bezgaknamo qizga buyurdi boy. (Oybek) 2. Kim ekan
o‘sha...
xabargir ? Qaniy?.. – deb u kishi qo‘l cho‘zdilar. (Murod Mansur) 3. Bir yon: etaklarda, dasht-adirlarda Jonlarga o‘t yoqar
qizg‘aldoqzori . Vatanim – ol qizg‘aldoqlar o‘lkasi! (Azim Suyun) 4. Murodiga yetsinlar,
murod qilganlar, Azim, Kunlar yulduzlanmoqda, bu kunlar oylanmoqda.
(Azim Suyun) 5. Farhod
serbahs ayolni ko‘rgan zahoti tanidi: Elmira
Kamolova, kinoshunos. (Erkin A’zam) 37-mashq. Parchani o‘qing, undagi badiiy tasvirga xizmat qilgan
ma’nolarni aniqlang. Ifodalangan g‘oya atrofida fikrlashing.
Savollarga Nurmomo o‘zlari javob beradilar:
– O‘qrayib, bo‘zrayib, g‘o‘dayib, gerdayib, kekkayib... O‘h-ho‘, tili-
miz qan
chalik boy! Bitta tushunchada qancha ifoda! Ha, chiroqlarim,
bu so‘zlar ila atalishdan uzoqroq yuring, takabbur bo‘lmang! Takabburlik
– johillikdir!
Birov ila uchrashganingizda o‘ng qo‘lingizni ko‘ksingizga qo‘yib: «Assa-
lomu alaykum!» deng. Sizdan oldin salom bersalar, «Vaalaykum
assalom!»
deya javob qaytaring. Chin insonlik yo‘lidan toymang! Buni o‘shal siz
ko‘rib kelgan to‘tiqush ham yaxshi bilur, shunga amal qilur. Shul boiskim,
to‘tiqush inson singari burro til, nozik dil paydo qildi. Ha, biz-u sizni
oshiq-u shaydo qildi. Shul sababkim, ul dildan sayraydir, uyimiz to‘rida
turgan qutlug‘ taxtiravonda yayraydir. Qo‘shaloq tug‘ilgan bu ikki egi-
zak so‘zda – «Assalomu alaykum» birla «Vaalaykum assalom»da yetti
olamning kaliti, mehri-yu sehri bor. Aytsangiz, tilsimlar ochilaverar.
(Y. Muqimov)
36 Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting.
Ular ishtirokida gaplar tuzing.