47-mashq.
«Otalar so‘zi» kitobidan olingan maqolani o‘qing. Undagi
fikrning mantiqiy izchilligi va muntazam bayoni, bunda
til vositalarining o‘zaro munosabatidagi tugallikka e’tibor
qiling. O‘zingiz matn tuzganda, buni yodda tuting.
45
Ertagi borning ertasi bor
Xalqimiz shoir va donishdir, bebaho hikmatlar ijodkoridir. Ushbu
durdona
lar xazinasi jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladir.
Ha, o‘zbek xalqi butun dunyo ma’naviyat xazinasiga qo‘shgan hissasi
bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bizning ko‘pgina ertak va afsonalarimiz
yer yuzi
ning talaygina mamlakatlariga yetib borib, ularning ijod xazina-
sini boyitgan. Bu inkor etib bo‘lmas haqiqatni jahon tadqiqotchi olimlari
allaqachon tan olganlar.
Xo‘sh, xalqimizning chin qalbidan chiqib, teran tuyg‘ulari bilan
sug‘orilgan bu durdonalarni nechog‘li bilamiz? Biz barkamol bo‘lishini
xohlayotgan hozirgi yosh avlod ulardan yaxshi xabardormi?
Qadim zamonlarda uzun qish tunlari sandal – tancha tegrasida o‘tirib,
bolalar ota-onalari, bobo va momolaridan ajoyib-u g‘aroyib ertaklar, afso-
na-yu rivo
yat va naqllar tinglaganlar, hikmat durdonalarini dillariga jo
qilib, keng tafakkurli donishlar bo‘lib yetishganlar.
Ota-bobolarimiz teran tafakkurining qaymog‘i – hikmatlardan kimiki
xabarsiz ekan, ul kimsa ma’naviy jihatdan qashshoqlashib qolishi mumkin.
Misollar keltiraylik: ertaklarning boshlanishi oldidan hamisha takrorla-
nadigan debocha nechun aytiladi? U qanday maqsad va g‘oyalarni olg‘a
suradi? Shular xususida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Ushbu kitobda ertaklarning ana shunday boshlamalari Nurmo tilidan
g‘oyat qiziqarli talqin qilinadi. Chin insoniy fazilatlar – poklik, sofdillik,
halollik, mehnatsevarlik, tadbirkorlik birla tejamkorlik, noz-ne’matlarning
qadriga yetish, ahillik va inoqlik, mardlik va vatanparvarlik turli naqllar
vositasida tarannum etiladi.
Risoladagi hikmatlar donishmand ajdodlardan bo‘lg‘usi avlodlarga yetib
kelgan bebaho armug‘ondir. Ilohim, ota-bobolar hikmati qalbingizga nur
sochib, charog‘on qilgay, tafakkuringizni yanada teranlashtirgay, boyitgay,
xonadoningizga baxt-u baraka olib kirgay!
Ota-bobolar hikmati yosh bo‘g‘inga, kelgusi avlodga benihoya zarurdir.
Kimki ushbu hikmatlarni o‘qib va uqib, anglab olsa, har tomonlama
barkamol bo‘lgay!
Ertaklar dunyosi sehrlarga to‘la, ajoyib va g‘aroyibdir. Ilohim, ertan-
giz ana shu ertaklar kabi ajoyib-u g‘aroyib, baxt-u baraka ila to‘liq
bo‘lgay. Axir, ota-bobolarimiz bekorga aytmaganlar: «Ertagi borning ertasi
bor!» (Y. Muqimov)
|