ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.05.2022
557
dasturi» talablarini amalga oshirishni ta‘minlaydi. O’quv-tarbiya jarayonida
pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy
tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa
o’quvchidan ko’proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
Pedagogik texnologiya va ularning ta‘limda qo’llanishiga oid bilimlar, tajriba
o’quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta‘minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi
faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan
interfaol uslublardan foydalaniladi. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman
o’quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi.
Bu uslublarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchilarning
birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik
jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:
- o’quvchining dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish
va izlanishga majbur etilishi;
- o’quvchilarning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiy
ta‘minlanishi;
- o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir
masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
- pedagog va o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil
etilishlari kiradi.
Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o’rganayotgan ba‘zi
o’qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya -
faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur
bo’lgan o’qitishning texnik vositatlari, kompyuter, proyektor yoki boshqa texnik
vositalar. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi -
o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga
hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq. O’qitish
jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har
bir ta‘lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil
eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar
mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga,
guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari
uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu - o’qitish
jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos
texnologiyasi bor o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-
ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir
maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija
berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.