28 3-topshiriq. Matnni o‘qing va unda nutq madaniyligini ta’minlovchi
qaysi sifatlar buzilganligi aytilayotganini tushuntiring.
Ayrim ijodkorlar yozgan narsalarini o‘zlari bir kitobxon sifatida ko‘zdan
kechirishga yo hafsala qilmaydi, yo ko‘zdan kechirib, ko‘rgan chatoqlikla-
rini tuzatishga erinadi. Har ikkisi ham yozuvchi uchun gunoh... Kitob-
xonni gangiratadigan mana shunday gaplar bilan qanday kelishdi ekan:
Hikoyada Jalanglab turgan qora ko‘zlari ko‘zimga sanchilar edi deydi.
Shunday vaqtda sanchiladi degan so‘z ruschada qo‘llanadi. Lekin o‘zbek-
chada hech qachon aytilmaydi. O‘zbekcha bilgan rus yozuvchisi qanday
qilib Yuragim tutday to‘kildi degan gapni aynan tarjima qilib ishlatadi.
Boshqa hikoyada chol eh-he deb yo‘taladi. «Qahramonning o‘limi»da
bomba bux deb yoriladi. Bular ham ruschadan aynan ko‘chirilgan. «Ya-
shasin do‘stlik»da shamol bilan shabada ning farqiga borilmaydi. Uningcha,
«Ochiq derazadan mayning mayin shamoli esa
di». Tasavvur qilar edim demay, Xayolim uni tasavvur qilar edi deydi. Otni jadallatdi deyish o‘rniga
Otning jilovini siltab, tezlashini qistadi deydi. (Abdulla Qahhor) 4-topshiriq. Berilgan parchani o‘qing. Atoqli adibning o‘zbek tilining
boyligi haqidagi fikrlari atrofida o‘z mulohazalaringizni
bayon qiling.
Suhbat qizigan sayin Odil Yoqubovning bahri-dili ochilib borardi. U
yozuvchi mahorati, so‘z san’ati... o‘zbek tilining ko‘rkamligi, burroligi,
pishiqligi va jozibadorligi, boy va ixchamligi; so‘z ko‘ngil maxzanining
qulfi-kaliti ekani, inson tafakkuridagi eng yuksak, eng chuqur va eng
otashin tuyg‘ularni so‘zda ochiq-oydin ifodalash fazilatlari; so‘zlarni turfa
ranglarga bo‘yab-bejamaslik, dabdabali, balandparvoz, chaynalgan, chu-
chuk, tushunish qiyin bo‘lgan yaltiroq so‘zlardan qochish; so‘zni sevish,
e’zozlash, hurmat qilish, avaylab-ehti
yotlab qo‘llash; qalamkashning har
kalomida haqiqat gullari barq urib yashnab turishi, hayot nafasi, yashash
sururi ufurib turishi haqida maroq bilan so‘zlardi.
– Bilib ishlatilgan so‘z – mo‘jizalar javhari. Kuladi, kuldiradi, kurashga
undaydi, yig‘laydi, yig‘latadi... O‘zlari gapiradi, savol beradi. (A. Ko‘chimov) Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting.
Ular ishtirokida gaplar tuzing.