izohlanadi. Shundan kelib chiqib, ekologik xavfsizlik deganda inson, jamiyat
va davlatning ekologik manfaatlari, atrof tabiiy muhitning buzilishi natijasi-
da yetkazilgan va yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish va uni
bartaraf qilish tushuniladi. Demak, insonning, jamiyatning, davlatning
ekologik manfaatlari va atrof tabiiy muhit ekologik xavfsizlik ob’ektlari
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda ekologik xavf-xatar iqlim o‘zgarishi,
havo haroratining
ko‘tarilishi, bioxilmaxillikning kamayishi, yerning degradatsiyaga uchrashi,
atrof tabiiy muhitning ifloslanishi, suv resurslarining taqchilligi hamda
sifatining
yomonlashuvi, cho‘llarning kengayishi, aholining ko‘payishi
natijasida tabiiy zaxiralardan yanada ko‘proq foydalanish, texnika va sanoat
korxonalarining rivojlanishida namoyon bo‘lmoqda.
BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi (United Nations Environment
Programme — UNEP) ma’lumotiga ko‘ra, ekologik xavf-xatarning salbiy
oqibati natijasida yer sharidagi daryolarning yarmi jiddiy ifloslangan,
sayyoramiz aholisining 40 foizi ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat
chekmoqda, yana 20 yildan so‘ng toza suv tanqis resurs bo‘lib qolishi taxmin
qilinmoqda. Hozir dunyo bo‘yicha deyarli 1 mlrd. aholi toza ichimlik suviga
ega emas, 2030 yilga kelib ularning soni 2,7 mlrd. kishiga yetishi kutilayapti.
Shuningdek, har yili 5 mln. kishi iflos va sifatsiz
suvni ichishga majbur
bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda ekologik xavf-xatarning oqibati sifatida Orol inqirozini
ko‘rsatish mumkin. Buning sababi sanoatning o‘sishi, sug‘oriladigan
yerlarning kengayishi natijasida suv iste’molining ko‘payishi, Amudaryo va
Sirdaryo suvlarining Orol dengiziga kam quyilishida deb aytish o‘rinlidir.
Inqiroz natijasida dengiz sathi 39 metrgacha pasaydi, suvning minerallashish
darajasi 21 grammgacha oshdi, dengiz sohili 60-80 km.gacha chekindi,
dengizdan har yili 75 mln. tonnagacha qum, chang va tuz tarqalmoqda.
O‘tgan asrning 60–70-yillarida dengizda 30 xilga yaqin baliq mavjud edi.
Hozir ushbu baliq turlarining 80 foizi yo‘qolib ketgan.
Bundan tashqari, il-
gari Orol havzasida 500 dan ortiq qush turi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi
kunda 38 ta tur qolgan, xolos.
Orol mintaqasida ekologik tanglikni bartaraf etish uchun suvni tejash
texnologiyasiga rioya qilish (chunki bizda suv dunyo bo‘yicha belgilangan
me’yordan 7–10 baravar ko‘p sarflanyapti), dengizga har yili 10–11 kub. km.
suv quyilishiga erishish, chang va tuz maydonlari kengayishining oldini olish
maqsadida saksovulzorlar barpo etish zarur. Bugungi kunda Tojikiston
alyuminiy zavodi, Rog‘un va Qambar ota GESlarining qurilishi ham
O‘zbekiston uchun xavfli ekologik xavf-xatar o‘choqlari hisoblanadi.
Ekologik xavfsizlik barqaror taraqqiyotning asosiy omilidir.
Ekologik
xavfsizlikni ta’minlash maqsadida dunyo hamjamiyati tomonidan Barqaror
rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqilib, unda atrof tabiiy muhitni muhofaza
qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asosiy masalalar sifatida
e’tirof etildi.
Ekologik xavfsizlikni, barqaror rivojlanishni ta’minlashda ekologiya qo-
nunchiligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo
bugungi kunda ekologiya
qonunchiligida qator kamchiliklar mavjud. Xususan, tabiiy resurslarni
muhofaza qilish bo‘yicha ekologik talablar qonunda o‘z ifodasini topmagan,
tabiiy resurslarga yetkazilgan zararni qoplash mexanizmi to‘la ishlab
chiqilmagan, atrof tabiiy muhit sifati normativlari va standartlari
takomillashtirilmagan.
Shu sababli ekologiya qonunchiligini takomillashtirish choralari sifatida
tabiat ob’ektlarini muhofaza qiladigan qonunlarni umumlashtirish,
tabiiy
resurslardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni esa tabiiy resurslardan
foydalanish huquqining alohida sohalari: yer, suv, kon, o‘simlik va
hayvonlarni muhofaza qilishga oid qonunlar bilan tartibga solish maqsadga
muvofiq.
Dostları ilə paylaş: