O‘rganish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston qo‘shilgan xalqaro shartnomalar
normalarining muayyan davlat organi tomonidan milliy qonunchilikka implementatsiya
qilinishini tartibga soluvchi aniq protsessual mexanizmni tashkil qilish, mas’ul bo‘lgan
davlat organlari mazkur xalqaro hujjatlar normalarining implementatsiya qilinishini
yanada kuchaytirishga yo‘naltirilgan Oliy Majlis Senati palatalarining qo‘shma qarori
va uning asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan idoralararo ish rejasi
qabul qilindi.
Xalqaro investitsiyalarni jalb qilish borasida hisobot davridaumumiy qiymati 10,5
mln.
dollarga (milliy – 3,5 mln.doll. va mintaqaviy – 6,9 mln.doll.) teng 5 ta loyiha (3 ta
milliy va 2 ta mintaqaviy) bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan loyihalar natijasida biologik resurslarni muhofaza qilish
inspeksiyalarining moddiytexnik bazasi avto va suv transporti vositalari bilan
ta’minlanib, ofis texnikalari bilan jihozlandi. Shu bilan birga, bojxona organlarining
ozonni buzuvi mahsulotlar importini va eksportini nazorat qilish bo‘yicha moddiy-
texnik bazasi takomillashtirildi.
Koreyaning KOYKA agentligi bilan respublika hududiga mahsulotlarni import va
respublika hududidan eksport qilish bo‘yicha ruxsatnomalar rasmiylashtirishning
idoralararo integrallashgan “bir darcha” elektron dasturini ishlab chiqish va sinovdan
o‘tkazish ishlari olib borildi.
Jahon banki bilan hamkorlikda Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasini
umumiy qiymati 1,3 mln. AQSH doll. bo‘lgan zamonaviy o‘lchash moslamalari va
laboratoriya jihozlari, shu jumladan, mobil laboratoriyalar bilan ta’minlash bo‘yicha
hujjatlar ishlab chiqilib, muzokaralar olib
borildi. Ushbu masala Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi bilan
muhokama qilindi.
Shuningdek, umumiy summasi 1,3 mln. AQSH doll. bo‘lgan jihozlarning ro‘yxati
tuzildi.