Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88
Ona tili 11 sinf

musTAhKAmLAsh
savol va topshiriqlar
1. Nutqning aniqlik sifatini misollar asosida tavsiflang.
2. Shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlarning nutq aniqligini ta’minlash-
dagi o‘rnini izohlang.
3. Paronim so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash natijasida nutqning qaysi kom-
munikativ sifatlariga putur yetadi?
4. 
Til birliklarining qanday birikuvi nutqning mantiqiyligini ta’min-
laydi?
5. Nutq mantiqiyligining tilning morfologik va sintaktik sathiga bog‘-
liqligini tavsiflang. 
6. Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiyla-
rini ayting va misollar keltiring.
7. Personajning madaniy-ma’naviy saviyasini kinoyaviy ta’kidlash maq-
sadida qanday til birliklaridan foydalaniladi?
1-topshiriq.
So‘zdagi ma’no nozikliklarining namoyon bo‘lishi nutqning 
aniqligini ta’minlashga qanday ta’sir qilayotganini izohlang. 


55
1. Kechikib kirgan qish endi kun sayin sovug‘ini kuchaytira boshlagan 
edi. Qor yo‘q, lekin ertalab yalang‘och daraxtlarda va tomlarda qalingina 
qirov yaltiraydi. (Oybek) 2. G‘afur G‘ulomning fikr-u yodi tug‘ilayot-
gan she’rda edi. Frontdan qaytishda bombalar portlagan o‘nqir-cho‘nqir 
yo‘llarda silkinib ketayotgan yuk mashinasida ham yoza berdi. (Said 
Ahmad) 3. Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli 
yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq 
eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi. (Abdulla Qahhor) 
2-topshiriq.
Berilgan matnni o‘qing. Uning kompozitsion tuzilishini 
aniqlang. Kirish, asosiy qism va xulosa o‘rtasida mazmu-
niy mutanosiblik bor yoki yo‘qligi haqida o‘rtoqlaringiz 
bilan fikrlashing.
Tomsuvoq
Qishloqda kuz pallasi tomsuvoq qilish udumi bo‘lardi. Uning yozilma-
gan qoidasi bor. Birinchidan, hech kim tomini yolg‘iz o‘zi suvamaydi: 
hamma hasharga keladi. Ikkinchidan, beva-bechora, qo‘li qisqa xonadon-
ning uyi eng avval tomsuvoq qilinadi. Keyin navbatma-navbat davom 
etaveradi…
O‘qituvchimizning hashariga, ayniqsa, ko‘p odam yig‘ildi. Uyi katta 
yo‘l yoqasida edi. Shundoq ko‘cha chetidan loyhandaq qazilgan ekan. 
Somon, katta yo‘lning ko‘pchib yotgan tuprog‘iga qovushib, obdon yum-
shabdi. O‘qituvchimizning Azim aka degan qo‘shnisi ishboshi bo‘ldi. Birov 
handaqqa tushib loy solib berib turdi, birov paqirlab loy tashiydi, yana 
birov tomda turib, ilgak bilan tortib oladi, boshqasi hafsala bilan suvaydi…
Erta peshindayoq hamma ishni qoyil qilib tashladik. Hovli o‘rtasidagi 
tut tagida ovqatlanib o‘tirsak, o‘qituvchimning keksa onasi kelib qoldi. 
Kampir hassasini do‘qillatib, to‘ppa-to‘g‘ri o‘qituvchimizning oldiga bordi.
– Nima qilding? – dedi o‘g‘lining salomiga alik ham olmay. – Nima 
ish qilib qo‘yding?!
Hammamiz hayron bo‘lib qoldik. Muallim o‘quvchilarining oldida 
ayniqsa mulzam bo‘ldi, shekilli, qizarib ketdi.
– Nima qipman, oyi? – dedi ko‘zlarini pirpiratib.
– Dard! – kampir hassasi bilan yerni nuqidi. – Sanga qachon aql ki-
radi, nodon bola! Nega ko‘chadan loy qildilaring?! Ko‘chaning tuprog‘iga 
tegib bo‘ladimi, nobakor! Ko‘pchilikning haqi-ku bu!


56
Bir zum harsillab turdi-da, to‘satdan yig‘lab yubordi.
– Man yurtning haqiga suvalgan tom tagida turmayman! – Shunday 
dedi-yu, supa labiga borib, ters o‘tirib oldi.
Hammamiz qaytadan tomga chiqdik. Suvoq qilishdan ko‘ra loyni 
ko‘chirish qiyin bo‘larkan. Bitta qoldirmay, qirtishlab, tomdan tushirdik. 
Paqirlab tashib, ko‘chadagi loyhandaqni to‘ldirib qo‘ydik.
Oradan yillar o‘tib, kampir ko‘z yumganida tumonat odam uni o‘sha 
ko‘chadan so‘nggi manziliga ko‘tarib bordi.
Ko‘cha tuprog‘i iliq edi… Mayin edi… (O‘. Hoshimov)

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin