“Qurilish Ekologiyasi” fanidan Kafedra



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix18.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#100040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
-eferat-3.-atmosferani-sanoat

Zavodning afzalliklari: 
Loyiha stretegiyasini ishlab chiqishda, korxonalarga o’z oldilariga qo’yilgan maqsadlarni, loyihalarni amalga 
oshirishda, investision kapitalga maqbul daromadlar olish uchun muvaffaqiyatlarga erishish uni amalga oshirish 
imkoniyatlarini beradigan turli omillar majmuini tashkil etuvchi ma'lum sharoitlar bilan tavsiflanadigan 
imkoniyatlarni hisobga olish zarur. 
Mazkur zavodni tashkil etish strategiyasi - qurilish materiallari sanoat korxonalarini modernizasiyalash, texnik 
va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ularni ishlab chiqarishni sifatli, raqobatbardosh va eksportga 
mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta'minlaydigan zamonaviy progressiv jihozlar bilan jihozlash 
borasidagi bosh maqsadga javob beradi. 
Mavjud ohaktosh va sariq tuproqli konlardan, shuningdek ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham sementga 
bo’lgan mavjud barqaror ehtiyoj foydalanish samaradorligini oshirish zavodni tashkil etish uchun dastlabki 
shart-sharoitlar bo’ldi. 
Sement zavodi quyidagi afzalliklarga ega: 

mos keladigan xom ashyo materiallarining isbotlangan zahiralari (ohkatosh va sariq tuproq konlari); 

xom ashyo yetkazmalarining foydali logistikasi; 

zamonaviy jihozlarni joriy etish hisobiga barqaror yuqori sifat O’zbekistonda oq portlandsementga 
bozordagi monopoliya;

 
Oq sement, shuningdek umumiy qurilish sementi ishlab chiqarish imkoniyatlari hisobiga bozor 
kon'yukturasida javob berish bo’yicha keng imkoniyatlar. 
Texnologiya va jihozlar: 
Sement zavodida texnologik jarayoni yuqori darajada avtomatlashtirilgan dunyo ishlab chiqaruvchilaridan 
zamonaviy jihozlar o’rnatilgan. 
Sement ishlab chiqarishning quruq usuli zamonaviy texnologiya hisoblanadi va u avalgisiga qaraganda bir qator 
afzalliklarga ega. Masalan, elektr energiyasi iste'molini 2 baravarga, yoqilg’i iste'molini deyarli 1,5 baravarga 
qisqartirish. Ushbu texnologiya hozirgi vaqtda portlandsement ishlab chiqarish uchun eng samarali usul 
hisoblanadi. 


Sement zavodining noyobligi shunda-ki, oq va umumiy qurilish portlandsementi yiliga 760 ming tonna 
quvvatga ega bo’lgan bir texnologik liniyada, yoki yiliga 350 ming tonna oq sement ishlab chiqarilishi 
mumkin. 
Ishlab chiqarish majmui uchta karerli konchilik sexidan va sement ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish-
texnologik liniyalardan iborat. 
Xom ashyo, mahsulotlar, yoqilg’i, suv sifatini nazorat qilish monitoringi va nazorati uchun barcha kerakli 
jihozlar bilan ta'minlangan laboratoriya mavjud. Laboratoriyada sinovlar o’tkaziladi, EN 197ga binoan jarayon 
va yakuniy mahsulot nazorati tashkil etilgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin