“Qurilish Ekologiyasi” fanidan Kafedra


 O’zbekiston Respublikasida atmosfera va atrof –muxitni



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/19
tarix18.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#100040
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
-eferat-3.-atmosferani-sanoat

 
5. O’zbekiston Respublikasida atmosfera va atrof –muxitni 
muxofaza qilish bo’yicha davlat dasturlari va ularning axamyati. 
“2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit 
muhofazasi bo‘yicha harakatlar Dasturi” 


Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlangan “2013-
2017-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha 
harakatlar dasturi” doirasida amalga oshirilgan ishlar 
to‘g‘risida 
 
MA’LUMOT 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan “2013–2017-yillarda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha 
harakatlar Dasturi” doirasida mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan dastur boshidan 
buyon jami 232,16 mlrd.so‘m va 468,3 mln.AQSH dollari, 139 ming Yevro va 15 ming 
Shveysariya franki hajmidagi ishlar bajarilgan bo‘lib, jami 76 ta tadbirdan 32 tasi 
yakuniga yetkazildi va qolgan 44 ta tadbir bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 
Shu bilan birga 2013–2017-yillarga mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish 
bo‘yicha hududiy dasturlar doirasida jami 973,2 mlrd.so‘m, qariyib 592,6 mln. AQSH 
dollari va 61,84 mln. Yevro hajmidagi ishlar yakunlanib, jami 255 ta tadbirning 52 tasi 
bajarildi va qolgan 203 ta tadbir bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 
Dastur talablarini bajarish asnosida respublikada atrof-muhit holatining yaxshilanishi, 
ekologik ustunlikni e’tiborga olgan holda sohalardagi iqtisodiy o‘sish, mamlakatning 
barqaror rivojlanishga erishishida shart-sharoitlar yaratishga ma’lum ma’noda erishildi. 
Misol uchun, atmosferaga zaharli moddalarning tashlanishini kamaytirish maqsadida, 
korxona, tashkilot va jismoniy shaxslarning jami 149 ming avtotransport gaz 
yoqilg‘isiga o‘tkazilishi bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazildi. 
Hisobot davrida 263,9 mingdan ortiq transport vositalaridan atmosfera havosiga 
tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar asbob-uskunalar yordamida tekshirildi, 
shundan “Toza havo” tadbirini o‘tkazish doirasida 236,8 ming dona avtotransport 
vositalari tekshirildi. Tekshirish natijasida 11,55 mingdan ortiq ifloslantiruvchi 
moddalarni o‘rnatilgan me’yordan ortiq tashlayotgan manbalar aniqlanib, qonunchilikda 
o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar ko‘rildi. 
Atrof tabiiy muhit monitoringi doirasida 406 ta ifloslantiruvchi manbalarga ega xo‘jalik 
yurituvchi subyektda monitoring ishlari olib borilib, jami – 8626 manbada, shundan 
atmosfera havosi bo‘yicha – 3777 ta, suv resurslari bo‘yicha – 3887 ta, tuproq 
ifloslanishi bo‘yicha – 962 ta manbada asbobuskunalar yordamida tekshirish ishlari 
amalga oshirildi. 
Shuningdek, ifloslantiruvchi manbalarga o‘rnatilgan 414 ta chang-gaz tozalash 
inshootlari, 34 ta oqova suvlarini tozalash inshootlari, 84 ta chiqindilarni saqlash va 
ko‘mish joylari, 98 ta yer usti suv obyektlari o‘rganilib, past samara bilan ishlayotgan 
36 ta chang-gaz va 34 ta oqova suvlarini tozalash inshootlari, 62 ta chiqindilarni saqlash 
va ko‘mish joylarida konsentratsiyaning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdoridan 
(KCHM) yuqori darajada ifloslangan uchastkalar aniqlandi va belgilangan tartibda 
tegishli choralar ko‘rildi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin