71
1. Nutqning og‘zaki va yozma shakllaridagi o‘ziga xosliklar haqida
gapiring.
2. Nutqiy uslublarni tavsiflay olasizmi?
3. Har bir uslubning o‘ziga xoslangan birliklari to‘g‘risida so‘zlang.
4. Jo‘yalilikning badiiy uslubdagi o‘ziga xosliklarini tushuntiring.
79-mashq.
Har bir nutqiy uslubning o‘ziga
xoslangan til vositalarini
tavsiflang, shu asosda yozma matn tuzing.
musTAhKAmLAsh
savollarga javob bering.
1. Nutqning boy yoki kambag‘alligi deganda nimani tushunasiz?
2. Nutqning boyligini ta’minlashda ishtirok etadigan til vositalarini
bilasizmi?
3. Nutqning boyligini ta’minlashda ma’nodoshlikning o‘rni qan
day?
4. Takrorning badiiy nutqdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
5. Nutq jo‘yaliligi sifatining mohiyati nimadan iborat?
6. Nutqning jo‘yaliligini ta’minlashda so‘zlovchi
va tinglovchining ma-
qomi, yosh xususiyatlari kabi jihatlarni hisobga olish kerakmi?
7. Nutqning jo‘yaliligi va uslublar munosabati haqida nimalarni bi lasiz?
8. Badiiy nutqda jo‘yalilikning o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishini
qanday tushunasiz?
1-topshiriq.
Ardoqli adib O‘tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi
bitiklar» kitobidan olingan matnni o‘qing.
Badiiy maq
sad
bilan qo‘llangan leksik, grammatik va intonatsion takror-
ning nutq boyligini ta’minlashdagi o‘rniga diqqat qiling.
Chegara
Odamzod nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan ko‘ra
sholg‘om eksa, qozoniga tushadi-ku.
Odamzod nima uchun bulbul chax-chaxini eshitganda entikib ketadi?
Undan ko‘ra bulbulni sho‘rvaga
solib pishirsa, nafsini qondiradi-ku.
Odamzod nima uchun osmonda charaqlab yotgan yulduzlarni ko‘rib,
ko‘ngli zavqqa to‘ladi? Yulduzlar uning hamyonidagi tillalar emas-ku!
72
Odamzod nima uchun kitob o‘qiyotib, suyukli qahramoni o‘lib qolsa
yig‘laydi? Uni yozuvchi «ichidan to‘qib chiqargani»ni biladi-ku!
Odamzod nima uchun bolasining boshida alla aytadi? Go‘dak alla
eshitmasa uxlamaydimi?
Odamzod nima uchun nevarasini yetaklab necha zamon avval o‘tib
ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi? Marhum ularni ko‘rmaydi-ku!
Gap
shundaki, Odamzodni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor.
Bu chegaraning nomi Ma’naviyat deb ataladi!
Dostları ilə paylaş: