“Qurilish Ekologiyasi” fanidan Kafedra



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix18.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#100040
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
-eferat-3.-atmosferani-sanoat

Mazkur dastur doirasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2016-yilda har bir hududda 
“Ekologikbiologik, o‘lkashunoslik” oromgohlari tashkil etildi. “Barkamol avlod” 
o‘lkashunoslik va ekologiya markazi tomonidan 6 nomdagi “Gulchilik”, 
“Bog‘dorchilik”, “Sabzavotchilik”, “Yosh ekolog”, Yosh tabiatshunos”, “Oila va 
salomatlik” kabi to‘garaklar uchun o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanib, barcha “Barkamol 
avlod” bolalar markazlariga yetkazildi. 
2015-2016 o‘quv yili uchun chop etilgan 1-sinf “Atrofimizdagi olam”, 4-sinf 
“Tabiatshunoslik”, 5-sinf “Botanika” va “Tabiiy geografiya” boshlang‘ich kursi 
darsliklarining mazmuniga atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish mavzulari kiritildi.
Umumta’lim maktablarining o‘quvchilari uchun “Ekologiya: Yerda yashash 
sharoitlari”, “Ekologiya: 
Odam sayyorani o‘zgartirmoqda” nomli o‘quv qo‘llanma va ish daftari, “Inson va 
tabiat”, “Inson va rang-barang tabiat”, “Suv hayot manbayi”, “Inson va havo”, “Inson 
va tuproq” nomli o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilib, ta’lim muassasalariga yetkazildi.
Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi 
yo‘nalishlari 
bo‘yicha 
o‘quv-uslubiy 
birlashmalar 
faoliyatini 
Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2013-yil 13-avgustdagi 3-sonli bayonnomasi bilan 
tashkil qilingan “Ishlab chiqarishlar texnologiyasi va atrofmuhit muhofazasi”, “O‘quv-
uslubiy birlashmasi tarkibida “Barqaror rivojlanish ta’limi” sho‘basi tomonidan 2016-
yilning uchinchi choragida 6 ta o‘quv adabiyoti ko‘rib chiqilib, shulardan 4 tasi – 2 ta 
dasrlik va 2 ta o‘quv qo‘llanma chop etishga tavsiya etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2015-yil 10-fevralda 
tasdiqlangan 7/1-4745-sonli O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish uchun 
ta’lim konsepsiyasining 2015-2017-yillar davomida milliy ta’lim tizimiga singdirish 
harakat dasturi tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan monitoring olib 
borilmoqda. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin