30
kabi ma’nolarga ega. Gap meros haqida ketar ekan,
ajdod so‘zi
qo‘llanishi lozim edi, chunki u ham asli arabcha bo‘lib, uning
ma’nosi «ilgari o‘tgan nasl-nasab, ota-bobolar» demakdir. Shunga
ko‘ra, mazkur jumla
Ajdodlar merosini o‘rganamiz shaklida tuzi lishi
kerak edi. Ko‘rinadiki,
avlod so‘zi tildagi leksik ma’nosiga muvofiq
tarzda qo‘llanmaganligi uchun nutqning aniqligiga putur yetgan.
Ayni paytda aniq nutq tuzishda shakldosh, ma’nodosh, ko‘p
ma’noli so‘zlar, paronimlar, so‘zlarning uslubiy bo‘yog‘i kabilardagi
ma’no o‘ziga xosliklarini yaxshi tasavvur qilmoq zarur.
Dostları ilə paylaş: