59
ovozi emas, balki yer bag‘irlab o‘rmalab kelayotgan baloyi azim – qirq
ming
oyoqli yovuz, dahshatli bir maxluqning sharpa – sadosidek tuyul-
di.
(N. Norqobilov) 2. Do‘stim Sharif aytganki, «E o‘rtoqlar, durustroq
o‘ylanglar. Bu o‘zi muzey bo‘lsa, muzeyda tarixdan, ya’niki o‘tmishdan
o‘zga yana nima bo‘lishi mumkin?!» Xayriyatki, tushunishgan.
Ular av-
valboshdan tushunishga moyil edilar, lekin tushuntiradigan mard topilmay
garang bo‘lardik. Ha, birodarlar, marhum do‘stimiz shunday mard odam
edi.
(Murod Muhammad Do‘st)
62-mashq.
Matnni o‘qing. Leksik va sintaktik ma’nodoshlikning nutq
boyligini ta’minlashdagi ahamiyatini tushuntiring.
O‘shanda his-hayajonga bandi bo‘lgan Erman qasam zamiridagi o‘ta
og‘ir, o‘ta zalvarli yukni dastlab to‘la
his etmagan, guldor kigiz ustida
bamisoli baqadek tosh qotib o‘tirgan, hayratdan tosh qotgan Itolmasning
behad quturishini va uning g‘azabkor bo‘kirishidan tog‘lar boshi ko‘chib,
olam ostin-ustun bo‘lib ketishini kutgan. Biroq u kutgan hol yuz ber-
ma
di – Itolmas quturmadi. U biror muddatdan so‘ng xayolini jamlab,
jilovlab,
avvaliga nimtabassum qildi, so‘ng kuldi.
(N. Norqobilov)
63-mashq.
Matnni o‘qing. Nutq tuzuvchining qanday gap shakllari-
dan foydalanganini aniqlang, bu jihatlarning nutq boyligini
ta’minlashdagi o‘rnini tavsiflang.
Yaxshiboyev hozir o‘zi gaplashgan yigitning qiyofasini ko‘z oldiga
keltirdi:
yoshi qirqda, lekin, nari borsa, o‘ttizlik ko‘rinishi bor: qomat-
dor, xipcha, sochlari orqaga taralgan, silliq taralib,
ustidan lok sepilgan;
to‘qrang kostyumi sutday oppoq ko‘ylakda, misoli tanburning toriday
tarang; yuzida tavoze, ammo jilmaygani sezilmaydi. Necha yildirki,
Yaxshiboyev uning yuzini ko‘rib, «odam degan qanaqasiga jilmaymasdan
ham tavoze qilishi mumkin», deya bosh qotiradi.
Birinchi yordamchi esa
buning tamoman aksi: dehqonsifat; semiribroq ketgan; yoshi ham biror
ellikni qoralagan; gaplari keskin va bejog‘siz.
(Murod Muhammad Do‘st)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining
izohli frazeologik lu-
g‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.