"Knauf" O'zbekistonda quruq qurilish qorishmalarni ishlab chiqaruvchi yangi zavod Germaniyaning "Knauf" kompaniyasi yaqin 5 yil ichida Buxoro viloyatida quruq qurilish
qorishmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi zavod qurishni hamda amaldagi
gipsokarton ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik
nashri muxbiriga "Knauf Gips Buxara" kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Deripalko
ma`lum
qildi
.
Deripalkoning aytishicha, kompaniya bu zavodni 3 bosqichda barpo etadi. Bu ishlar
natijalariga ko'ra, korxona quruq qorishmalarni ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga,
gipsokarton zavodi quvvatlarini modernizatsiya qilgandan keyin gipsokarton ishlab
chiqarish hajmini 30 foizga oshira oladi.
Deripalkoning fikricha, hozirda respublikada "Knauf" mahsu lotlariga talab har
doimgidan yuqoriroq bo'lib, bu mahsulotlar namunaviy uylar, ko'p qavatli binolar va
boshqa yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda keng qo'llanmoqda.
Deripalkoning ta`kidlashicha, kompaniya 2015 yili 24 mln kvadrat metr gips okarton va
50 ming tonna quruq qurilish qorishmasi ishlab chiqargan. Qurilish materiallarning
katta qismi mahalliy bozorda sotilgan.
"Knauf" O'zbekistonda 2005 yildan boshlab faoliyat yuritib keladi: kompaniya o'sha yili
"Buxorogips" zavodining yirik aksioneriga aylanib, o'z zimmasiga zavodni rivojlantirish
va modernizatsiyalash bo'yicha investitsion majburiyatlarni olgan. Zavod 2009 yilda
jiddiy rekonstruksiya qilingandan keyin quruq qorishmalar ishlab chiqarishni
boshlagan. Kompaniya ikki yildan keyin Buxoro viloyatida gipsokarton listlari ishlab
chiqaruvchi zavod ochgan. Nemis kompaniyasi O'zbekistondagi faoliyati davomida
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun umumiy hisobda 63 mln dollar
sarflagan.