Xulosa
Shunday qilib, sanoat chiqindilarini atrof-muhitga, biosferaga tashlanishi ko‘p regionlarda ekologik
holatning buzilishiga olib kelmoqda. 0‘rmonlarning qirilishi, suvlarning, yer yuzasining ifloslanishi va
boshqalar shular jumlasidandir. Bunmg oldini olish uchun sanoat korxonalaridan ajralayotgan
chiqindilarga REChK(ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya) lar o‘matilishi lozim. Har bir
korxonadan ajralayotgan chiqindi REChK dan yuqori bo‘lsa u tozalanishi yoki albatta korxona
texnologiyasi sozlanishi lozim. Hozirgi kunda olimlar tarafidan har bir chiqindini tozalash yoki uni
zararsizlantirish uchun turli usullar ishlab chiqilgan.
Har bir usul ajralayotgan chiqindining agregat holati, fizik- kimyoviy xususiyati, miqdori,
konsentratsiyasi, harorati, qanday manbadan ajralayotganligiga qarab tanlanadi.
Hozirgi kunda yer yuzida insoniyatnmg taraqqiy etib borishi, fan va texnikaning rivojlanishi,
moddiy turmushning yaxshilanishi parallel ravishda o‘ziga xos bir qator qiyinchiliklarni ham keltirib
chiqaradi. Insoniyat doimo yaxshi yashashga harakat qilib kelgan, lekin shu yashash tarzi hozirgi
kunda ma’lum muammolarni vujudga keltirayotganligi hech kimga sir emas. Insonning hayotiga
texnika vositalarini borgan sari chuqurroq kirib borishi uning o‘ziga ham qator qiyinchiliklarni
tug‘dirishini ko‘pchilik tan olmaydi. Bu fikrga kimlardir qo‘shilmasligi mumkin, lekin bu fakt.
0‘zingizga ma’lum, texnikaning rivojlanishi va insonning kundalik hayotiga kirib borishi shu
insonning o‘zini kam harakat qilib qo'yadi. Faraz qiling, ertalab turdingiz va hech qiynalmay elektr
choynakda yoki gaz plitada choyni qaynatdingiz, mikroto‘lqinli pechda yoki tosterda o‘zingizga biror
bir egulik tayyorladingiz. Nonushtadan keyin liftda pastga tushib, shaxsiy mashinangizda ishga kelib,
kun bo‘yi komputer yonida va telefon yordamida ishlaringizni bitirdingiz, umuman olganda deyarli
faol harakat qilmadingiz. Bu kabi ish faoliyatini yoki butunlay boshqa soha ish faoliyatini ham misol
tariqasida keltirishimiz mumkin. Lekin bu bizning asosiy maqsadimiz emas. Bizning maqsad hozirgi
kunda insonning hayotiy ehtiyojlari kundan kunga keskin oshib borayotganligini ko‘rsatish va uning
ehtiyojlarini qondirish uchun esa ishlab chiqarish va texnikani kundan kunga rivojlanib, ko‘proq
mahsulotlar ishlab chiqarayotganligini bildirishdir.
Hoziigi kunda ishlab chiqarishning, fan va texnikaning rivojlanishi o‘z yo‘lida atrof-muhitga
ko‘plab turli chiqindilarni tashlanishiga sababchi bo‘lishi hech kimga sir emas. Shu o‘rinda
o‘quvchida savol tug‘ilishi mumkin, xo‘sh nima qilmoq kerak, qanday yo‘l tutish lozim? Albatta, har
bir insonda bu kabi savollar tug‘ilishi tabiiydir. Awalo inson o‘zining «aql» ko‘zi bilan tabiatga
chuqurroq nazar solishi va u yerda mavjud barcha mavjudotlarni, o‘simliklami, yer usti va yer osti
tabiiy resurslarini uning o‘zi uchun yaratilganligi va ularning barchasi unga xizmat qilmoqligini,
undan keyin ham bu yerda — ona zaminimizda qolganlar ham yashashi lozimligini anglab yetmog‘i
kerak. Yer barcha tirik mavjudotlar va o‘simliklar uchun yashash maskani, u bizni boqadi, kiyintiradi.
Yer va uni o‘rab turgan
havo, suv va tuproq qatlami bizni doimo yashashimizga qulay sharoit yaratadi. Yerdagi barcha
ma’danlar, suvlar va ularda yashab turgan jonzotlar barcha-barchasi inson uchun, uning shu dunyoda
yashashi uchun xizmat qiladi. Buni anglab yetgan insonlar tabiatga bo‘lgan o‘z mehrini oshirishga, uni
asrab-avaylashga va tabiat qonunlari bilan kelishilgan holda yashashga harakat qilishi lozim. Lekin,
ming afsuski bunga javoban ko‘pchilik tabiatni qadrlamaydi, uni asrab- avaylamaydi. Yer ularning
barcha «nomaqbulchiligini», «erkaligini» ko‘taradi, deb fikr yuritadilar. Hozirgi kunda atrof-
muhitning keskin ifloslamshi, ekologik muvozanatning izdan chiqishi, turli iqlimiy o‘zgarishlar va
falokatlarni yuzaga kelishi bizning, hammaning «nomaqbul»chiligimizning yorqin dalili, uning
amaldagi ko‘rinishidir. Tabiatni o‘zi bir butun muvozanatdagi turli energetik aloqalar bilan
bogMangan sistema bo‘lib, bu aloqalarning buzilishi va izdan chiqishi, yerdagi mavjud tabiiy
jarayonlarning buzilishiga olib keladi va buning oqibatida yer yuzida turli ekologik falokatlar yuzaga
keladi. Bundan 5,5 ming yil ilgari Misrdagi Xeops piramidasiga ham bu to‘g‘rida quyidagi yozuv
qoldirilgan ekan:
«Inson tabiat kuchlarini mensimagani va haqiqiy dunyoni tushunmagani uchun
Dostları ilə paylaş: