Referat veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti yaylov chorvachiligi va hayvonlarni



Yüklə 160,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix18.04.2023
ölçüsü160,77 Kb.
#99716
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ozuqalarning toyimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash

Makroelementlar: 
Bu elementlar mikroelementlarga nisbatan ko‘p talab qilinadi. Kalsiy barcha 
elementlarga nisbatan organizmda ko‘p saklanib uning 99% suyak va tishda 
bo‘ladi. Suyak kuli 38% Sa, 17% R va 1% marganets saqlaydi. Suyakning mineral 
tarkibi doimiy bir xil bo‘lmasdan organizmga qabul kilinayotgan mineral 
moddalarga va vitamin D ga bog‘liq. Bu moddalar etishmaganda organizm raxit 
kasaliga duchor bo‘ladi, ya’ni suyaklarda o‘zgarish vujudga keladi, suyaklar 
mo‘rtlashadi. Ayniqsa bunday holat yuqori mahsuldor hayvonlarda yaqqol bilinadi. 
Kalsiy etishmagan xollarda oziqaviy bo‘r, maydalangan so‘ndirilgan oxak, 
dikalsiyfosfat berilishi mumkin. Ularga bu qo‘shimchalar berilganda Sa va R 
nisbatini hisobga olish zarur. Bu elementlar nisbati buziladigan bo‘lsa organizmga 
etkazadigan zarar ularning etishmasligi hisobiga keltiradigan zararga nisbatan 
ko‘prokdir. Eng kulay nisbat 1:1,5-2 hisoblanadi. Kalsiy miqdori tuhum beruvchi 
tovuqlar ratsionida me’yor darajasida bo‘lishi maqsadga muvofikdir. chunki
tuhum kobig‘ining asosiy 
qismini kalsiy tashkil etadi. Tuxum beruvchi 
tovuqlar bir kunda tuxum qobig‘i bilan 4 g kalsiy ajratib chiqaradi.
Fosfor - organizmda mavjud fosforning 80% suyakda va tishda bo‘ladi, 
qolgan 20% fosfoproteid, nuklein kislotasi va fosfolitidlar tarkibida uchraydi. Bu 
element uglevod va energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Organizmda 
fosforning almashinuvi kalsiy almashinuvi bilan bog‘liqdir. Etishmaganda yosh 
hayvonlarda raxit kassaligi, katta yoshdagilarda esa osteomalyasiya vujudga 
keladi. Fosfor etishmasligining belgilari: ishtaxa yuqoladi, jun eb va devorlarni 
yalab boshlaydi. Fosforning kamayishini qondagi fosfor miqdori bilan aniqlash 
mumkin. Fosforning etishmasligi ko‘pincha qoramolchilikda yuz beradi, ya’ni 
konsentrat ozuqa kam qabul qilgan paytda namoyon bo‘ladi.
Sut, boshoqlilar doni, baliq uni, suyak unlari fosforning asosiy manbalaridir, 
pichan va somonda bu modda kam saqlanadi. Boshoqlilar donidagi fosfor fitatlar 
xolida ya’ni kalsiy tuzlari, magniy fitini va fosfor kislotasi bilan birgalikda 
uchraydi.
Kovshovchi hayvonlarda katta qorindagi bakteriyalardagi fitaza fermenti 
yordamida donlardagi va mineral qo‘shimchalardagi fosforlarni ham o‘zlashtirish 
qobiliyatiga ega.

Yüklə 160,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin