64
hisoblanadi. Shuning uchun bu sohada kapital qo‘ygan
investorlarga soliq
imtiyozlarini berish o‘ta muhimdir. O‘zbekistonda qulay investitsiya iqlimi
yaratilishi uchun keng harakat qilinmoqda, bu borada bir qator Qonunlar, Qarorlar
va Farmonlar ishlab chiqilgan, xorijiy investorlarga turlicha
moliyaviy imtiyozlar
va huquqlar berilgan, bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Shuning bilan
birgalikda quyidagi tadbirlar bizning fikrimizcha
investitsiya iqlimi yanada
yaxshilash imkoniyatini beradi:
– so‘mning qadrini ko‘tarish va buning asosida bank foizi stavkalarini
barqarorlashtirish;
– islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini hisobga olgan holda
soliq tizimini ilmiy asoslangan holda takomillashtirish;
– ma’muriy buyruqbozlik holatlariga chek qo‘yish
va xorijiy investorlarga
nisbatan ijtimoiy psixologiyani va fikrlashni rivojlantirish;
– O‘zbekistondagi aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyasi nufuzini va uning
likvidliligini oshirish, xorijiy investorlarni
ularga jalb eta bilish, qimmatli
qog‘ozlar bozorini rivojlantirish.
Fikrimizcha, biz iqtisodiyotimiz va mamlakatimizning jahon maydonidagi
raqobatdoshligini,
eng avvalo, puxta ishlab chiqilgan va oqilona yuritilayotgan
investitsiya siyosati orqaligina ta’minlash mumkin. Jahon inqirozi sharoitida ham
mahsulot raqobatdoshligini ta’minlash uchun ishlab
chiqarishni texnik va
texnologik yangilash bo‘yicha katta va kichik loyihalarni izlash, buning uchun
zarur mablag‘ va manbalarni topish – bu birinchi
navbatdagi eng muhim vazifa
bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, investitsiya siyosatida ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish alohida etibor qaratmoq kerak. Xorijiy investitsiyalarni
milliy iqtisodiyotga faol jalb etishga manfaatdor har qanday davlat o‘zining
investitsiya siyosatini takomillashtirib boradi. Bu siyosat xorijiy investitsiyalarni
jalb etishning o‘ziga xos yo‘nalishini, shuningdek,
ularni jalb etishni
rag‘batlantirish tizimini aniqlab beradi va investitsiya faoliyatining huquqiy
tartibini belgilaydi. O‘zbekistonda investitsiya siyosatini samarali tashkil etishda
65
davlatning tuzilmaviy investitsiya siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. Uni
quyidagi rasm orqali ifodalaymiz.
Dostları ilə paylaş: