(qo‘riqxonalar, milliy tabiiy bog‘lar, buyurtmaxonalar va boshqalar.) 32 ta mediatur
o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalari ishtirokida maishiy chiqindixonalarning holatini va
ruxsat etilmagan chiqindixonalarning tashkil etilishini o‘rganish, shuningdek dalalarda
ekin o‘rib olinganidan keyin somon yoqish, aholi punktlarida xazonlar va boshqa
o‘simlik qoldiqlarini yoqish, ochiq olovni qo‘llagan holda bitum eritish hamda o‘simlik
va hayvonot dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash
maqsadida jami 488 ta tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Tele va radio kanallarida 2678 ta chiqishlar (2015-yilning 9 oyida – 2586 ta),
bosma
OAVlarda – 1338 ta material chop etildi.
Qo‘mita faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida uning rasmiy veb-saytidagi
ma’lumotlar muntazam yangilanib, internet OAV va ijtimoiy tarmoqlarga 526 ta
materiallar joylashtirildi (2015-yilning 9 oyida – 60 ta).
“Facebook” internet tarmog‘idagi Qo‘mitaning sahifasi tashkil qilindi. Xorijiy va
mahalliy OAVda dolzarb ekologiya masalalari bo‘yicha chop etilgan ma’lumotlar tahlil
qilinib, ular asosida 33 ta ekologik daydjestlar tayyorlandi.
Fuqarolik jamiyati institutlari va davlat idoralarining jamoatchilik ekologik nazoratini
amalga oshirishda hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlash
maqsadida “2016-yilda respublikada ekologik nazoratning
jamoatchi inspektori
institutlarini rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l
xaritasi” ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.
Yo‘l xaritasini amalga oshirish doirasida Toshkent va Nukus shaharlarida joriy yilning
29-fevralidan 2-martigacha,
shuningdek, barcha viloyat markazlarida Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbarlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahalla
fuqarolar yig‘inlarining ekologik va tabiatni
muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish komissiyasi, shuningdek,
ekologiya yo‘nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning 10 mingdan ortiq vakillari
bilan 14 ta uchrashuv tashkil etildi.
Qo‘mitaning
O‘zbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirishvazirligi bilan qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab
chiqilib, uning asosida ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi va “Elektron hujjat
aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga muvofiq, elektron hujjat aylanish tizimini
takomillashtirish maqsadida Qo‘mita tizimidagi 209 nafar xodim (2015-yilda 59 nafar
xodim) “E-HUJJAT” elektron hujjat aylanish tizimi bo‘yicha elektron raqamli imzo
bilan ta’minlandi.
Shu bilan bir qatorda, “E-NAT” himoyalangan elektron pochta tizimi va “E-ijro”
idoralararo electron xujjat almashinuvi tizimi yo‘lga qo‘yilib,
barcha hududiy
qo‘mitalarda joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik
subyektlariga “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini
yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2412-sonli qarori ijrosini
ta’minlash bo‘yicha Qo‘mita tomonidan ko‘rsatiladigan asosiy davlat xizmati turlari,
xususan, suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha hamda
o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun Qizil kitobga kiritilmagan
turlarini tabiiy muhitdan olishga ruxsatnomalar berish davlat xizmatlar turlarining “Bir
darcha” elektron tizimi amaliyotga joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida
atrof-muhitni
muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi”ning “Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va
tabiatdan foydalanish, ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish maqsadlarida ta’lim
doirasidagi qonun hujjatlarni va me’yoriy-uslubiy bazani rivojlantirish” yuzasidan IV –
yo‘nalishi bo‘yicha nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi
batafsil tahlil qilinib, ijrosi yuzasidan ma’lumotlar har chorakda Vazirlar Mahkamasiga
kiritilmoqda.
Dostları ilə paylaş: