boshlariga to’g’ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor
(1850-1915) turgan, u o’zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish
maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi
menejment zamonaviy kontseptsiyasining asosiy nazariy maktabi bo’lgan.
Bu maktabning
ko’zga ko’ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir.
F.Teylor o’z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan. “Kelishuv
tizimi” (1895), “TSex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment tamoyillari” (1911). F.Teylor
o’z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo’shish, “kapitalistik korxonalarda
hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni
jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta sho’’baiqish
uyg’otgan.
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish
uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini o’sishi va xo’jayinlar va ma’muriyat
bilan yaqindan hamkorlikni yo’lga qo’yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida
qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to’liq
hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar
o’rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o’ylagan.
SHunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir:
- ma’muriyat hal qilishi kerak bo’lgan vazifalarni belgilash;
- sub’etivizm va avtoritar usullarni ilmiy
qoidalarga almashtirish;
- boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish;
- mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga
yo’naltirish;
- faoliyatni qat’ian
tartibga solish;
- vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng to’g’ri bajaradigan xodimlarni maqsadga
qaratilgan xolda tanlab olish, ularni o’qitish;
- xo’jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash
uchun ilmiy tahlildan
foydalanish;
- ishlarni rejalashtirish;
- xodimlarni rag’batlantirish.
Dostları ilə paylaş: