31
Chopmoq bilan
yugurmoq fe’llari orasida ham farq bor, lekin bir-biriga
yaqinlashib keladigan ma’nolari ham bor. Bu fe’llarni ma’no jihatidan
yaqinlashtirgan harakat «bolalarning chopishi va yugurishi»dir. Bolaning
chopishi bilan yugurishida, aslida, farq bor. Agar bola o‘zini ot min-
gandek tasavvur qilib, uni qamchilagandek harakat bilan yugurib ketsa,
bola chopib ketdi, aks holda
yugurib ketdi deyiladi. Lekin bunga e’tibor
bermaslik natijasida ba’zan
chopmoq fe’li
yugurmoq va goho
yugurmoq fe’li
o‘rnida
chopmoq fe’lini ishlatish hollari uchrab turadi.
Chopmoq fe’lining
tub ma’nosi «qo‘lni biror qurol bilan yoki qurolsiz ko‘tarib urib, biror
ishni amalga oshirmoq»dir.
Yer chopmoq deganda «ketmonni ko‘tarib yerga
urish»,
qilich chopmoq deganda «qilichni ko‘tarib urish»,
go‘sht chopmoq
deganda «boltani ko‘tarib urish»,
ot chopmoq deganda «qamchini ko‘tarib
urish» nazarda tutilgan.
Hozir shevalarda uchraydigan
loy chapti, adabiy tildagi
betga chopar
degan iboralarda ham
chopmoq fe’lining o‘sha tub ma’nosi nazarda tutil-
gan. Xulosa shuki,
chopmoq qo‘lga aloqador,
yugurmoq – oyoqqa.
31-mashq.
Gaplarni o‘qing.
saboq
va
dars
so‘zlarining ma’nolaridagi
farqni izohlashga harakat qiling, shu asosda yozma matn
tuzing.
1. Anvarjon ukam, – dedim unga. – Siz o‘sishingiz kerak. Tosh-
kentda ustozlardan
saboq
olasiz, poytaxtdagi adabiy muhit, o‘z tengi
yosh yozuvchilar bilan bo‘ladigan muloqotlar fikr doirangizni kengaytiradi.
(Said Ahmad) 2. Umidaning axloqi, o‘zini tutishi,
Dostları ilə paylaş: