57
Har bir hudud bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish yuzasidan
amaliy tadbirlar ishlab chiqish va xorijiy investorlarni hududning eksport
imkoniyatlari bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlash zarur;
– mamlakatimizning kam rivojlangan hududlarida infratuzilmalarni rivojlan-
tirish dasturlari bajarilishi yuzasidan davlat monitoringini o‘rnatish. Bunda,
ayniqsa telekommunikatsiya va mehmonxona xo‘jaligi
sohalarini rivojlantirishga
alohida e’tibor berilishi maqsadga muvofiqdir;
– eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarning ishlab
chiqargan mahsulotlar hajmida eksport qilingan mahsulotlar ulushini hisobga olgan
holda soliq imtiyozlarini
joriy etish kerak, qo‘shma nizom fondida xorijiy
investorning egallagan ulushini hisobga olgan holda qo‘shimcha soliq imtiyozlarini
berish zarur;
– investitsiya dasturlarini tuzishda va yirik investitsiya
loyihalarini amalga
oshirishda mamlakat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga
olish lozim;
– chet ellar tajribasidan va respublikadagi mavjud
imkoniyatlardan kelib
chiqib, respublika hududlarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishni rag‘bat-
lantirishga qaratilgan maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish zarur.