Issiqlik o'tkazuvchanlik gipsda past bo`lib, 1,6-46°C haroratda 0,3 Vt/(m K)ga
teng. Angidridning kristall to'ri har biri to'rttadan molekulali elementar kataklardan
iborat bo`lib, zich joylashishi tufayli kalsiy sulfat boshqa turlarning kristall to'rlariga
qaraganda ancha mustahkam.
Ikki molekula suvli gipsdan farqli o'laroq, angidrid o'zaro perpendikulyar
holatdagi uch yo'nalishda mustahkam birikish qobiliyatiga ega. Angidrid kristallari
asosan mayda bo`lib, ularni ajratib turuvchi yuzasi g'adir-budir chiziqlar bilan o'yilgan.
Angidridning sindirish ko'rsatkichlari:
Ng = 1,614;
Np=l,57
Sof angidrit oq rangli bo`lib, o'z aralashmalariga qarab gips singari xilma-xil
tusga kiradi. Angidrid ikki molekula suvli gipsga nisbatan ancha zich va mustahkam
jinsdir. Uning zichligi 2900-3100 kg/m
3
.
Dostları ilə paylaş: