55
1. Kechikib kirgan qish endi kun sayin sovug‘ini
kuchaytira boshlagan
edi. Qor yo‘q, lekin ertalab yalang‘och daraxtlarda va tomlarda qalingina
qirov yaltiraydi.
(Oybek) 2. G‘afur G‘ulomning fikr-u yodi tug‘ilayot-
gan she’rda edi. Frontdan qaytishda bombalar portlagan o‘nqir-cho‘nqir
yo‘llarda silkinib ketayotgan yuk mashinasida ham yoza berdi.
(Said
Ahmad) 3. Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli
yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvillaydi; tomlarda vishillaydi,
yopiq
eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi.
(Abdulla Qahhor)
2-topshiriq.
Berilgan matnni o‘qing. Uning kompozitsion tuzilishini
aniqlang. Kirish, asosiy qism va xulosa o‘rtasida mazmu-
niy mutanosiblik bor yoki yo‘qligi haqida o‘rtoqlaringiz
bilan fikrlashing.
Tomsuvoq
Qishloqda kuz pallasi tomsuvoq qilish udumi bo‘lardi. Uning yozilma-
gan qoidasi bor.
Birinchidan, hech kim tomini yolg‘iz o‘zi suvamaydi:
hamma hasharga keladi. Ikkinchidan, beva-bechora, qo‘li qisqa xonadon-
ning uyi eng avval tomsuvoq qilinadi.
Keyin navbatma-navbat davom
etaveradi…
O‘qituvchimizning hashariga, ayniqsa, ko‘p odam yig‘ildi. Uyi katta
yo‘l yoqasida edi. Shundoq ko‘cha chetidan loyhandaq qazilgan ekan.
Somon, katta yo‘lning ko‘pchib yotgan tuprog‘iga qovushib,
obdon yum-
shabdi. O‘qituvchimizning Azim aka degan qo‘shnisi ishboshi bo‘ldi. Birov
handaqqa tushib loy solib berib turdi, birov paqirlab loy tashiydi, yana
birov tomda turib, ilgak bilan tortib oladi, boshqasi hafsala bilan suvaydi…
Erta peshindayoq hamma ishni qoyil qilib tashladik. Hovli o‘rtasidagi
tut tagida ovqatlanib o‘tirsak, o‘qituvchimning keksa onasi kelib qoldi.
Kampir hassasini do‘qillatib, to‘ppa-to‘g‘ri o‘qituvchimizning oldiga bordi.
– Nima qilding? – dedi o‘g‘lining salomiga alik ham olmay. – Nima
ish qilib qo‘yding?!
Hammamiz hayron bo‘lib qoldik. Muallim o‘quvchilarining
oldida
ayniqsa mulzam bo‘ldi, shekilli, qizarib ketdi.
– Nima qipman, oyi? – dedi ko‘zlarini pirpiratib.
– Dard! – kampir hassasi bilan yerni nuqidi. – Sanga qachon aql ki-
radi, nodon bola! Nega ko‘chadan loy qildilaring?! Ko‘chaning tuprog‘iga
tegib bo‘ladimi, nobakor! Ko‘pchilikning haqi-ku bu!
56
Bir
zum harsillab turdi-da, to‘satdan yig‘lab yubordi.
– Man yurtning haqiga suvalgan tom tagida turmayman! – Shunday
dedi-yu, supa labiga borib, ters o‘tirib oldi.
Hammamiz qaytadan tomga chiqdik. Suvoq qilishdan ko‘ra loyni
ko‘chirish qiyin bo‘larkan.
Bitta qoldirmay, qirtishlab, tomdan tushirdik.
Paqirlab tashib, ko‘chadagi loyhandaqni to‘ldirib qo‘ydik.
Oradan yillar o‘tib, kampir ko‘z yumganida tumonat odam uni o‘sha
ko‘chadan so‘nggi manziliga ko‘tarib bordi.
Ko‘cha tuprog‘i iliq edi… Mayin edi…
(O‘. Hoshimov)
Dostları ilə paylaş: