Mazkur dastur doirasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2016-yilda har bir hududda
“Ekologikbiologik, o‘lkashunoslik” oromgohlari tashkil etildi. “Barkamol avlod”
o‘lkashunoslik va ekologiya markazi tomonidan 6 nomdagi “Gulchilik”,
“Bog‘dorchilik”, “Sabzavotchilik”, “Yosh ekolog”, Yosh tabiatshunos”, “Oila va
salomatlik” kabi to‘garaklar uchun o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanib, barcha “Barkamol
avlod” bolalar markazlariga yetkazildi.
2015-2016 o‘quv yili uchun chop etilgan 1-sinf “Atrofimizdagi olam”, 4-sinf
“Tabiatshunoslik”, 5-sinf “Botanika” va “Tabiiy geografiya” boshlang‘ich kursi
darsliklarining mazmuniga atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish mavzulari kiritildi.
Umumta’lim maktablarining o‘quvchilari uchun “Ekologiya: Yerda yashash
sharoitlari”, “Ekologiya:
Odam sayyorani o‘zgartirmoqda” nomli o‘quv qo‘llanma va ish daftari, “Inson va
tabiat”, “Inson va rang-barang tabiat”, “Suv hayot manbayi”, “Inson va havo”, “Inson
va tuproq” nomli o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilib, ta’lim muassasalariga yetkazildi.
Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligitomonidan Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi
yo‘nalishlari
bo‘yicha
o‘quv-uslubiy
birlashmalar
faoliyatini
Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2013-yil 13-avgustdagi 3-sonli bayonnomasi bilan
tashkil qilingan “Ishlab chiqarishlar texnologiyasi va atrofmuhit muhofazasi”, “O‘quv-
uslubiy birlashmasi tarkibida “Barqaror rivojlanish ta’limi” sho‘basi tomonidan 2016-
yilning uchinchi choragida 6 ta o‘quv adabiyoti ko‘rib chiqilib, shulardan 4 tasi – 2 ta
dasrlik va 2 ta o‘quv qo‘llanma chop etishga tavsiya etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2015-yil 10-fevralda
tasdiqlangan 7/1-4745-sonli O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish uchun
ta’lim konsepsiyasining 2015-2017-yillar davomida milliy ta’lim tizimiga singdirish
harakat dasturi tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan monitoring olib
borilmoqda.