Оёқ панжаси. Gulmanov Ilich Djumabaevich. Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Oyoq kaftining medial egati (
sulcus plantaris medialis) proeksiyasida oyoq kafti
aponevrozidan yuqoriga qarab I kaft suyagi, medial ponasimon va tovon suyagining
medial yuzasi tomon medial muskullararo to‘siq yo‘naladi, bu to‘siq oyoq panjasining
medial fassial o‘rindig‘ini o‘rta fassial o‘rindiqdan ajratadi.
Oyo kaftining lateral egati (
sulcus plantaris lateralis) proeksiyasida oyoq kafti
aponevrozidan yuqoriga qarab uzun kichik boldir muskuli qini va V kaft suyagi tomon
lateral muskullararo to‘siq yo‘naladi, bu to‘siq oyoq panjasining lateral fassial
o‘rindig‘ini o‘rta fassial o‘rindiqdan ajratadi.
Shunday qilib, oyoq kaftida uchta fasitsal o‘rindiqdar shakllanadi: o‘rta, medial
va lateral.
4. Oyoq kaftining medial, lateral va o‘rta fassial o‘rindiqlari.
Medial o‘rindiq
da joylashadi:
bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskul (
m. abductor hallucis).
bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul (
m.flexorhallicus brevis), bu
muskulning ikkita boshchalari orasidan bosh barmoqni bukuvchi uzun
muskul payi o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: