Argʻamchida sakrash. Argʻamchini 1 daqiqa davomida ikki oyoqda sakrash
orqali bajariladi. Sakrash jarayonida oyoq hamda boshqa tana aʼzolari tegib sakrash
majburan toʻxtab qolsa, imtihon topshiruvchi vaqt tugagunga qadar hisobni davom
ettiradi. Umumiy sakrash hisobi bayonnomaga yoziladi.
Baland turnikda osilib tortilish. Qoʻllar toʻgʻri osilib turgan holatdan (oyoqlar
yerga tegmaydi) iyakni toʻgʻrisigacha tortiladi. Qoʻl tirsaklari toʻliq uzatilgan holda
gavda yana pastga tushiriladi. Osilib tortilishda, gavda har tomonlarga harakatlanishi,
oyoqlarni bukib koʻtarib tortilishlar hamda iyakgacha bajarilmaganlari hisobga
kirmaydi. Toʻgʻri tortilishlar soni bayonnomaga yoziladi.
Yotgan holatda gavdani 90
0
ga koʻ
tarish. D.h–chalqancha yotish (gimnastika
matida) – oyoqlar uzatilgan, qoʻllar bosh orqasida, barmoqlar bir-biriga qulf qilingan
holatda. Yordamchi oʻquvchi imtihon topshiruvchining oyoq yuzasini polga bosib
turadi. Imtihon topshiruvchi bir tekis koʻtarilib tizzaga qoʻl bilaklarini tekkazadi.
Orqaga harakatlanib qaytishda gimnastika matiga yelkalar toʻliq tegishi lozim.
30 soniya davomida koʻtarilish hisobi natijalari bayonnomaga yoziladi.
Basketbol. Imtihon topshiruvchi toʻpni koʻkrakdan halqaga jarima chizigʻidan
tashlaydi. 8 ta imkoniyatdan aniq tushirilgan toʻplar soni hisobga olinadi.
Voleybol. Oʻquvchilar toʻpni yuqoridan yoki pastdan belgilangan nuqtaga toʻgʻri
yoʻnaltirish (podacha). Masalan: oʻqituvchi tomonidan (gardish yordamida) maxsus
belgilagan maydon zonalariga toʻpni aniq yoʻnaltirish kerak. Voleybol toʻpini ikki
qoʻlda yuqoridan va pastdan oʻz-oʻziga oshirish.
Qoʻl toʻpi. Toʻpni yerga urib olib yurish 30 metr masofagacha bajariladi. Bunda
o‘quvchining texnikasiga ahamiyat qaratiladi. Natija 0,1 soniyagacha aniqlanadi.
Futbol. “Aut” mashqini bajarayotganda, futbol toʻpini ikki qoʻl bilan bosh
orqasidan otiladi. Oyoq yerdan uzilmaydi. Toʻpni zarb bilan uzoqqa tepish (oʻng va
chap oyoqda tepilgan toʻplar yigʻindisi) 3 ta imkoniyat beriladi va eng yuqori natijalar
hisoblanadi.
“Pistolet”. Mashqni bajarayotganda oʻquvchi gimnastika devorini bir qoʻli bilan
ushlab turib, turgan oyoq tizzasini 90
o
gacha, oʻtirib turishni amalga oshiradi. Boshqa
oyoq yerga parallel ravishda.
Dostları ilə paylaş: