“Qurilish Ekologiyasi” fanidan Kafedra



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix18.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#100040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
-eferat-3.-atmosferani-sanoat

JIZZAX SEMENT ZAVODI 
"Olmaliq KMK" AJ oq va umumiy qurilish portlandsementi ishlab chiqaruvchi Sement zavodi 2014 yilda 
Jizzax viloyatida tashkil etilgan. 
OPS I-1 500/42,5 oq portlandsement bo’yicha zavodning loyihaviy quvvati yiliga 350 000 tonna, SEM I 32.5 N 
umumiy qurilish portlandsementi - yiliga 760 000 tonnani tashkil etadi. 
Ichki bozorga sotishga mo’ljallangan: 

oq portlandsement - 3%, umumiy qurilish portlandsementi - 86%. 
Eksportga sotish mo’ljallangan: 

oq portlandsement - 97%, umumiy qurilish portlandsementi - 14%. 
Chiqarilayotgan sement O'z DSt 761-96, GOST 31108-2003, GOST 30515-97 me'yoriy hujjatlarga mos keladi.


Maqsad: 

eksport hajmlarini pasaytirmasdan O’zbekistonda sementga o’sib borayotgan ehtiyojini qoniqtirish;

portlandsement chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish; 

sementning yangi turini chiqarilishini o’zlashtirish; 

valuta mablag’larini tejash maqsadida, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini 
mahalliylashtirish; 

eksport salohiyatini yanada kengaytirilishini va qo’shimcha valuta mablag’larining kelib tushishini 
ta'minlash maqsadida, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni chiqarish. 
Qo’llanilish sohasi: 
Portlandsement va uning turlari - zamonaviy qurilishda eng ko’p tarqalgan sement turlaridan 
biri. Portlandsement klinkerini gips bilan yupqa maydalash, shuningdek maxsus qo’shilmalar qo’shish orqali 
olinadigan gidravlik biriktiruvchi modda portlandsement deb ataladi. 
Umumiy qurilish portlandsementi asosan temirbeton ishlari uchun qo’llaniladi. Shuni qayd etib o’tish joiz-ki, 
portlandsement penobeton, beton tayyorlashda va umumiy qurilish ishlarida, shuningdek yo’lakchalar va yo’l 
plitalarini terishda keng foydalaniladi. 
Oq sement toza ko’rinishda qo’llanilishga tayyor bo’lgan yakuniy mahsulot hisoblanmaydi, bu turli xil qurilish 
materiallarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo komponenti bo’lib, quyidagi sohalarda 
qo’llaniladi: 
Quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarishda: 

ichki va sirtqi ishlar uchun shpaklevka va suvoqchilik aralashmasi; 

rangli terish uchun mo’ljallangan qorishma

pol uchun o’z-o’zidan tekislanadigan qorishmalar; 

qurilish kimyosi (plita yelimlari va choklar uchun ishqalab tekislaydigan qorishma). 
Beton mahsuloltlarini ishlab chiqarishda: 

sun'iy qoplash toshlari va g’ishtlari; 

terrazitli pol va qoplash plitalari

yo’lakchalar plitalar va bordyurlar; 



kichik arxitektura shaklidagi buyumlar. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin