Nukleoproteinlar - oqsil va nuklein kislotalarining birikishidan hosil
bo’ladi. Tarkibida nuklein kislotalar saqlashiga ko’ra ular ikkita guruhga bo’linadi:
tarkibida DNK ni saqlagan murakkab oqsillar - dezoksiribonukleoprotein (DNP) deb
atalib, hujayra yadrosida uchraydi. DNP irsiy belgilarni uzatishda katta ahamiyatga
ega. Tarkibida RNK ni saqlasa ribonukleoprotein (RNP) bo’lib, u ozroq miqdorda
yadroda, asosan sitoplazmada uchraydi. RNP oqsil biosintezida muhim rol o’ynaydi.
Glikoproteinlar - keng tarqalgan murakkab oqsil bo’lib, tarkibida
uglevod saqlaydi. Glikoproteinlar tarkibidagi uglevodlar yuqori molekulali birikma
holida bo’ladi. Ular gidroliz qilinganda galaktoza, geksozaminlar, glyukouronat
kislota va boshqalarga parchalanadi. Glikoproteinlar, asosan, hayvonlar va
o’simliklarda uchraydi. Keng tarqalgan vakillari: mutsin - so’lak glyukoproteini;
xondromukoid - tog`ay to’qimasi glyukoproteini; osteomukoidlar - ilik to’qimasida
uchraydi; interferonlar - ko’p turdagi viruslarning ko’payishining ingibitoridir.
Ularning
,
,
turlari mavjuddir; Immunoglobulinlar - yoki antitella himoya
funksiyasini bajaradi.
Fosfoproteinlar - fosfor bog`lariga boy bo’lgan murakkab oqsillardir,
uning keng tarqalgan vakillari: kazeinogen - sutning asosiy oqsilidir; Ovovitellin -
tuxum sarig`i oqsili; fosfoprotein - bosh miya to’qimasida ko’p uchraydi.
Lipoproteinlar - bular oqsillar bilan lipidlarning birikishidan hosil
bo’lgan murakkab birikmalardir. Lipoproteinlar hujayra membranalari tuzilishida
alohida ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: