to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida”gi Qonunlarining yangi tahririni ishlab chiqishda Qo‘mita
tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza
qilish masalalari qo‘mitasi, Ekoharakat deputatlar guruhi a’zolari bilan yaqindan
hamkorlik ishlari amalga oshirildi.
Shundan, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunlari Oliy Majlis
Senati tomonidan qabul qilinib, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.
Hisobot davrida respublika bo‘yicha 18,85 mingta loyiha hujjatlari, jumladan, 2214 ta
ekologik normativ loyihalari (2015-yilning 9 oyida – 2113 ta) davlat ekologik
ekspertizasidan o‘tkazilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105
foizni tashkil etdi.
Ekologik xavfliligi I va II-toifaga tegishli bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha ijobiy xulosa
berilgan 619 ta loyihaga ishlab chiqarish jarayonida kam chiqitli va resurstejamkor
texnologiyalarni tatbiq etish
yuzasidan tavsiyalar berildi, shu jumladan, 85
ta loyiha
bo‘yicha texnologik jarayonga quyosh energiyasidan foydalanishni nazarda tutuvchi va
energiya tejamkor texnologiyalarni, 3 ta loyihada (Farg‘ona
viloyatidagi
“Quvasoysement” AJ, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi,
Navoiy viloyatidagi
“O’zminda» MCHJ QK) ifloslantiruvchi moddalarni tashlanishini avtomatlashtirilgan
nazoratini tadbiq
qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib, yuqoridagi obyektlarda texnologiyalarni tatbiq qilish
ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan inspeksiyalar
tomonidan idoraviy ekologik
nazoratni olib boorish bo‘yicha 798 mln. so‘mlik xo‘jalik hisobidagi ishlar bajarilib,
o‘tgan yilning shu davriga nisbatan xizmat ko‘rsatish hajmining 24 % ga o‘sishi
ta’minlandi (2015-yilning 9 oyida – 643,9 mln.so‘m). 20 ta ekoanalitik laboratoriyalar
attestatsiyadan o‘tkazilib, (o‘tgan yilning shu davrida – 16 ta), 40
ta laboratoriya
mutaxassislarining malakasi oshirildi (o‘tgan yilning shu davrida – 7 ta).
Hisobot
Dostları ilə paylaş: