35
Bu kun quyosh qanchalar porloq va nurafshon bo‘lmasin, unga hech
kim muhabbat izhor qilmadi, muloyim nurlarini simirmadi…
Baribir, quyoshning bu yerdan uzoqlashgisi kelmadi, u saxiylik bilan
nurlarini mo‘l-ko‘l to‘kdi, jimgina yotgan ayol vujudi ko‘zni qamashtirib,
yarqirayotgan oppoq nurlarga omuxta bo‘lib ketdi…
(Zulfiya Qurolboy qizi)
36-mashq.
Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning o‘ziga xos
tarzda qo‘llanishiga diqqat qiling. Ularning nutq aniqligini
ta’minlashdagi o‘rnini baholashga harakat qiling. Bu haqda
o‘rtoqlaringiz bilan fikrlashing.
1. Hay Oynisa, buvingni chaqir! – bolalarga aralashmay bir chekada
turgan rangpar,
Dostları ilə paylaş: