qilingan kun munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston
Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi,
mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini
singdirish.
15-mavzu: Mening huquq va majburiyatlarim. (1 soat) Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya, O‘zbekiston Respublikasining ―Bola huquqlari
kafolatlari to‘g‘risida‖gi Qonunida bolalarning huquqlari haqida.
16-mavzu: Yangi yil archasi (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo‘yish,
maktabning odob-axloq qoidalariga qat‘iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram
tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o‘quvchilar ongiga yangi yilda
inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Vatanimiz himoyachilari (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat) O‗quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‗zlarining ham shaxsiy burchlari
va mas‘uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy
armiyamiz haqida ma‘lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‗zinikidek qabul qilish,
Vatan yukini o‗z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‗lib
ulg‗ayish xislatlarini tarbiyalash. 18-mavzu: Transportdan tushgan yo„lovchilarning yo„ldan o„tish qoidalari (Yo„l harakati qoidalari) (1 soat) Yo'l belgilari va belgilaridan foydalanishi, transport vositasini boshqarish signallarini
boshqarishi, turli transport vositalarining harakatlanish tartibini singdirish.