136
Vitamin D ning davolovchi dozasi
Raxit
og’irlik
darajasi
Vitamin D sutkalik dozasi, ME
Kurs davomiyligi,
sutkada
I
1000-1500
30
II
2000-2500
30
III
3000-4000
45
Bugungi
kunda
suyaklar
rentgenografiyasi
tashqisot
qilish
maqsadida
o’tkazilmaydi.
Davo kursi yakunlangandan keyin vitamin D profilaktik dozada (100-200
ME/sutkada, 400 MEdan oshmasligi kerak) tavsiya qilinadi. Profilaktik dozasini
oshirish gipervitaminoz Dga olib keladi.
Oxirgi vaqtlarda vitamin Dni individual tavsiya etish ko’zda tutilmoqda
(qonda uning metabo’litlarini aniqlagandan so’ng). Ko’pgina pediatrlar bolalarga
vitamin D emas, balki vitaminlar kompleksini (misol, Podivit Bebi, bolalar uchun
Biovital gel va boshqalarni) tavsiya etadi, chunki raxit ko’p qo’llarda
poligipovitaminoz bilan kechadi. Vitamin Ddan tashqari bu kompleksga
gipervitaminozga moyillikni kamaytiruvchi vitamin A kiradi. Agar raxit davosida
vitamin D qo’llanilsa, uni kamroq dozada tavsiya etiladi.Odatda vitamin D3
dorilari qo’llaniladi (xolekalsiferol) - Videxol, Vigantol. Ko’pgina mualliflar suvda
eriydigan vitamin D3ni tavsiya qiladi, chunki u oshqozon-ichak traktidan yaxshi
so’riladi va yog'da eriydiganga qaraganda uzoq ta'sir etadi.
Raxit profilaktikasi
Hozirgi vaqtda asosiy e'tibor raxitning nospesifik profilaktikasiga qaratilgan
bo’lib, u bola tuhilganigacha va tuhilgandan so’ng olib boriladi.
Raxitning antenatal profilaktikasi homiladorlarni to’g’ri ovqatlantirish, toza
havoda sayr qilish, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, homiladorlar uchun
doimiy ravishda vitamin komplekslarini mikroelementlar bilan birga qo’llash
(pregnavit). homiladorlik davrida UBN qabul qilgan ayollarning bolasida
MNSning perinatal zararlanishi ko’p uchraydi va og’ir kechadi. Vitamin D katta
dozada yoldosh tosig’ini zararlaydi va homilaning homila ichi rivojlanishini
orqada qolishiga sabab bo’ladi.
Raxitning postnatal profilaktikasi tabiiy ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish,
bolani chiniqtirish, massaj, gimnastika, emizikli onalarga doimiy ravishda vitamin
komplekslarini qabul qilish, ochiq havoda sayr qilish buyuriladi. Sayr vaqtida
bolaning yuzini yupqa toqima bilan yopish tavsiya etilmaydi, chunki bu teriga
quyosh nurlari tushishiga to’sqinlik qiladi. Shuningdek, bolani quyosh tik
tushishidan asrash zarur. Yozda bolaning vitamin Dga bo’lgan haftalik ehtiyojini
qondirish uchun daraxtlar soyasida 10-30 minutli havo vannasi yetarli hisoblanadi.
Oqibati
Raxit oqibati uning og’irlik darajasiga, o’z vaqtida tashxis qoyishga va
adekvat terapiyaga bog’liq. Og’ir holatlarda raxit skeletning deformasiyasiga olib
keladi, asab-ruhiy rivojlanish va jismoniy rivojlanishning orqada qolishi, ko’rishni
137
buzilishi, shuningdek, pnevmoniya va oshqozon-ichak kasalliklari kechishi
uzayadi. Lekin, og’ir oqibatlari odatda ekstremal holatlarda yuzaga keladi (urush
vaqtida, ochlikda va boshqalar). Odatdagi sharoitda raxitning bunday oqibati
kuzatilsa, boshqa sabablarni hidirish zarur. Chala tug’ilgan bolalarda raxit (kam
vaznli bolalardagi suyak kasalligi)
Kasallik uzoq muddat davomida parenteral ovqatlanishda bo’lgan, kam
vaznli bolalarda uchraydi; ko’krak suti yo’ki chala tug’ilgan bolalar talabiga
moslashtirilmagan ko’krak suti aralashmalarini iste'mol hilganda kelib
chiqadi.Chala tug’ilgan bolalarda raxitni aniqlash qiyin, raxitning aniq
manifestasiyasi kam uchraydi, 6-8 haftagacha klinikasi aniqlanmaydi.
Chala tug’ilgan bolalarda raxitni rivojlanishiga olib keladigan omillar Suyak
substrati tanqislikligi: kalsiy, fosfor, oqsilni noadekvat iste'mol qilish;Substratni
yuqori miqdorda yo'qotish: asidozda giperkalsiyuriya, siydik qaydovchi dorilar
bilan o'tkazilgan terapiyadan keyin giperkalsiuriya (asosan furosemiddan keyin)
Suyak mineralizasiyasi uchun gormonlar aktivligining mosemasligi: vitamin D:
ko’krak sutida kam miqdordaligi, nisbiy steatoreyada absorbsiyaning kamayishi,
chala tug’ilgan bolalarda vitamin D sintezining pasayishi.
Paratgormon: chala tug’ilgan bolalarda nisbatan javob yo'qligi.
Taxminan 2-oylik davrida quyidagi o’zgarishlar aniqlanadi:
1) uzun suyaklar diafizlari oxirining kengayishi;
2) qovurga-toqay birikkan joyining kengayishi ("raxitik tasmalar");
3) bo’rtib chiqqan, yonboshlari yassilangan yumshoq bosh suyagi
4) kalla suyagining yomon rivojlanganligi hisobiga, katta lihildoqning olchami
nisbatan katta;
5) qovurgalar yoki uzun suyaklar yorig'i
Odatda
rentgenologik
o’zgarishlar
xarakterli
bo´ladi.
Suyaklar
rentgenogrammasida quyidagi o’zgarishlar aniqlanadi:
1) yaqqol rivojlangan hamma suyaklar osteoporozi;
2)
yalliglanish genezli metafiz oxirlari giperemiyasi;
3)
metafiz oxirlarida konturlanishning yo'qligi;
4)
kalsinoz boshlanish chizigining rivojlanishi bilan erta tiklanish belgilari;
Epifiz rivojlanishi orqada qoladi. qonning bioximik tahlilida ishqoriy
fosfataza ko’rsatgichi yuqori bo´ladi (800 MEdan), plazmada fosfor miqdori
kamaygan, kalsiy miqdori kam yo’ki normada. Rentgenologik belgilari darrov
rivojlanmaydi va kasallikni og’ir kechishini ko’rsatadi, chala tug’ilgan bolalarda
raxit borligiga ko'rsatma bu ishqoriy fosfatazaning doimiy yuqoriligidir, agar
bunga boshqa asoslar bo’lmasa (misol, xolestaz).
Hozirgi vaqtda chala tug’ilganlarda raxitni kelib chiqish sababi, vitamin D
tanqisligi,
uning
metabolizmining
noadekvatligi
emas,
balki,
suyak
mineralizasiyasi substratining tanqisligi deb tushuntirilgan. Oqsil, kalsiyni
noadekvat iste'mol qilinishi chala tug’ilgan bolalarda raxit rivojlanishiga sabab
bo’lishi mumkin, lekin fosfor yetishmasligi eng asosiy sabablardan biridir. Yaqqol
fosfor tanqisligida, kalsiy utilizasiyasi kamayadi, shuning uchun giperkalsiemiya
aniqlanadi. homiladorlikning oxirgi uch oyligida homila qar kuni 7,5 mmol/l
(300mg) kalsiy va 5 mmol/l (150mg) fosfor oladi, kam vaznli bolalar kalsiy va
138
fosfor yuqoridagi miqdorda parenteral va enteral ovqatlantirilganda hazm
hilaolmaydi. Buning natijasida suyak toqimalarida depolashgan mineral moddalar
tanqisligi rivojlanadi. Chala tug’ilgan bolalarni ovqatlantirish uchun tavsiya
qilingan aralashmalarda fosfor ko’p miqdorda bo’ladi, bundan tashqari ular fosfor
va kalsiyni absorbsiya jarayonini ko’krak sutiga nisbatan katta miqdorda
ta'minlaydi.
Bunday aralashmalarni qo’llaganda raxit kam uchraydi. Maxsus tavsiya
qilingan aralashmalarda kalsiy fosfor nisbati 2 ga teng, bunda kalsiy 100 ml
aralashmada 50-80 mg, fosfor esa 20-45 mg bo’lishiga kerak. Chala tug’ilganlarda
raxitni davolashda suyak mineral moddalariga talabni oshirish uchun 100 ml sut
aralashmasiga 10-15 mg neytral fosfor qo’sqiladi yoki infuzatda fosfor miqdori
ko’paytiriladi (parenteral ovqatlantirilganda). Qon zardobida fosfor miqdori
korsatgichi tushsa, ishqoriy fosfataza aktivligi ortsa (800MEdan yuqori), fosforni
qo’shimcha berishga ko’rsatma bo’lib hisoblanadi. Ko’krak suti bilan
ovqatlantiriladigan bolalar hayotining birinchi kunidan boshlab, qo’shimcha fosfor
olishlari kerak. Ko’krak sutini qo’shimcha kalsiy bilan 20-40 mg/100 ml sutkada
to'yintirish ham tavsiya etiladi (standart aralashma).
Bundan tashqari chala tug’ilganlarga hayotining 10-14 kunlaridan vitamin D
profilaktik dozasini berish ko’rsatilgan. Lekin vitamin Dni yuqori dozada tavsiya
qilish (2000 ME/kuniga) sezilarli natijalarga olib kelmagan. Chuqur chala
tug’ilgan bolalarga neonatologiya bo’limlarida yotganda vitamin D qo’shimcha
800ME
sutkada
tavsiya
etiladi
(1600
MEdan
oshmasligi
zarur),
kasalxonadanchiqarilgandan song ( yo’ki 1,5-2 oyga yetganda) vitamin D dozasi
kamaytiriladi, yetuk tug’ilgan bolalarnikidek - 400mg/sutkada bo’ladi.
SPAZMOFILIYa
Spazmofiliya hozirgi vaqtgacha alohida kasallik deb qaralgan. Tetaniya
spazmofiliyaning asosiy klinik ko'rinishi bo’lib, turli xil etiologiyali va patogenetik
mexanizmga ega. Raxitning spazmofiliya bilan bog’liqligi aniq. Patogenetik nuqtai
nazardan spazmofiliya va raxit kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishining ikki
bosqichi bo’lib, organizmda vitamin D yetishmasligi oqibatida rivojlanadi. Maslov
fikriga ko'ra, XX asrning 60-yillarigacha, spazmofiliya 3,7% godak yoshidagi
bolalarda aniqlangan.
Oxirgi vaqtda raxit kasalligi kamayganligi sababli bolalarda spazmofiliya
kam uchramoqda. Talvasa va boshqa spastik kasalliklarni paydo bo’lishiga asab
tizimi, asosan asab-mushak apparatining yuqori qo’zg’aluvchanligi bilan bog’liq.
Spazmofiliya rivojlanishiga gipokalsiemiya, giperfosfatemiya va alkaloz natijasida
yuzaga kelgan ion tengligining buzilishi sabab bo’ladi. Fosfor miqdorining
ko’payishi va alkaloz oshishi gipokalsiemiyaga olib keladi. Qonda kalsiy
miqdorining kamayishi, uning ionlarining kamayishi bolalarda talvasa
rivojlanishiga sabab bo´ladi. Ishqorlarning hujayra ichiga ko’p kirishi ham
talvasaga olib keladi (natriy gidrokarbonat, nitratlar). Spazmofiliya ultrabinafsha
radiasiyasi ta'siri bo’lgan qishning oxiri va bahorda paydo bo’ladi, shuningdek,
raxit rekonvalessensiyasi davrida, kalsiy-fosfor almashinuvining yaxshilanishi,
qondan kalsiy mobilizasiyasining kuchayishi va uning suyaklarda toplanishi
139
natijasida roy beradi. Bir vaqtda qalqonsimon bez oldi funksiyasi pasayadi.
Spazmofiliyada talvasaga ko’p qayt qilish, kuchli yig’lash, qo’rquv sabab bo’ladi.
Bu omillar kislota-asosli holatni alkaloz tomonga siljishiga, qonda ishqoriy holat
kalsiy ionizasiyasi kamayishiga olib keladi. Bunday holatlarda kalsiy miqdori
kamayishi shart emas, alkaloz nerv-mushak qo’zg’aluvchanligini kuchaytiradi.
Bunga qarama-qarshi metabolik asidoz tetaniyani rivojlanishiga sabab bo´ladi,
chunki yuqori рNda kalsiy ionizasiyasi kuchayadi.
Spazmofiliya
shuningdek,
hujayra
tashqarisi
suyuqligida
magniy
yetishmasligi bilan ham bog’liq, kalsiy miqdori normada bo’ladi. Bu holat sut
bilan ovqatlantirilganda yoki organizmda magniyni notoliq singishida, shuningdek
magniyning siydik orqali ortiqcha chiqarilib yuborilishida yuz beradi. Normada
qon zardobida magniy miqdori 0,8-1,5 mmol/l ni tashhil qiladi, uning miqdorini
0,5 mmol/l ga kamayishi talvasani chaqiradi. Shuningdek, talvasa paydo bo’lishiga
vitamin V1 yetishmasligi sabab bo´ladi, raxitda kuzatiladi va spazmofiliyada
kuchayadi. Bunda glikolitik zanjirda buzilish paydo bo’ladi, pirouzum kislotasi
hosil bo’ladi, talvasa paydo bo’lishiga olib keladi.
Spazmofiliya yashirin va latent turlariga ajratiladi yo’ki "yashirin tetaniya"
va aniq spazmofiliya deb ataladi. Spazmofiliyaning yashirin shaklida, "yashirin
tetaniya", asab-mushak qo’zg’aluvchanligi yuqoriligidan paydo bo’ladi. Ota-onalar
shikoyat qilishmaydi, bola normal rivojlanadi, raxit belgilari aniqlanadi. Yashirin
spazmofiliyada ko’p uchraydigan belgilarga Xvostek (yuz fenomeni), Lyust,
Trusso, Erba, Maslov simptomlari kiradi.
Xvostek simptomi - bolg′acha bilan yuz nervi shoxchasi orniga, ordak kafti
sohasiga, fossae caninae ga urilganda og’iz, burun, koz ichki burchagi
mushaklarining hisqarishini chaqiradi.
Lyust simptomi - (peroneal yoki fibulyar) - kichik boldir nervi, kichik bo’ldir
suyagining orqa va pastki sohasiga tukullatilganda, oyog′ ustki qismi bukilishi,
tashqariga burilishini chaqiradi. Shunga o′xshash ko′rinishni holda ham kuzatish
mumkin, tirsak nervi sohasiga bilak suyagi boshchasiga tukullatganda kuzatiladi.
Trusso simptomi - yelkani bir necha daqiqaga tasma bilan bosilganda (nerv-tomir
tutamiga), qo’l barmoqlarining tirishishi va "akusher qo’li" ko′rinishi yuzaga
keladi.
Erba simptomi - galvanik tok ta'sirida nervlar elektr qo’zg’aluvchanligining
kuchayishi kuzatiladi. Agar tok kuchi 5mAdan kichik bo’lganda mushaklar
hisqarsa, bu yuqori qo’zg’aluvchanlik deyiladi. Spazmofiliyada u 1-2 mA ga teng
bo´ladi.
Maslov simptomi - igna sanchganda bolalar nafas olishining tezlashishi
kuzatiladi. Yashirin spazmofiliyada nafas mushaklarining spazmi natijasida nafas
olganda va nafas chiqarganda bir necha daqiqaga to′xtaydi.
Laringospazm. Aniq spazmofiliya simptomlaridan biri laringospazm va
yutish mushaklari spazmi hisoblanadi. Ba'zida tinch holatda, ko’pincha zoriqishda,
hayajonlanganda, qo’rquvda yoki yig’laganda nafas olish qiyinlashadi va o’ziga
xos shovqinli nafas paydo bo’ladi, nafas bir necha sekundga to′xtashi mumkin.
Bola oqarib ketadi, keyin kokaradi, yuzida va tanasida sovuq ter paydo bo’ladi.
Xuruj shovqinli nafas chiqarish bilan tugaydi va nafas asta-sekin normallashadi.
140
Laringospazm kun davomida takrorlanishi mumkin. Uzoq spazmda qushini
yogo’tish va klonik talvasa kuzatilishi mumkin.
Karpopedal spazm (yaqqol tetaniya). Qo’l va oyog′ mushaklarining ogriqli
spazmi. Bunda barmoqlar "akusher qo’li" holatida bo’ladi, shuningdek,
oyoq barmoqlari ekvin-varus holatini oladi, oyog′lar kaft qismiga qarab bukiladi,
kaftda teri burmalar hosil qiladi. Spazm bir necha sekunddan bir necha minutgacha
davom etadi, ba'zida uzoqroq. Mimik mushaklar (tetanik yuz) zoriqishi, chaynash
mushaklarining tortilishi (trizm), bo’yin mushaklari, nafas mushaklari (nafas
toxtashi, ushlanishi) kuzatiladi. Silliq mushaklar spazmi ham kuzatilishi mumkin,
yurak toxtashi bilan, olim holati xam kuzatilishi mumkin. Ba'zida karpopedal
spazmlar klonik talvasalar bilan birga keladi.
Eklampsiya. hushni yogo’tish bilan kechuvchi keng tarqalgan talvasa
xurujlari. Ba'zida talvasalar og’iz uchida va ko′zda yuz mushaklarining uchishi
bilan boshlanadi, oyoggacha tarqaladi. Xuruj davomiyligi bir necha minutdan bir
necha soatgacha (eklamptik status deb yuritiladi). Ba'zida talvasalar uyquda
boshlanadi. Tetaniyasi bor bolalarda xurujlar oraliqida EEGda patologik
o’zgarishlar aniqlanmaydi. Mushak spazmlarida EEGda patologik to′lqinlar
registrasiya qilinadi, serebral anoksiya va ishemiyada kuzatiladigan o’zgarishlar
aniqlanadi. Kalsiy miqdori va EEG ma'lumotlari o’rtasitda aniq o’zaro bog’liqlik
yo’q. Chaqaloqlar tetaniyasi. hayotining birinchi kunida gipokalsiemiya va talvasa
holati (chaqaloqlar tetaniyasi) chala tug’ilgan bolalar, egizaklarda, infeksiyalarda,
sariqlik sindromida va boshqalarda ko’p uchraydi. Tug’ilgandan keyin kalsiyni
organizmga kam tushishi, periferik reseptorlarni o′tuvchi rezistentligi, kalsitonin
sekresiyasi yuqoriligi katta ahamiyatga ega. Hayotining birinchi haftasida bolada
gipokalsiemiya ovqatlanish xususiyati, uning organizmga tushishining buzilishi va
bolani erta sigir suti bilan boqishga o’tish bilan bog’liq. Kam qo’llarda
chaqaloqlarda gipokalsiemiya ona organizmida kalsiy va vitamin D yetishmasligi
natijasida paydo bo’ladi. Chaqaloqlarda gipokalsiemiya nerv-mushaklarning
tarqalgan yuqori qo’zg’aluvchanligi va talvasa, respirator simptomlar, taxikardiya,
qayd qilish natijasida yuzaga keladi.
Davosi. Yashirin va aniq spazmofiliyada 10%li kalsiy xlor eritmasi bir choy
yo’ki desert qoshiqdan yoki kalsiy glyukonat 1-2 grdan kuniga 3 mahal tavsiya
etiladi. Laringospazmning yengil xurujlari toza havo yo’rdamida bartaraf etiladi
(toza havo kirishi ta'minlanadi), yuzga sovuq suv sepiladi; choziluvchan xurujlarda
til o’zagi va tomoq orqa devori qo’zg’atiladi, sun'iy nafas - birinchi nafas olish
paydo bo’lgunga qadar o’tkaziladi. Tetaniyada va karpopedal spazmda 1-2%li
xloralgidrat eritmasi bir choy qoshiqda yoki desert qoshiqda tavsiya etiladi, vena
ichiga 10-15 ml 10% kalsiy xlor yo’ki glyukonat, keyin ichishga kalsiy 0,1-0,15
g/kg sutkada beriladi.
Talvasa xurujlari kuzatilgan bolalarda ovqatlanish tartibini aniqlash muhim
ahamiyatga ega. Talvasa kuzatilgan davrda 8-12 soat davomida parhez choy, meva
sharbatlari bilan o’tkaziladi. Keyin ko’krak suti bilan ovqatlanadigan bolalarga
sutga nordon aralashmalar qo’sqiladi, sun'iy ovqatlantirilganda sigir suti donor
(ko’krak suti) va nordon aralashma bilan almashtiriladi; meva va sabzavot
sharbatlari, sabzavot bo’tqasi tavsiya etiladi.
141
Profilaktik tadbirlardan raxitni o’z vaqtida oldini olish, kun tartibini togri
tashkillashtirish, toza havoda yetarli sayr qilish, davriy ravishda kalsiy dorilari
tavsiya qilinadi. Qish-bahor mavsumida yuqori qo’zg’aluvchan va raxit bilan
og’rigan bolalarga kalsiy bilan birga bromidlar tavsiya etiladi. Surunkali
gipoparatireoidizmda vitamin D2 (ergokalsiferol) 300 000 - 400 000 HB/sutkada
beriladi. qondagi kalsiy miqdori normallashganda (2,2 mmol/l) vitamin D2 1
yoshgacha bolalarga 50 000 XB/sutda va bir yoshdan katta bolalar uchun 75 000-
125 000 HB/sut davom ettiriladi. O’rindosh davo maqsadida qalqonsimon bez oldi
bezining suyuq ekstrakti (paratireoidin) tavsiya etiladi, qonda kalsiy
konsentrasiyasini ko′taradi. Dorilar teri ostiga yo’ki mushak orasiga 12 ml/sut da
qollaniladi, qon zardobida kalsiy miqdorini nazorat qilish kerak. 0,1%
digidrotaxisterolning yog′li eritmasi (tuzilish va ta'siri bo’yicha vitamin Dga yaqin)
yaxshi samara beradi, kalsiy va fosfor almashinuvini nazorat qiladi, ichak orqali
kalsiy so′rilishi, peshob orqali fosfor ekskresiyasini kuchaytiradi. Dori ichishga 0,5
mg (20 tomchi) kuniga 3 mahal tavsiya qilinadi. Kalsiy dorilari bilan bir ?atorda,
qondagi kalsiy va fosforni, peshobda Sulkovich reaksiyasi korsatgichini nazorat
qilib turish kerak. Parhezda kalsiy miqdori ko’p, fosfor kam miqdorda bo’lishiga
zarur. Oshqozon-ichak orqali fosfatlar sorilishini kamaytirish uchun alyuminiy
gidrookis tavsiya qilinadi. Dorini ichishga suspenziya (4%) ko′rinishida suv bilan
bir choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta beriladi.
NAFAS OLISh ORGANLARI KASALLIKLARI
BRONXITLAR
Bronxit - bronxlarning turli etiologiyali yalliglanish kasalligi (infeksion,
allergik, fizik-ximik va boshq). Bolalarda bronxitlarning quyidagi shakllari
ajratiladi:
1. O’tkir oddiy bronxit (OB)
2. O’tkir obstruktiv bronxit (OOB)
3. O’tkir bronxiolit
4. qaytalanuvchi bronxit (QB)
5. qaytalanuvchi obstruktiv bronxit (QOB)
6. Surunkali bronxit (SB) - birlamchi va ikkilamchi
7. Surunkali bronxiolit obliterasiya bilan birga
Bronxitlarning hamma shakllari zotiljamning klinik belgilarisiz bronx
yalliglanishining klinik simptomlarida diagnostika qilinadi.
O’tkir oddiy bronxit - bronxlarning obstruksiya belgilarisiz kechadigan bronxitdir.
Etiologiyasi. O’tkir oddiy bronxit etiologik omili viruslar (paragripp 1 va 2 turlari,
RS-viruslari, adenoviruslar, gripp virusi, sitomegalovirus) hisoblanadi. Fizik-ximik
omillar ta'sirida, sovuq qo’tishda burun-tomoqda autofloraning aktivlashuvi
kuzatiladi. Ko’p hollarda o’tkir bronxit etiologiyasida virus-bakterial assosiasiyasi
tasdiqlanadi, nafas yollaridagi epiteliyalarda joylashgan viruslar tropizmga ega
bo’lganligi uchun ularni zararlaydi, bronxlar devori barer xususiyatini pasaytiradi
va bakterial yalliglanish rivojlanishiga sharoit yaratib beradi. Shartli patogen
bakterial autofloraning invaziv emas, intralaminar ko’payishi haqida so′z boradi.
142
Bronxit quyidagi bolalar infeksiyasi, jumladan, qizamiq va kok yotal kechish
jarayonida paydo bo’ladi. Katta yoshdagi bolalarda etiologik omil bo’lib,
Mycoplasma pneumonia, Chlamydia pneumonia hisoblanadi.
Patogenezi. Bronx shilliq qavatlari yuqumli kasalliklari gipersekresiyaga va
shilliqning
fizik-ximik
xossasini
(elastiklik,
adgeziyasi,
shilamshi?ligi)
o’zgarishiga olib keladi, bu seliar hujayralarda ish faoliyatini qiyinlashtiradi,
mukoseliar klirensi (nafas yo’llari sanasiyasini ta'minlaydi) buzilishiga sabab
bo´ladi. Adashgan nerv afferent reseptorlarining qo’zgalishi natijasida paydo
bo´ladigan yo′tal bronxlar tozalovchi funksiyasini kuchaytiradi.
Klinikasi. Ko’p qo’llarda etiologiyasiga bog’liq. Kasallik tana qaroratining
kotarilishi, bosh og’rishi, o’zini yomon his qilish, ishtaha pasayishi bilan
boshlanadi. O’tkir oddiy bronxit o’tkir virusli respirator infeksiyalardan so′ng
rivojlanadi, kasallikning birinchi kunlarida yuqori nafas yollari zararlanish belgilari
kuzatiladi. O’tkir oddiy bronxit asosiy belgisi yotal hisoblanadi. Kasallik boshida
yo′tal quruq bo´ladi. Traxeobronxitda yo′tal qichishish va to′sh suyagining
orqasida ogriq bilan kechadi. Erta yoshdagi bolalarda yo′talganda yuzning qizarishi
va yig′lash to′sh suyagining orqa qismida og′riqdan dalolat beradi. Bir necha
kundan keyin yo′tal yumshoq, nam, ko’p bo’ladi. Kichik yoshdagi bolalar
balhamni chiqara olmaydi va yutib yuboradi.
O’pka auskultasiyasida o’tkir bronxitda dag’al nafas, diffuz quruq, nam, orta
kalibrli xirillashlar eshitiladi, yo′talgandan keyin uning miqdori kamayadi.
Gematologik siljishlar virusli infeksiyalarni yoki og’ir bo’lmagan bakterial
yalliglanishni ko’rsatadi. O’tkir bronxitning davomiyligi 2 haftadan oshmaydi.
Differensial tashqisi. Pnevmoniya, bronx-o′pka kasalliklari bilan o’tkaziladi,
uning qaytalanishi o’tkir bronxit klinikasi bilan kechadi (mukovissidoz,
bronxektatik kasallik va boshqalar). Pnevmoniyaga gumon qilinganda ko’krak
qafasi rentgenografiyasi o’tkaziladi.
O’tkir obstruktiv bronxit va bronxiolit
O’tkir obstruktiv bronxit (OOB) - bronxlar obstruksiyasi sindromi bilan
kechadigan kasallik. Kattalarga qaraganda, bolalarda ko’p uchraydi, og’irroq
kechadi. Zamonaviy tasavvurlarga kora o’tkir bronxiolit OOBga kiradi, mayda
bronxlar va bronxiolalarning virusli etiologiyali zararlanishi bilan kechadi. O’tkir
bronxiolit bilan asosan ikki yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi.
Etiologiyasi. O’tkir obstruktiv bronxit va bronxiolitda asosiy etiologik omil
RS-viruslar, paragripp III turidagi viruslar, adenoviruslar hisoblanadi. Katta
yoshdagi bolalarda o’tkir obstruktiv bronxit rivojlanishida miko’plazmalar va Ch.
Rneumoniae asosiy o’rinni o’ynaydi.
Patogenezi. Bronxoobstruktiv sindrom - patofiziologik tushuncha bo’lib,
o’tkir va surunkali kasalliklar fonida bronxlar otkazuvchanligining buzilishi bilan
xarakterlanadi. Bolalarda bronx-o′pka kasalliklarida bronxlar obstruksiyasining
asosiy komponentlari quyidagilar:
Bronxlar shilliq qavatining qalinlashishi. Bu komponentning asosiy sababi -
shilliq va shilliq osti qavatining shishi va hujayra infiltrasiyasidir.
143
Bola qanchalik kichik bo’lsa, bronxlar shilliq qavatining qalinlashuvi
shunchalik yaqqol bilinadi, bu esa bronxobstruktiv sindromning rivojlanishiga olib
keladi;
Nafas yo’llari kalibri kichik bo’lsa, yalliglanish yuqori bo’ladi va qaytmas
obliterasiyaga olib keladi. Bronxlar bez apparatining giperplaziyasi ham shilliq
qavatning qalinlashish darajasiga ta'sir qiladi.
Bronxlarning gipersekresiya va reologik xususiyatining o’zgarishi erta
yoshdagi bolalarda bronxobstruktiv sindromning rivojlanishida katta ahamiyatga
ega. Ekssudativ-kataral va limfatiko-gipoplastik konstitusiya anomaliyalari bor
bolalarda bronxobstruksiya sindromi rivojlanishiga moyillik yuqori bo´ladi.
Bronxlar
diametrining
kichrayishida,
bronxial
sekretning
suvsizlanishi
obstruksiyaning boshqa komponentlariga bog’liq, bu esa ko’p ishlab chiqarilgan
bronxial sekretning yuqori yopishqoqligiga olib keladi va qattiq shilliq to’siqning
rivojlanishiga sabab bo’ladi, natijada nafas yollarini to′sib qo’yadi. Balham
reologik xususiyatining o’zgarishi (yopishqoq sekret) mukovissidozda bronxial
obstruksiya shakllanishining asosiy sababi hisoblanadi. Siliar diskineziya
sindromida o’zgarmagan yo’ki infisirlangan bronxial sekret evakuasiyasi
buziladi.
Bronxlar shilliq mushaklarining spazmi - tez rivojlanadigan va yengil
qaytuvchi obstruksiya komponenti. Bola yoshi kattalashgan sari va obstruksiya
epizodlari qaytalanishida u katta ahamiyatga ega. Tez-tez qaytalanuvchi yoki uzoq
vaqt davom etuvchi spazm bronxlar shilliq mushaklari spazmiga olib keladi.
Bronxlar o’tkazuvchanligining buzilishida opkaning shishi, havo yollarining
emfizematoz o’pka to′qimasi bilan bosilishi obstruksiyani kuchaytiradi. Yuqorida
keltirilgan obstruksiya mexanizmlaridan tashqari, timomegaliya, ko’krak ichi limfa
tugunlarining kattalashishi, o’pkaning tugma bolakli emfizemasi, diafragmal
churra, oraliq devor osmasida kompressiya natijasida nafas yo′llarining torayishi
kuzatiladi.
O’tkir bronxiolitda epiteliy deskvamasiyasi bo’ladi, kiprikchalari
bo’lmagan osuvchi qavat hujayralari bilan almashinadi. Bu mayda bronxlar va
bronxiolalar shilliq qavatining erta zararlanishi hisoblanadi. Epiteliylar, fibrin
tolalari, shilliq mayda bronxlar va bronxiolalarda qattiq tiqin hosil qiladi, bu
bronxiolalarning toliq yo’ki qisman obstruksiyasiga olib keladi.
RS-viruslar bilan chaqirilgan bronxiolitning og’ir kechishida, RS-IgE anti
tanachalarining spesifik titri yuqori, leykotrien S konsentrasiyasi, shilliqda
gistamin sekresiyasi yuqori bo´ladi.
O’tkir RS-bronxiolit o’tkazgan bolalarda, ko’p qo’llarda bronxlar nospesifik
giperreaktivligi shakllanadi va bronxial astmaga bo’lgan moyillik yuqori bo’ladi.
Klinikasi. O’tkir obstruktiv bronxit tana qaroratining kotarilishi, yuqori nafas
yollari kataral o’zgarishlari bilan o’tkir boshlanadi. Bolaning umumiy ahvoli
birdan o’zgarmaydi.
Respirator buzilishlar belgilari kasallikning birinchi kunida yuzaga kelishi
mumkin, ba'zida 3-5 kunida yuzaga chiqadi. Asta-sekin nafas olish harakati va
nafas chiqarish davomiyligi bir minutda 50 martagacha yetadi, shovqinli,
hushtaksimon bo’ladi. Perkutor tovushning qutichasimon bo’lishiga fonida, nafas
144
chiqarishi uzaygan, ikki tomonlama quruq, qushtaksimon xirillashlar eshitiladi.
Bronxial bezlar gipersekresiyasi natijasida, kichik yoshdagi bolalarda mayda va
o’rta pufakli nam xirillashlar eshitiladi va jarayonga bronxiolalarning qo’sqilishi
kuzatiladi. Xirillashlar masofadan eshitiladi.
Obstruksiya
rivojlanishi
kuchayganda
bola
bezovtalanadi,
qo’zg’aluvchanligi ortadi, qollariga tayangan holda majburiy o’tirgan holatni
tanlaydi.
Nafas olishda yo’rdamchi mushaklar qatnashadi, burun qanotlari kerikkan,
qovurg′alar oralig′ida va epigastral sohada tortilish kuzatiladi. Ba'zida og’iz
atrofida yengil sianoz kuzatiladi. Periferik qonning o’zgarishi virusli infeksiyadagi
kabi bo’ladi (leyko’peniya, limfositoz, EChT qisman oshishi).
O’tkir bronxiolitda obstruksiyaning og’irlik darajasi va nafas
yetishmovchiligining yaqqolligi yalliglanishning mayda bronxlarda joylashishi,
erta yoshdagi bolalarda brox-op’ka tizimining anatomo-fiziologik xususiyati va
virusli yalliglanishning o’ziga xosligiga bog’liq. Nafas yo’llari yengil kataridan 2-4
kundan keyin hansirash nafas harakatining minutiga 70-90 taga yetishi kuzatiladi,
nafas chiqarishning qiyinlashishi, yordamchi ko’krak mushaklarining ishtirok
etishi, ko’krak qafasi chiqib turgan joylarining tortilishi, burun qanotlarining
kerikishi, og’iz atrofi sianozi kuzatiladi.
Kasallik
boshida
yo’tal
quruq,
keyinchalik
nam,
balhamli
bo’ladi.Temperatura reaksiyasi bronxiolitning etiologiyasiga bog’liq: adenovirusli
infeksiyasida uzoq febril isitma kuzatiladi, boshqa etiologiyali bronxiolitlarda -
tana qarorati 38-39˚Sgacha ko’tariladi. Bu holat 1-2 kun davom etadi.
Bolaning umumiy ahvoli og’ir, nafas yetishmovchiligi yaqqol bilinadi.
RaO2 55-60 mm rt.st gacha pasayadi, RaSO2 pasaygan (giperventilyasiya), bu
asidozni rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Ko’krak qafasi shishgan, perkussiyada qutichasimon tovush aniqlanadi,
yurak nisbiy chegarasi kichraygan. Auskultasiyada uzaygan nafas chiqarish yo’ki
hushtaksimon nafas chiqarish, nafas olishda va nafas chiqarishda ko’p mayda
xirillashlar eshitiladi. Nafas olish tezlashganda nafas chiqarishning uzayishi
bo’lmasligi mumkin.
Periferik qon o’zgarishi virusli infeksiyalardagidek bo´ladi. Rentgenda o’pka
shishi kuzatiladi, o’pka ildizi kengaygan, ildiz oldi o′pka surati kuchaygan,
atelektazlar, distelektazlar aniqlanadi. Asoratlanmagan bronxiolitda epiteliy
regenerasiyasi kasallik boshlanishidan 2-3 kundan keyin paydo bo’ladi, 4-kuni
gipersekresiya pasayadi, kiprikchalarning to’liq tiklanishi kasallikning 15-kuniga
to’g’ri keladi.
Differensial tashqisi. O’tkir obstruktiv bronxit va o’tkir bronxiolitni yot
jismlar bilan aspirasiya, bronxial astma xuruji, ba'zan - pnevmoniya bilan
o’tkaziladi.Residivlanuvchi (qaytalanuvchi) bronxit. Kasallik oddiy o’tkir
bronxitning qaytalanishi bilan kechadi (obstruksiya belgisisiz), uning epizodlari
yilida 2-3 marta qaytalanadi, oxirgi 2-3 yil ichida qar bir xurujlar 3-hafta va undan
ko’p marta davom etishi bilan xarakterlanadi.
145
Residivlanuvchi bronxit bolalik davrlarida ko’p uchraydi. Surunkali
bronxitdan farqi progressivlanuvchi kechishi kuzatilmaydi, bronx-o’pka tizimida
qaytmas funksional va morfologik o’zgarishlar aniqlanadi.
Etiologiyasi. Residivlanuvchi bronxit erta va maktabgacha yoshdagi
bolalarda ko’p uchraydi. qaytalanuvchi bronxitda ekzogen va endogen omillar
katta ahamiyatga ega, bolalarda respirator kasalliklarga sabab bo’ladi.
Qaytalanuvchi bronxitga xurujlarni mavsumiyligi xarakterlidir, bu virusli
respirator infeksiyalarning epidemik ko’tarilishiga to’g’ri keladi, ko’p hollarda
xurujlarni rivojlanishiga sabab bo´ladi. Bolalarda qaytalanuvchi bronxitning
shakllanishi va kechishida bakterial infeksiyalarni o′rni katta: pnevmokokk,
gemofil tayogchalari, xlamidiya va miko’plazmalarni bir hilda uchrashi kuzatiladi.
Bronxial daraxtning ushbu mikroorganizmlardan tozalanishi sekin kechishi
xarakterli xisoblanadi. Bolalarda qaytalanuvchi bronxitda nospesifik rezistentlik
(neytrofilli leykositlarni pasayishi) va immunologik reaktivlik xususiyati mavjud
(xuruj davrida supressorlar pasayishi va remissiya davrida xelperlar aktivligi, T-
limfositlar faolligi pasayishi, xuruj davrida sekretor IgA pasayishi kuzatiladi,
zardob immunoglobulinlari miqdori doimiy normal bo’lganda kasallik remissiya
davrining uzayishi xarakterlidir).
Klinikasi. Bola qanchalik kichik bo’lsa, xurujlar shunchalik ko’p uchraydi
(erta yoshdagi bolalarda yilida ortacha 8 marta qaytalanadi, maktab yoshidagi
bolalarda yilida 2-3 marta kuzatiladi).qaytalanuvchi bronxit xuruji o’tkir
boshlanadi, tana harorati subfebrilgacha, ba'zida febrilgacha kotariladi, quruq yotal
2-3 kundan keyin nam balhamli yo’talga aylanadi.
Maktab yoshidagi bolalarda qaytalanuvchi bronxit xuruji tana qaroratining
ko′tarilmasligi bilan kechadi. Yo’tal odatda kun davomida bir xil yo’ki ertalablari
kuchaygan bo´ladi.
Auskultativ, perkutor ma'lumotlari va rentgenologik o’zgarishlar o’tkir
bronxitdagidek bo´ladi.
Kasallik remissiyasi sekin rivojlanadi. Uzoq vaqt (3-4 haftadan kam
bo’lmagan) qisman yo’tal saqlanadi, ertalablari shilliq yo’ki shilliq yiringli
balg’am ajralishi bilan kuzatiladi.
Differensial tashqisi. Ikkilamchi surunkali bronxit, surunkali bronx-o′pka
kasalliklarining klinik korinishi bo’lishiga mumkin: mukovissidoz, bronxoektatik
kasallik. O’pka rivojlanishi nuqsonlari, siliar diskineziya sindromi va boshqalar.
Bu kasalliklarga gumon qilinganda bola pulmonologiya bo’limida tekshirilishi
rentgen, funksional va instrumental bronx-o’pka tekshiruvidan o’tishi kerak.
Oqibati. qaytalanuvchi bronxitda yo’mon emas, ba'zida surunkali shaklga
o’tishi mumkin. 2% bemorlarda qaytalanuvchi bronxit bronxial astmaga o’tishi
mumkin.
Residivlanuvchi obstruktiv bronxit - bu o’tkir obstruktiv bronxitning qayta
epizodlari bilan kechadigan kasallik. Ba'zan kasallik etiologiyasida xlamidiyalarni
o’rni katta.
Klinik ko’rinish va davolash o’tkir obstruktiv bronxitnikidek bo’ladi.
Tashqis 3 - 4 yoshda qo’yiladi.
146
O’RVI obstruksiya epizodlarini chaqiradi. Bronxlar giperreaktivligi va
obstruksiya residivi endogen omil bo’lib hisoblanadi. Bronxlar giperreaktivligi -
infeksion va noinfeksion omillar ta'siridagi havo o’tish yo’llarining noadekvat
reaksiyasi, klinikada bronxlar obstruksiyasi bilan kechadi.
Populyasion tekshirishlar bronxlarning birlamchi giperreaktivligini (irsiy,
tugma) aniqlaydi.
Ikkilamchi giperreaktivlik nafas yo’llarining infeksion, allergik zararlanishi
natijasida kelib chiqadi. Residivlanuvchi obstruktiv bronxit differensial
diagnostikasidan maqsad qar bir bemorda bronxlar giperreaktivligini aniqlashdan
iborat. Bronxial astma bilan qaytalanuvchi bronxit o’rtasitdagi differensial tashqis
qiyinchilik tug’diradi. 30-50% erta yoshdagi bolalarda bronxial astma xurujida
virusli infeksiyaning o′rni yuqori bo´ladi.
Qaytalanuvchi obstruktiv bronxitda oilaviy anamnezda allergik kasalliklari
kuzatilmaydi va atopiyaning o’pkadan tashqari zararlanishi bo’lmaydi.
Umumiy va spesifik immunoglobulin IgE miqdori normada bo´ladi,
obstruksiya xurujli xarakterga ega emas, noinfeksion ekzogen allergenlar ta'siri
bilan bog’liq emas, astmaga qarshi bazis terapiyadan samara bo’lmaydi. 20%
bolalarda residivlanuvchi obstruktiv bronxit anamnezida bronxlarning tugma
giperreaktivligi sababini aniqlash mumkin: tug’ilganda kichik vazn, homiladorlik
vaqtida onasining tamaki chekishi, nafas yollarining kichik kalibrligi.
Residivlanuvchi obstruktiv bronxit xurujini virusli infeksiya kuchaytiradi. 3 - 4
yoshda epizodlar to’xtaydi.
Dostları ilə paylaş: |