29-mashq. Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» kitobidan olin-
gan par chani o‘qing. Tavsif va tasvir so‘zlarining ma’nolari,
ulardagi farqli jihatlar va qo‘llanish o‘rinlarini yodda tuting.
Ba’zan nutqda ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlarning biri o‘rnida ikkin-
chisini ishlatish hollari uchrab turadi. Bu nutqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zilar
tavsif so‘zi o‘rnida
tasvir so‘zini ishlatadilar. Vaholanki,
tavsif va
tasvir so‘zlarining orasida ma’no farqi va ularning har qaysisining o‘z
ishlatilish o‘rni bor.
Bir narsa sifatlarining og‘zaki yoki yozma bayoni –
tavsif , surati,
shakli, rasmi esa
tasvir bo‘ladi. Tavsifdan kishida tushuncha hosil bo‘ladi,
tasvirdan tasavvur vujudga keladi. Masalan, bir mashinaning tuzilishi va
ishini bayon qilish – bu o‘sha mashinaning tavsifi, shu mashinaning rasmi
yoki tuzilish chizmasi uning tasviridir. Yana bir misol: miya tuzilishini
so‘z bilan tushuntirish –
tavsif , uning rasmi yoki chizmasi
tasvir bo‘ladi.
Ba’zan
tasvir so‘zi bayonga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin. Ammo
u faqat badiiy bayonni anglatadi yoki
tavsif darajasida bo‘lganini bildiradi.
Masalan, yozuvchi parovozni biror boshqa narsaga o‘xshatsa yoki parovoz pishqirib kelmoqda desa, aslida, bu ham
tavsif bo‘lsa-da, ya’ni so‘z bilan
ba
yon etilgan bo‘lsa ham, buning asosida tasavvur yotganligi uchun
tasvir deyish mumkin. Shunday qilib,
tasvir so‘zi
tavsif so‘zi o‘rnida faqat badiiy
tavsifga nisbatan va ko‘chma ma’noda qo‘llanishi mumkin ekan.