlanganda qollaniladi.
MITRAL STENOZ (chap atrioventrikulyar teshik stenozi)
Chap atrioventrikulyar teshik torayishi qonning chap bo’lmachadan chap
qorinchaga tushishiga tosqinlik qiladi. Bo’lmacha ichi bosimi oshadi, bu bir
tomondan o’pka venalari retrograd bosim ortishiga, ya'ni venoz gipertenziyaga,
boshqa tomondan - o’pkadagi arteriolalarning reflektor torayishiga olib keladi
(Kitaev refleksi). O’pka gipertenziyasi rivojlanishi yurakning o’ng bo’limlari
gipertrofiya va dilatasiyasiga olib keladi va uch tavaqali klapanning nisbatan
yetishmovchligini yuzaga chiharadi. Natijada katta qon aylanish doirasida
dekompensasiya rivojlanadi. Klinik manzarasi. Bjshlang’ich, yo’ki "auskultativ"
bosqichida sub'ektiv simptomlar kuzatilmaydi, yurak o’lchamlari ozgarmagan.
Auskultasiyada tovush hodisalarining tipik kompleksi aniqlanadi: yurak chu?hisida
presistolik kattalashuvchi diastolik shovqin, harsillovchi I ton, o’pka arteriyasi
ustida II ton aksenti va ikkilanishi, uni "mitral stenoz ohangi" deb atashadi. Yurak
cho’qqisida mitral klapan ochilishi "chiqillashi" eshitiladi, u I va II tonlar bilan
birga "bedana maromi" kabi ohangni beradi. Stenoz progressirlashuvi bilan birga
hansirash, tez charchash, yurak sohasidagi ogriqlarga shikoyatlar yuzaga kela
boshlaydi. O’pka shishi xurujlari bo’lishiga mumkin. Nuqsonning ancha kech
shaklida yurak chegaralari yuqori va o’ng tomo’nga siljiydi. Yurak cho’qqisi
sohasida diastolik titrash belgisi paydo bo’ladi.
FKG da Q - I intervali kattalashishi kuzatiladi, katta ahamiyat II ton -
"chihillashi"ni aniqlashga haratiladi (II-QS), uning qisqa bo’lib qolishi stenoz
progresslanganligi haqida dalolat beradi. EKGda miokard gipertrofiyasi belgilari
yo’q. Keyinchalik chap bo’lmacha gipertrofiyasi kuzatiladi, so’ngra o’ng bo’limlar
gipertrofiyasi ham. Rentgenogrammada chap bo’lmachaning, qizilo’ngachni 6 sm
li radius bo’yicha qiyshaytirgan holatda kengayishi va o’ng qorincha kengayishi
ko’rinadi. Yurak belchasining o’pka arteriyasi va chap bo’lmacha qul’qchasi
bo’rtishi hisobiga tekislanganligi xosdir. Shuningdek, o’pka gipertenziyasi
belgilari: ildiz kengayishlari, ular qonturlari aniqligi, o’pka arteriyasi kengaygan
qismlarining birdan uzilish belgilari (ildiz "amputasiyasi" simptomi), periferiyada
rasm kamayishi, kamdan-kam hollarda Kerli chiziqlari aniqlanadi.
Klinik manzarasi: kombinirlangan mitral nuqsonlar klinikasi stenoz yoki
yetishmovchilik belgilariga bog’liq. Stenoz ustunligi bo’lganda nuqson asosiy
korinishi chap atrioventrikulyar teshik torayishiga bog’liq. Yetishmovchilik
204
ustunlikga ega mitral nuqsonda birinchi planga mitral etishmovchilikka xos
simptomatika chiqadi. Ko’pincha yetishmovchilik va stenoz birdek darajada
rivojlangan bo’ladi, u holda stenoz yoki etishmovchilikning aniq ustunligi mitral
nuqson haqida soz yuritiladi.Davolash. Mitral stenoz va kombinirlangan mitral
nuqsonlar xirurgik yol bilan davolanadi. Mitral stenozda komissurotomiya,
kombinirlangan nuqsonlarda - protezlash yoki mitral klapan anuloplastikasi amalga
oshiriladi. Operasiya nuqsonning III-IV bosqichlarida korsatilgan (Bakulev va
Damir bo’yicha).
AORTAL KLAPAN YeTIShMOVChILIGI
Orttirilgan yurak nuqsonlari ichida mitral yetishmovchilikdan keyin ikkinchi
orinni egallaydi. Gemodinamika buzilishi qonning diastola paytida aortadan chap
qorinchaga qayta tushishi bilan bog’liq. Chap qorincha zoriqishi uning dilatasiya
va gipertrofiyasiga olib keladi. Chap qorinchaning ancha kattalashganligida mitral
klapanning
nisbiy
yetishmovchiligi
paydo
bo’ladi (aorta nuqsonining
"mitralizasiyasi") va keyinchalik chap bo’lmacha dilatasiyasi va o’pkada dimlanish
qodisalari rivjlanadi. Aortal klapanning izolyasiyalangan yetishmovchiigida katta
qon aylanish doirasida qon aylanish buzilishi kam uchraydi.
Klinik manzarasi. Aortal yetishmovchilik bjshlang’ich bosqichining bittagina
simptomi protodiastolik shovqin hisoblanadi, u chapda ikkinchi-uchinchi
qovurgalararo
oralig’ida
eshitiladi.
Shikoyatlar
paydo
bo’lishiga
gemodinamikaning ancha ifodalangan o’zgarishlari yuzaga kelganidan dalolat
beradi. Ulardan eng erta va oziga xosligi tez charchash, hansirash, bosh aylanishi,
yurak sohasidagi og’riqlardir. Kozdan kechirganda teri qoplamlarining rangparligi,
uyqu arteriyalarining kuchaygan pulsasiyasi ("karotid" oyini), cho’qqi turtkisining
kuchayishi aniqlanadi. Yurakning perkutor chegaralari chapga siljigan. Aortal
klapan yetishmovchiligi progressirlanishi bilan birga diastolik shovqin intensivligi
va davomiyligi kuchayadi, lekin uning tembri ozgarmaydi (yumshoq, oquvchi,
guvillovchi yo’ki pishillovchi), tosh suyagining chap tomonidan yurak cho’qqisi
tomon tarqaladi, bu yerda ba'zida presistolik shovqin (Flint shovqini) eshitiladi.
Diagnostik jihatdan ahamiyatli periferik simptomlar: tez va baland puls, sistolik
arterial bosimning oshishi va diastolikning pasayishi, kapillyar va falanga pulsi va
boshq. FKGda shovqin kam registrasiyalanadi, bevosita I tondan keyin boshlanadi,
yo’qolib boruvchi xususiyatga ega. EKG da chap qorincha gipertrofiyasi belgilari
aniqlanadi, nuqson "mitralizasiyasida" - chap bo’lmachaning gipertrofiyasi.
Rentgenogrammalarda chap qorincha kattalashishi, kotariluvchi aorta kengayishi
va ularning kuchaygan pulsasiyasi aniqlanadi.
Davolash. Xirurgik. Ifodalangan aortal yetishmovchilik va dori terapiyasiga
nisbatan refrakter dimlangan yurak yetishmovchiligi belgilari bo’lganda operasiya
amalga oshiriladi.
AORTA TEShIGI QISILIShI
Aortal stenoz alohida kam uchraydi, lekin boshqa klapanlar bilan birga
qosqilib kelishi yurak nuqsonlarining 15-20% hollarida mavjud, erkaklarda tez
kuzatiladi. Xususan aortal stenozdan klapan osti muskul stenozi, deb ataluvchi
205
mustahil kasallikni farqlash zarur (gipertrofik asimmetriyali kardiomiopatiya).
Aortal stenoz orttirilgan va tugma bo’lishiga mumkin. Orttirilgan aortal stenoz
sabablari revmatizm, aterosklerotik shikastlanish va klapanlarning keyinchalik
ohaklanishi bilan kechuvchi birlamchi-degenerativ o’zgarishlar bo’ladi. Aortal
stenozda qon oqimining chap qorinchadan aortaga yo’nalishi buziladi, natijada
chap qorincha boshligi va aorta orasidagi gradient bosim o’zgaradi.
Gipertrofiyalangan chap qorinchaning katta imqoniyatari hisobiga, yurak chiharish
kuchi uzoq vaqtgacha o’zgarishsiz qoladi, lekin fizik yuklamada kamroq oshadi.
Dekompensasiya belgilari paydo bo’lganda oxirgi diastolik bosim oshishi va chap
qorincha dilatasiyasi vujudga keladi.Klinik manzarasi. Aortal stenoz ko’p
vaqtgacha hech qanaqa sub'ektiv sezgilarini bermasligi mumkin. Nisbatan ijobiy
prognoziga haramasdan 5-15% bemorlarda to’satdan olim sodir bo’ladi. Birinchi
belgisi sifatida stenokardiya xurujlari, hushdan ketish yo’ki hansirash bo’lishiga
mumkin. Stenokardiya xurujlari bosh miyaning qon bilan ta'minlanishi buzilishiga,
ba'zida esa yurak maromining o’tuvchi buzilishlari bilan bog’liq. Yurakni
tekshirganda cho’qqi turtkisining pastga, oltinchi qovurgalararo oraliqga tushishi
aniqlanadi (7-rasm). Ikkinchi qovurgalararo oraliqda to’shdan chap tomonda
xususiyatli sistolik titrash bilinadi. Auskultasiyada kuchli sistolik shovqin
aniqlanadi, u yurak chu?hisi tomon sostlashib boradi va bo’yin tomirlariga aniq
tarqalish xususiyatiga ega; aortada II ton sostlashgan bo’ladi. Kuchli stenozda puls
kichik, sekin kattalashish xususiyatiga ega bo’ladi. Puls va sistolik bosim
pasayishiga moyillik bor. EKG uzoq vaqt doimiy bo’lishiga mumkin. Kechroq
davrlarda yurak elektrik o’qining chapga siljishi va chap qorincha gipertrofiyasi
belgilari: R tishcha kattalashishi, ST segment pasayishi, T tishchaning chap
ko’krak ozatmalarida o’zgarishi kuzatiladi.
UCh TAVAQALI KLAPAN YeTIShMOVChILIGI
Nisbiy va organik bo’ladi. Nisbiy yetishmovchilik organikka haraganda
ko’proq kuzatiladi. Uch tavaqali klapanning alohida shikastlaniishi bolalarda juda
ham kam uchraydi. U, odatda, mitral yoki mitral-aortal yurak nuqsonlari bilan
birga qo'shilib keladi. Shuning uchun bemorlardagi simptomatika asosiy nuqson va
uch tavaqali klapan yetishmovchiligi belgilaridan vujudga keladi. qorinchalar
sistolasi paytida qonning o’ng qorinchadan o’ng bo’lmachaga qayta oqimi ular
dilatasiyasi va gipertrofiyasiga olib keladi, keyin esa katta qon aylanish doirasida
qon dimlanishiga sababchi bo’ladi.
Klinik manzarasi. Uch tavaqali klapan yetishmovchiligi mavjud bemorlar
ahvoli og’ir: ifodalangan hansirash va sianoz, jigar kattalashgan, ko’pincha shishlar
va assit kuzatiladi. Yurak chegaralari o’ng tomo’nga kengaygan, xanjarsimon
osimta ustida va tortinchi qovurgalararo oraliqda chap tomonda guvillovchi sistolik
shovqin eshitiladi, shovqin nafas olganda kuchayadi (Rivero-Korvallo simptomi).
EKG da o’ng qorincha va o’ng bo’lmacha gipertrofiyasi qayd etiladi.
Rentgenogrammalarda yurakning o’ng bo’limlari kattalashishi kuzatiladi.
Davolash. Xirurgik. Mitral yo’ki aortal nuqson korreksiyasi qatorida anuloplastika
yoki uch tavaqali klapanni proezlash amalga oshiriladi. Aortaning va uch tavaqali
klapanning alohida stenozlanishi bolalarda amalda uchramaydi.
206
BOLALARDA ARITMIYaLAR
Bolalarda ritmning buzilishi hamma yoshda uchraydi, ko’pincha katta
yoshdagi bolalarda kuzatiladi. Tugoma va orttirilgan aritmiyalar ajratiladi, bundan
tashhari funksional va organik turlarga bo’linadi. Ritm buzilishi yurak
mushaklarining asosiy funksiyasi - avtomatizm, qo’zgalish, o'tkazuvchanlik va
miokard qisharuvchanlik funksiyasining buzilishi natijasida yuzaga keladi.
Avtomatizm buzilishiga sinusli taxikardiya va bradikardiya, sinusli
aritmiya, ritm manbai migrasiyasi va boshqa bir qator kam uchraydigan buzilishlar
kiradi.
Sinusli taxikardiya va bradikardiya. Taxikardiya va bradikardiya deganda
ritmining yoshga xos normal ritm bilan taqqoslanganda, bir minutda 20-30
martagacha kuchayishi yo’ki pasayishi tushuniladi. Yurak qisharishlar sonining
o’zgarish sabablari turli kasalliklar, yurak qon-tomir tizimining zararlanishi
bo’lishiga mumkin. Bolalarda yurak qisharishlari chastotasi o’zgarishlarining katta
guruhi funksional buzilishlar bilan bog’liq. Ko’pincha yurak patologiyasi haqida
sinusli taxikardiya guvohlik beradi. Aritmiyaning bu shakli maxsus davoni talab
hilmaydi, terapiya asosiy kasallikni davolashga haratilgan.
Sinusli aritmiya. Sinusli aritmiyaning eng ko’p uchraydigan turlaridan biri
nafas aritmiyasidir. Nafas aritmiyasi barcha yoshdagi bolalarda uchraydi.
ChaqalOqlik davrida u kuchsiz rivojlangan, erta yoshdagi bolalarda ko’p uchraydi,
nafas aritmiyasi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ko’p uchraydi. Nafas
aritmiyasi jismoniy zoriqishdan keyin kamayadi. Pediatriya amaliyotida nafas
aritmiyasining yo’qolishi (ritm tarangligi, embriokardiya) patologiyadan dalolat
beradi. EKGda yurak komplekslarining diastolik interval hisobiga davomiyligining
variabilligi aniqlanadi. Ritm manbai migrasiyasi turidagi ritmning buzilishini faqat
EKGda aniqlash mumkin. EKGda bu R tishining xar-xil shakldaligi bilan
tashqislanadi.Qo’zgalishning buzilishi ekstrasistoliya, paroksizmal taxikardiya
korinishida bo’ladi.
Ekstrasistoliya - yurakning navbatdan tashhari hisharishi. Impulsning paydo
bo’lishi joyiga harab, qorinchalar usti (supraventrikulyar) va qorinchalar
ekstrasistoliyasiga bo’linadi. EKGda- impuls paydo bo’lishi joyini tekshirish
aniqlanadi: sinusli tugun yoki atrioventrikulyar bog’lam, o’ng
yo’ki chap qorinchalar va boshqalar. Ekstrasistolaning normal ritm bilan
almashinuvi alloritmiya (bigeminiya- ekstrasistoliyaning normal qisharishdan
keyin paydo bo’lishiga, trigeminiya-ikkitadan keyin va boshqa), ko’pincha normal
ritm bilan tartibsiz qisharish kuzatiladi.
Ekstrasistoliya - bolalarda eng ko’p uchraydigan ritm buzilishi, turli yoshda
kuzatiladi. Ekstrasistoliyani ba'zi bolalar sezmaydi va hech qanday shikoyati
bo’lmaydi, boshqalari esa yurak sohasida yo’qimsiz sezgi, qo’shimcha puls,
qo’shimcha tonlar yoki yurakning bitta toniga shikoyat qilishadi. Aniq diagnoz
qo’yish uchun EKGni registrasiya qilish kerak.
Ekstrasistoliya funksional va organik turlarga bo’linadi.
Funksional ekstrasistoliya prepubertat va pubertat davrda uchraydi. Sutka
davomida labil, jismoniy yuklamadan keyin holat almashtirganda o’zgaradi.
Parallel ravishda bolalarda vegeto’qontomirlar distoniyasi, surunkali infeksiya
207
ochoqlari, endokrin buzilishlar va boshqalar aniqlanadi. Maxsus tekshiruv usullari
o’tkazilganda miokard hisharuvchanlik funksiyasining buzilishi aniqlanmaydi.
Organik genezli ekstrasistoliya doimiy xarakterga ega. Bolalarda umumiy
holati buzilgan, yurakning funksional yetishmovchilik belgilari aniqlanadi.
Organik ekstrasistoliya miokarditlarda, yurak tugma nuqsonlarida ko’p uchraydi,
revmatizmda kam uchraydi.
Organik genezli ekstrasistoliyada, davo ritm buzilishini chaqirgan, asosiy
kasalliklar terapiyasi fonida o’tkaziladi. Ekstrasistoliyani bartaraf etish uchun kaliy
preparatlari, kaliy oratat, panangin, asparkam yoshga oid dozada tavsiya qilinadi.
Ushbu terapiya samara bermaganda beta-adrenoblokatorlar buyurtiriladi.
Anaprilin, kordaron yaxshi samara beradi. Sutkalik dozasi har bir kg tana vazniga
1 - 2 mg .
Paroksizmal taxikardiya - yurak urishining birdaniga tezlashish xuruji (1
minutda 160-180dan ortiq). Supraventrikulyar va qorinchalar paroksizmal
taxikardiyasi ajratiladi. Kelib chiqishiga ko’ra, paroksizmal taxikardiyaqo’shimcha
o’tkazuvchanlik yo’li mavjudligi bilan bog’langan qaytalanuvchi qo’zgalishga
bog’liq.
Paroksizmal taxikardiya xurujlari tosatdan boshlanadi. Bolalar yurak
sohasida yogumsiz his, kokragida qisilish, epigastral sohada og;riqdan shikoyat
qiladi. Ba'zida xurujlar bosh aylanishi, hushdan ketish, qayd qilish bilan kechadi.
Korikda teri rangining oharishi, hansirash, oysimon venalar pulsasiyasi, qon
aylanish buzilishi belgilari kuzatilishi mumkin. Yurak chegaralari odatda
ozgarmaydi, tonlari aniq. Yaqqol taxikardiya fonida yurak ritmining
tebranuvchanligi - tonlar o’rtasitdagi interval bir xildaligi (embriokardiya)
xarakterlidir. Puls kichik toliqlikda, arterial bosim pasaygan. Xurujlar davomiyligi
bir necha sekund, kun va oygacha davom etadi.
Paroksizmal taxikardiyaning topik diagnozi faqatgina EKG tekshiruv
o;tkazilgandan keyin mumkin. Ba'zida bunday bemorlarda Volf-Parkinson-Uayt
sindromi aniqlanadi (bolalarda bu fenomenni aniqlanishi yurak patologiyasi
hisoblanmaydi.).
Paroksizmal taxikardiyaning kelib chiqishini aniqlash murakkab masala
hisoblanadi. Funksional xarakterda xurujlar qisqa muddatli, qon aylanish
belgilarisiz, emosional omillar bilan bog’liqlik aniqlanadi. Funksional paroksizmal
taxikardiya kelib chiqishiga ko'ra supraventrikulyar deb yuritiladi.
Paroksizmal taxikardiya xurujlarini bartaraf qilish uchun birinchi navbatda
adashgan nerv qo’zgalishiga mexanik ta'sir
o’tkaziladi: karotid sinus (o’ngda) yoki ko’z olmasiga bosish kerak. Ba'zida
Valsalva sinamasi samaralidir: bola chuqur nafas olib, yo’piq ovoz yorugida va
burnini qisib, bola kuchanadi.
Medikamentoz dorilardan beta-adrenoblokatorlar (obzidan) yaxshi samara
beradi. Izoptin chaqaloqlarga vena ichiga
0,3-0,4 ml, 1 yoshgacha-0,4-0,8 ml, 1 yoshdan 5 yoshgacha-0,8-1,2 ml, 5 yoshdan
10 yoshgacha- 1,2-1,6 ml va 10 yoshdan 18 yoshgacha-1,6-2,0 mldan tavsiya
etiladi. Xurujlarni bartaraf qilish uchun novokainamid yo’ki izonikamid
qollaniladi.
208
Shosqilinch terapiya maqsadida 1 % ATF (2 mlgacha)ni bir martalik vena
ichiga yuborish tavsiya qilinadi, 10%li glyukoza bilan pararlel ravishda sedativ
dorilar buyuriladi.
O’tkazuvchanlik funksiyasining buzilishi - blokadalar, aritmiyaga olib
kelmaydi va ko’pincha EKG da aniqlanadi.
Klinik jihatdan faqat to'liq atrioventrikulyar blokada Morgani-Edems-Stoks
xurujlarini diagnostika qilish mumkin. Bu sindrom asosida miyaning o’tkir
ishemiyasi, yurak urishining to'satdan pasayishi yotadi. Bunday bemorlarda
tosatdan yuzaga kelgan bradikardiya e'tiborni jalb qiladi. Morgani-Edems-Stoks
klinik xuruji to’satdan oharish, keyinchalik sianozga aylanuvchi, hushdan ketish va
talvasa bilan xarakterlanadi. Ba'zida najas va peshobni ixtiyorsiz kelishi kuzatiladi.
Pulsni aniqlab bo’lmaydi. hurujlar bir necha sekunddan 1-2 minutgacha davom
etadi, uzoq davom etganda olim holati kuzatiladi.
O’tkazuvchanlik funksiyasining buzilishi yurak patologiyasida kuzatiladi
yo’ki funksional xarakterga ega bo’ladi. Terapiyasi asosiy kasallikni davolashga
haratilgan. Tez-tez takrorlanuvchi Morgani- Edems- Stoks xurujli atrioventrikulyar
blokada sindromida elektrostimulyatorni qollash bilan xirurgik davo korsatilgan.
Titrovchi (tebranuvchi) aritmiya - bu ritmning murakkab buzilishi bo’lib,
bo’lmachalarning togri faoliyatining o’zgarishi bilan bog’liq. Bolalik davrida
titrovchi aritmiya kam uchraydi, miokardning og’ir zararlanishi revmatizm, YuTN,
idiopatik miokarditda uchraydi.
Tebranuvchi aritmiyalarda bolaning umumiy ahvoli birdan yomonlashadi,
ba'zida qo'rquv, vahima yuzaga keladi. Yurakni eshitib korganda tonlarning turli
xil jarangdorligi, qisqa va pauzalarning tartibsiz almashinuvi aniqlanadi. Puls
tanqisligi, yurakni qisharish soni puls sonidan ustunlik qiladi. Odatda qon aylanish
buzilish belgilari turli darajada bo’ladi. EKGda ritmning bu buzilishida R tishi
ornida olchami va shakli bo’yicha turli xil alohida to’lqinlar aniqlanadi.
Asosiy terapiya, tebranuvchi aritmiyani chaqirgan kasallikni davolashga
yonaltirilgan. Taxiaritmik shaklida yurak glikozidlari tavsiya etiladi. Bradiaritmik
shaklida yurak glikozidlarini ehtiyotkorlik bilan qo’llash zarur. Ba'zida
novokainamid, xinidin, aymalin samara beradi. Medikament davo samarasizligida
elektr defibrillyasiya ko’rsatilgan.
Bolalarda tebranuvchi aritmiya oqibati juda jiddiy, asosan taxiaritmik shakli
yo’mon oqibat bilan tugaydi.
Sinusli tugunning zaifligi sindromi - taxibradikardiya sindromi ritmning
murakkab buzilishi hisoblanadi. Ba'zida u YuTN bo’lmasa ham kuzatiladi, ammo
ko’p qo’llarda YuTN yoki yurak operasiyalaridan keyin kuzatiladi. Yaqqol
bradikardiyada bosh aylanishi yoki hushdan ketish aniqlanadi.
Bradikardiyaning taxikardiya bilan almashinishini bemorlar yurak tez urib ketishi
yo’ki jismoniy yuklamani yomon qabul qilish bilan sezadi. Taxiaritmiyani
davolashdagi dorilar qollaniladi. Digitalis dorilarini qollash mumkin emas. Og’ir
holatlarda qayta bog’lam usuli bo’yicha ishlovchi, sun'iy ritm boshharuvchisi
implantasiyasi o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |