70
U ichkuyov edi.
Xotini ishga ketganda, idish-tovoqlarni yuvib, bolani
kiyin tirar, kiyimlariga dazmol bosib, hammayoqni orasta qilib qo‘yardi. Bu
orada un elab, xamir qorardi; sigir sog‘ib,
qatiq ivitardi; qo‘l mashinasini
shitirlatib, bolasiga har xil ko‘ylakchalar tikib qo‘yardi.
– Hoy, bolaga qarang, qanaqa ivirsigan kuyovsiz. Onangiz o‘lgur
samovar qo‘yishniyam o‘rgatmapti-da. Hozirgi onalarga hayronman, o‘g‘il
bola-ku birovning xasmi, hunar o‘rgatsa bo‘lmaydimi? Shuning uchun
ham xotinga tegganda, kaltakdan boshi chiqmaydi.
Kuyov yelib-yugurib ish qiladi.
Kir yuvib turib, ko‘pik yuqi qo‘li bilan
qaynananing oyog‘ini uqalagani chopadi, bodom tuyib dokaga soladi-yu,
bolaning og‘ziga tiqadi. Kelin halizamon ishdan kelib, samovarga chiqib
ketadi. Ovqatga unnash kerak, kiyimlarini dazmollash kerak...
Er juda siqilib ketdi.
Xotini ishdan kelganda, ko‘z yoshi qildi:
— Siqilib ketdim, javobimni bering, chiqaman.
Xotin do‘ng‘illadi:
— Qo‘yadigan erim yo‘q.
— Hech bo‘lmasa, ro‘zg‘orimizni bo‘lak qilib bering.
Xotinga bu gap malol keldi:
— Nomard qiz ona ro‘zg‘orini bo‘lak qiladi. Er topiladi, ona topil-
maydi.
Er hurpayib, ikki kun yig‘ladi. Oxiri, bolasini ko‘tarib,
uydan chiqib
ketdi. Bechora mushtipar er, bolani bag‘riga bosib, yig‘lab-yig‘lab onasi-
nikiga ketyapti. O‘g‘il bola yor-yor bilan uydan chiqib ketdimi, qo‘shgani
bilan qo‘sha qarisin ekan, bola ko‘tarib, uyga
qaytib kelgulik qilmasin
ekan.
Onaga qiyin, qachon tengi chiqadi-yu, qachon uzatadi. Ammo bitta
bolasi bilan qayoqqa ham sig‘ardi?
Ha, nomard xotin!
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
Dostları ilə paylaş: