2-mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati



Yüklə 196,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix16.04.2023
ölçüsü196,32 Kb.
#99029
  1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati



2-MAVZU: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati. 
Reja: 
1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari 
2. Menejmentning ilmiy maktablari 
3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi 
4. Menejmentning xorijiy modellari 
5. Mustaqillik davrida O’zbekistonda boshqaruv va menejment. 
6. Kadimgi amaliyot va yangi fan. 
7. 1900 yilgacha bo’lgan tashkilotlar va ularni boshqarish. 
8. Jarayon, xolatiy va sistemali yo’nalish. 
 
1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari 
Boshqaruv odamlar bilan birga paydo bo’lgan. U mehnatni taqsimlanishi va 
kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy 
ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. 
Bunda ulardan birlari rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, ya’ni 
boshqariladiganlar bo’ladilar.
Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar harakatlarni 
boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan.
Menejmentni paydo bo’lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog’liq: 
 
Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni o’sishi, mulk
egasi va tadbirkorni boshqaruvning o’sib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir 
emasligi; 
 
Bozor sub’ektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini o’sishi va bozor 
aloqalarini kuchayishi; 
 
Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o’sishi va 
bozor iqtisodiyotining barqarorligi; 
 
Yirik korporatsiyalarni paydo bo’lishi va shunga ko’ra faqat xodimlarning maxsus 
apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini ko’payishi,. Xuddi 
korporatsiyada menejment mulk egasi- tadbirkorning o’zini o’zi boshqarishidan butunlay 
ajraladi; 
 
Mulkni aktsiyadorlar o’rtasida jamlanishi, buning natijasida aktsiyadorlik 
sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo bo’ladi; 
 
Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan 
foydalanishga harakat qilishlari; 
 
Ijodiy, sho’’baiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini 
yaratish istagi.

Yüklə 196,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin