BOSHLANG‘ ICH MAKTABDA PEDAGOGIK JARAYONNING
ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA TEXNOLOGIYALARI
REJA:
1. O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishning zamonaviy
tendensiyalari.
2.
Jadidchilik
harakati
namoyondalarining
boshlang‘ich
ta’limni
rivojlantirishdagi faoliyatlari.
3. Boshlang‘ich ta’lim mazmuni tahlili va unga qo‘yilgan zamonaviy talablar.
Mamlakatimiz taraqqiyotining ko‘p jihatlari olib borilayotgan yoshlar ta’lim-
tarbiyasiga oid davlat siyosatiga bog‘liq bo‘lib, unda ta’lim tarbiya sohasida
sezilarli sifat o‘zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishish asosiy e’tiborda
bo‘ladi. Bunday jihatlar uzluksiz ta’lim tizimida qo‘lga kiritilayotgan sifat
o‘zgarishlarining mazmun-mohiyatiga bog‘liq bo‘lib, u ko‘proq boshlang‘ich
ta’limga ham tegishlidir. Bunga sabab boshlang`ich ta’limda o‘quvchilar
savodxonlik asoslari, hisoblash tafakkuri, mehnat ko‘nikmalari va shaxs
ma’naviyati elementlari bilan qurollantiriladi hamda yuqori sinflarda
o‘rganiladigan fanlar asoslari bilan tanishtiriladi.
Shu sababli ham zamonaviy ta’lim tizimi, uning maqsad va vazifalari
mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga
qo‘yilgan muammo yechimiga mos kelishi kerak. Bular zamonaviy ta’lim tizimida
millat ruhiyatining nozik jihatlariga kirib borish va boshlang‘ich ta’limda
savodxonlik
asoslarini
puxta
egallash
hamda
hisoblash
tafakkurini
shakllantirishning innovatsion usullarini yaratishni taqozo etadi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi
bo‘lmish boshlang‘ich ta’limdan boshlash ahamiyatli va foydali hamda istiqbolli
ekanligi hozirda hech kimga sir emas. Chunki, bu orqali o‘quvchilar jamiyat
taraqqiyotining ma’naviy asoslarini egallagan, Vatanning istiqbolini o‘ylaydigan,
Vatan ravnaqiga , yurt tinchligiga va xalq farovonligiga munosib hissa qo‘sha olish
mumkinligini ongli ravishda his qila oladilar. Bu tabiiyki, boshlang‘ich ta’lim
mazmuniga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I. A.
Karimovning 1997 yil 29-avgustdagi «Barkamol avlod - O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori» mavzusidagi ma’ruzasida «Agar poydevor mustahkam
bo‘lsa (Bu erda boshlang‘ich ta’limga urg‘u berilayapti - mualliflar), imorat
baquvvat bo‘ladi (ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi - mualliflar)» degan ko‘rsatmaviy
fikrini bildirishi ham boshlang‘ich ta’limning uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki
(poydevoriy – fundamental) asosi ekanligi va unga e’tiborni kuchaytirish
zarurligini ta’kidlashidir. Bu muammo yechimi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongi
va qalbiga ma’naviy va milliy qadriyatlarni singdirish orqali hal qilish mumkin.
Bunga sabab mazkur qadriyatlar o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashi va
intellektual salohiyatini kengaytirib, ularning tashabbuskorlikka va fidoyilikka
hamda ijodkorliklarga bo‘lgan moyilliklarini yanada oshiradi. Bu borada
donishmandlarimiz tomonidan qoldirilgan va bizgacha yetib kelgan boy milliy va
ma’naviy
meroslarimiz
hamda
umuminsoniy, shu
jumladan, milliy
qadriyatlarimizni o‘quvchilar ongiga singdirishimiz ularning kelajakda ma’naviy
barkamol shaxs bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali o‘quvchilarning
turli tahdid va salbiy ta’sirlar domiga tushib qolishining oldi olinadi, chunki,
ma’naviy jihatdan etuk va intellektual salohiyatli o‘quvchilar hech qachon turli
salbiy ta’sirlar domiga tushib qolmaydi.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi va ular bilan bog‘liq savodxonlik asoslarining
dastlabki ildizlari juda qadimiy tarixga ega, ya’ni ular Zardushtiylar ta’limoti
bo‘lmish «Avesto» kitobining paydo bo‘lishi va Urxun Enisey bitiklarining yuzaga
kelishi hamda Selenger madaniyatining shakllanishidan buyon to hozirgacha
jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib, rivojlanib kelmoqda. Bulardan
uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichlaridan biri boshlang‘ich ta’lim turli
davrlarda turfa ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib kelmoqda. Bunga sabab, Markaziy
Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbeklar ham jahondagi eng qadimiy xalqlardan bo‘lib,
ular orasidan etishib chiqqan olimlarimiz, donishmandlarimiz va allomalarimiz
jahon ilm-faniga, jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotiga munosib hissa
qo‘shganlar. Bular milliy-ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganishga, ular haqida
xolisona (qanday bo‘lsa o‘shandayligicha) fikr bildirishga va qolaversa,
mamlakatimizda Mustaqillikka erishishda ma’naviy ozuqa va asos bo‘la oladi.
Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida xalq pedagogikasi ham
millatimizning tarixidek uzoq o‘tmishga, ya’ni eramizdan oldingi ming yilliklarga
borib taqaladi. Xususan, Zardushtiylar ta’limoti bo‘lmish, «Avesto» muqaddas
kitobining yuzaga kelishi bunga yorqin misoldir, chunki, xalqimizning
savodxonlikka intilishisiz inson ma’naviy-marifiy kamolotini yuksaltirish
muammosini hal etib bo‘lmaydi.
«Avesto» kitobining muallifi Spitama Zardushtra ta’lim-tarbiya masalasiga
katta ahamiyat bergan donishmand bo‘lgan. Buni mazkur kitobdagi quyidagi
fikrdan ham bilsa bo‘ladi: «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib
hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi
o‘qishni, keyin esa yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin».
Keltirilgan fikrdagi «...yaxshi o‘qishni, keyin esa yozishni o‘rganish bilan...» -
degan talabning o‘zi o‘sha davrda ham boshlang‘ich ta’limga nechog‘lik e’tibor
qaratilganligidan dalolatdir. Shuningdek, «Avesto» da bolalarni o‘qitish va
tarbiyalash qoidalari asosan quyidagicha uchta yo‘nalishda olib borilishi
ta’kidlangan:
diniy va axloqiy tarbiya;
jismoniy tarbiya;
o‘qish va yozishga o‘rgatish.
Agar bu yo‘nalishlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, bizning ota-bobolarimiz
farzandlarini ma’rifatli va ma’naviyatli bo‘lishligini xohlaganligini anglash
mumkin. Bunga asos sifatida yuqoridagi yo‘nalishlarni misol sifatida keltirish
mumkin. Ya’ni birinchi yo‘nalishga (diniy va axloqiy tarbiyaga) e’tibor beradigan
bo‘lsak, bu to‘liq inson ma’naviyatini ta’minlovchi jihatlardir. Ikkinchi yo‘nalish
esa (jismoniy tarbiya) kishi ma’naviyatidagi sog‘lom turmush tarzining ifodasidir
va uchinchi yo‘nalish (o‘qish va yozishni o‘rgatish) farzandlarimizning «ma’naviy
qashshoq» ligining oldini olishdagi ma’rifiy negizdir.
Bu haqda «Avesto»da yana shunday bir fikr bor: «Tarbiya jamiyatning asosi.
Shuning uchun bolalar yaxshi tarbiya olmog‘i, yaxshi o‘qishni, yaxshi yozishni
bilmog‘i lozim. Bolalarga voyaga yetgan sayin to‘rt narsani yaxshi o‘rgating. Eng
avvalo, ko‘chat ekib bog‘ qilishni, uy ro‘zg‘or buyumlarini yasashni, chorvani
boqishni hamda ekin ekishni yaxshi o‘rgating, mana shu to‘rt narsani bola yaxshi
bilsa xor bo‘lmaydi, farovon hayot kechiradi».
Ota – onalar yetti yoshga yetganda bolalarga muqaddas oq ko‘ylak kiydirib,
shu kuni o‘qituvchiga berganlar. Ular eng avvalo, «ezgu fikrga, ezgu so‘zga, ezgu
ishga ishonaman» deb quyoshga qarab qasam ichganlar va har kuni besh marta
tahorat olib, ustozi bilan birgalikda quyoshga qarab madhiya o‘qiganlar.
Eng qadimgi «Hayot yo‘riqnoma – «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yildan
oshib ketdi. Bu muqaddas kitobning yaratilishi va tarqalishi, ya’ni zardushtiylik
ta’limoti va undagi diniy-falsafiy aqidalar, pandu nasihatlarni, O‘rta Osiyo xalqlari
tarixi, madaniyati, urf-odati va ularni o‘rganish yoshlar ma’naviy dunyoqarashini
kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«Avesto»ning nasihatlari va boy an’analari yoshlarni har tomonlama
tarbiyalab, kamolga yetkazuvchi qadriyatlarni qadrlashga chorlaydi. «Avesto»da
bayon etilgan aqidalar, dono fikrlar odamlarni ezgulikka chorlovchi pandu-
nasihatlar, juda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan qadimgi Xorazmda kurtak yozgan
zardushtiylik ta’limoti keyin O‘rta Osiyoga tarqalib uzoq vaqt davlat dini
maqomiga ega bo‘lgan. Hozir ham Xoja nulai haqda turli rivoyatlar saqlanib
kelinmoqda.
«Avesto»ni o‘rganishning ahamiyati shundan iboratki, u yoshlarimizni
Vatanga e’tiqodli, dunyoqarashini teran qilib tarbiyalashda muhim ma’naviy
merosdir. Undagi milliy qat’iyatlar orqali, ya’ni Hubbimxo‘janing (U haqda
«Avesto»dagi rivoyatlarda ma’lumot bor, xususan Hubbimxo‘ja o‘sib-ulg‘ayibdi.
Shuning uchun uning ota-onasi yurtga osh beribdi. Ular Amudaryo suviga sig‘inib
yashabdilar, ulardan «Suvga tupirma» degan gaplar ham o‘sha davrdan hozirgacha
yetib kelgan – mualliflar) onasi o‘g‘lini kutib yashagani, uning ishini davom
ettirishi va bu orqali odamlarga yaxshilik qilishlik, insofli, diyonatli bo‘lishlikni
o‘zlarining insoniy fazilatlari deb bilishlari ham yoshlar ma’naviy tarbiyasida o‘ta
muhimdir
Demak, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda
«Avesto» kitobidagi pand-nasihatlar, rivoyatlardan foydalanish mumkin. Ular
yoshlarimizning milliy qadriyatlarga va an’analarga qiziqishlarini oshiradi, ilmiy-
dunyoviy va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashlarini yuksaltiradi hamda pirovard
natijada o‘quvchilar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish jadallashadi. Bu esa
mustaqil mamlakatimizning yetakchi kuchlarining, ya’ni yoshlar tarbiyasi uchun
muhimdir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, har qanday (ta’lim-tarbiya
jarayonini boshlang‘ich ta’limsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Bular jamiyat taraqqiyotining mazmun-mohiyatiga mos ravishda yangicha
mazmun kashf etib kelindi. Xususan, Zardushtiylar davridan keyin eramizdan
avvalgi VI-I asrlardagi savodxonlikka e’tibor beradigan bo‘lsak, unda boshlang‘ich
ta’limning elementlari asosan ikki yo‘nalishda amalga oshirilgan, ya’ni yerli
xalqlar boshlang‘ich ta’limiga oid dastlabki ma’lumotlar va yunon savodxonligiga
asoslangan boshlang‘ich ta’lim elementlari. Ta’lim yo‘nalishining ikkiga
ajralishiga sabab o‘sha davrdagi Eron bosqini va undan keyin IV asrga kelib,
Markaziy Osiyoni Iskandar Zulqarnayin (Aleksandr Makedonskiy) tomonidan
bosib olinishining ta’siri edi.
Eramiz boshidagi, ya’ni I—VIII asrlarda diyorimizdagi boshlang‘ich ta’lim
o‘zgacha mazmun-mohiyat kasb etdi, ya’ni oldingi davrlardagi boshlang‘ich ta’lim
mazmuni jamiyat taraqqiyotiga mos takomillashib bordi. Bunda asosan
boshlang‘ich ta’lim oldingi davrdagi Yunon mutafakkirlarining asarlarini
o‘rganishga asoslangan savodxonlik asoslarini egallash qisman kun tartibida qolib,
asosan arab alifbosi asosidagi boshlang‘ich ta’lim rasm bo‘la boshladi. Bu davrga
kelib masjidlar tashkillashtirila boshlandi. Tarixiy manbalarga qaraganda bundan
olti yuz yillar muqaddam Samarqand shahrida Hazrati Xizr masjidi ishga
tushirilgan, uni Ko‘k masjid deb ham atalgan. Tabiiyki, bunday joylarda ham
boshlang‘ich ta’limsiz savodxonlik asoslarini shakllantirib bo‘lmaydi.
Tarixda Sharq ma’naviy yuksalishining Oltin davri deb buyuk iz qoldirgan
davr Ilk Uyg‘onish va So‘nggi Uyg‘onish davrlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrning
o‘ziga xos xususiyati shunisi bilan ahamiyatliki, bunda dunyoviy va diniy
bilimlarga bab-baravar e’tibor qaratildi, marifat-ma’naviyatga intilish va jamoani
ezgu niyatlarga, bunyodkorlikka yo‘naltirish insoniyatning asosiy burchi deb
qaraldi. Bu davrga kelib, ta’lim tizimi turlari hozirgi ta’lim tizimi turlariga
yaqinroq bo‘lgan ketma-ketlikka keltirilgan. Bular X asrlarga kelib an’anaviy
ta’lim tizimiga aylandi. Ularning tarkibiy qisimlarini quyidagilar tashkil etadi:
an’anaviy boshlang‘ich maktablar; o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari –
madrasalar; xususiy o‘quv maskanlari; ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim
maskanlari; mustaqil ta’lim.
Bu davrga kelib diyorimiz ilm-fani dunyoga mashhur bo‘ldi. Ayniqsa, ilm
ahli hurmat-e’tibor topdi, ommaviy ta’limga e’tibor kuchaytirildi va tabiiyki
bunday jarayonlarda boshlang‘ich ta’limga e’tibor yanada kuchaytirildi. Buni
Alisher Navoiyning quyidagi fikridan ham anglash mumkin:
«Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila,
Aylamoq bo‘lmas ado aning haqqin yuz ganj ila».
Umuman olganda, Uyg‘onish davrlarida insoniy qadriyatlar ulug‘landi.
Bunda boshlang‘ich ta’limdan ko‘zlangan maqsad yurtimizda manaviyat va
marifat turlarini keng egallash ko‘maklashish bo‘lgan. Ularda ilmga intilishga, har
bir insonning iymonli, e’tiqodli bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratilgan. Ana shu
sababli yurtimiz olimlari, allomalari: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abi Ali
ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Mahmud
az-Zamaxshariy, Abu Nasr Forobiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabilar
dunyo ilm-faniga buyuk xizmatlar qildi. Ular yaratgan intellektul mulklari orqali
dunyo fani ham rivojlanish cho‘qqilariga erishdi va xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash
mumkinki, o‘zbek xalqi Yer yuzidan tortib Samogacha ma’lum va mashhur bo‘ldi.
Bunday allomalarga boy yurtda albatta ma’naviyat. madaniyat, ma’rifat keng
rivojlangan bo‘ladi. Bularning hammasi diyorimizdagi ta’lim-tarbiyaga kuchli
e’tiborning natijasidir.
VII-VIII asrlarda ham ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyoti va davlat tinchligiga
bog‘liq holda olib borildi. Xalqimizning ma’rifatli hamda ma’naviyatliligi sabab
bu davrda ham oilalarda. mahallalarda ta’lim-tarbiya muassasalari tashkil qilindi.
Bu davrda otin oyilar ham tayyorlandi va ular yordamida qizlarimizni ham
savodxon bo‘lishiga kirishildi.
Demak, har qanday davrda ham boshlang‘ich ta’lim o‘z ahamiyatini
yo‘qotgan emas, chunki u siz inson, insoniyat, jamoa, jamiyat hattoki davlat ham
yuksaklikka erisha olmaydi.
2.
Jadidchilik
harakati
namoyondalarining
boshlang‘ich
ta’limni
rivojlantirishdagi faoliyatlari.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida diyorimizda jadidchilik harakati keng
yoyildi. Jadidchilik harakati namoyondalari xalq savodxonligini taraqqiy ettirishga
fidoyiliklar qildilar va bu borada ular milliy maktablar ochishda jasorat
ko‘rsatdilar. Ularning faoliyatlari milliy o‘zligimizni anglash va yosh avlod
ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Avvalo, jadidchilik haqida yoki jadidchilik o‘zi nima?
Bizga ma’lumki, millatning yashamog‘i va uni rivojlantirilishi uchun avvalo
Vatan mustaqil bo‘lmog‘i lozim. Jadidchilar buni anglab yetdi va ular shu oliy
maqsadda keng xalq ommasini uyg‘otishga alohida e’tibor berdi. Jadidchilar bu
maqsadga yetish uchun yangi g‘oya zarurligini ham chuqur anglab yetgan edilar.
Shuning uchun bu g‘oyalarni targ‘ib etishga gazeta, jurnallar ta’sis ettirdi, teatr va
ularga mos sahna asarlari tayyorlandi va tabiiyki birinchi navbatda yangi
maktablarni tashkil etishga hamda yangi O‘quv adabiyotlarini chop ettirishga
kirishildi.
Demak, «Usuli jadid» maktablarining yuzaga kelishi bejiz emas. Ular jamiyat
taraqqiyotiga mos hayotiy zarurat edi. Umuman olganda, «Jadid» so‘zining
ma’nosi «Yangi» so‘zini anglatadi. Jadidchilik harakati namoyondalari nuqtayi
nazaridan qaraganda esa u «Yangi tafakkur», «Yangi inson», «Yangi avlod» kabi
keng qamrovli ma’nolarni anglatadi. Shu maqsadni shior qilib olgan ma’rifatparvar
fidoyi insonlar tufayli mamlakatda jadidchilik harakatlari boshlanib ketdi va ular
g‘oyalari tezlik bilan hayotning qaloq zulmatli qarigacha yoritdi, hayotimizga sof
va musaffo ruhni olib kirdi. Ushbu jarayonda birinchi navbatda maktablar isloh
qilina boshlandi. Isloh dastlab boshlang‘ich maktabni tashkil etishdan boshlandi.
Boshlang‘ich ma’lumot beruvchi «Usuli jadid» maktablari dastlab Buxoroda,
Samarqandda, Shahrisabzda, Toshkentda, Farg‘ona vodiysida ketma-ket tashkil
etila boshlandi. Bu borada 1901-yilda birinchi bo‘lib Munavvarqori ochgan «Usuli
jadid» maktabi alohida kasb etdi. U o‘z maktabi uchun «Adibi avval», « Adibi
soniy» kabi alifbo kitoblarini, «Tajvid al-Qur’on», « Yer yuzi» kabi qo‘llanmalar
yozib nashr ettirdi. U o‘z maktablarini rivojlantirish va targ‘ib qilish uchun 1913-
yilda «Turon» nomli jamiyatni ta’sis ettirdi hamda «Maktab» va «Nashriyot»
nomli shirkatlarni tashkil etishga erishdi. Shuningdek, «Turon» kutubxonasi,
«Turon» klubi, «Turon» gazetalari tashkil etilib, milliy aholi uchun moddiy-
ma’naviy yordam bera oldi. Shuning bilan birga jadidchilarning deyarli barcha
faoliyatlari xalqimizda maorif-madaniyatga, ayniqsa, ma’naviyatga rag‘bat uyg‘ota
oldi. Shu ma’noda ular g‘oyalari bunyodkorlikka asoslangan edi, deb to‘liq
ishonch bilan aytish mumkin.
Ular ma’rifat va madaniyatni ulug‘lash, o‘zligini anglash, o‘z xalqini hurmat
qilish va ularning istiqbolli kelajagi uchun kerak bo‘lsa, o‘z jonini fido qilish kabi
fidoiyliklar bilan yo‘g‘rilgan insonlardir. Bular nafaqat o‘z faoliyati, balki o‘z
yangi g‘oyalariga sodiq va ularni amalga oshirishga jasorat ko‘rsata oladigan
insonlar edi. Bular o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirishda eng ta’sirchan
vositalar va ma’lumotlar hamdir. Bundan jadidchilik harakati namoyondalari milliy
g‘oyalarga sodiq va uni ro‘yobga chiqarishga fidoyi insonlar, degan xulosani
chiqarish mumkin. Bu borada, aynan boshlang‘ich maktabni rivojlantirish
borasidagi jadidchilik harakati namoyondalarining milliy g‘oyaga sodiqligi
diqqatga sazovordir.
Shu ma’noda Q. Karmishev va K. Normatovlarning izlanishlaridagi quyidagi
fikrlari ahamiyatlidir: «Boshlang‘ich maktabni rivojlantirish, uni ma’rifatga xizmat
qildirish, ma’rifat tufayligina milliy istiqlolni qo‘lga kiritish - bu umumiy
maqsadning bir bo‘lagi edi xolos. Ular kerak bo‘lganda aktyor, kerak bo‘lganda
muxbir, kerak bo‘lganda nashriyotchi, kerak bo‘lganda yozuvchi, kerak bo‘lganda
siyosatchi, kerak bo‘lganda diplomant, kerak bo‘lganda olim bo‘ldilar va
hayotning hamma jabhalarida kata jasorat ko‘rsatdi, hatto jonlarini xatarga qo‘yib,
milliy istiqlol g‘oyasi sari yaqinlashib bordi.
Bugungi kundagi milliy istiqlol g‘oyasini milliy qadriyatlarga aylantinish
masalalari bundan yuz yil ilgari jadidlar tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan va
qizg‘in muhokama qilingan.
Milliy va milliy g‘oya tushunchasi bundan ikki yarim ming yil ilgari
Demokrit tomonidan ishlatilgan. U yozadi: - har bir mamlakatning yagona sohibini
- millat deb tushuntiradi. Millat va uning oldiga qo‘yilgan buyuk g‘oyalar, buyuk
ezgu niyatlar uni buyuk kashfiyotlarga olib chiqqaniga tarix guvoh» . Jadidchilik
harakati namoyondalarining millatparvarligi (ular millatimizning ma’naviy-
madaniy yuksalishiga turtki bo‘ldi), ma’rifat-parvarligi (ular darsliklar va boshqa
O‘quv qo‘llanmalarini tayyorladilar hamda yangi usul maktablarini ochdilar),
madaniyatliligi (ular ko‘pgina jurnallar va gazetalar ta’sis etdi, sahnalashtirilgan
teatrlar uyushtirdi) va shu kabi jihatlari ma’naviyatimiz yuksalishiga mustahkam
asos va turtki bo‘la oldi. Ularning har biri xalqimizni ilm-ma’rifatli qilish yo‘lida
hormas tolmas kurashchilar bo‘lgan. Ular tanlagan yo‘l tamoman yangi yo‘l bo‘lib,
u milliy ta’limni yuksak cho‘qqilarga olib chiqishga qodir ta’lim-tarbiya usuli edi.
Bu haqda tadqiqotchi O.Jamoliddinovaning quyidagi fikrlari o‘quvchilar
ma’naviyatini yuksaltirishda didaktik asos bo‘la oladi:
«Ma’rifat ahillari avlodlar kamoliga befarq bo‘lmagan. Ular Vatan ozodligi va
asriy armonlar ushalishini ilmli, shijoatli, tarbiyali avlod misolida ko‘rishgan.
Ana
shunday
jonkuyar
ma’rifatparvarlardan
biri,
o‘zbek
ma’rifatparvarlarining yorqin namoyondasi Abdulla Avloniy ham sog‘lom va
barkamol avlod tarbiyasi borasida boy meros qoldirgan....
Abdulla Avloniyning ta’limiy-axloqiy asarlari, xususan, «Turkiy Guliston
yoxud axloq» asari, «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» darsliklaridagi
ixcham hikoyalari bugungi kun yosh avlod tarbiyasi uchun g‘oyat dolzarbdir.
Uning pand-nasihat, ibrat turkumidagi hikoyalari va asarlari yosh avlod tarbiyasida
muhim o‘rin tutadi. Jumladan, u «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida badan
tarbiyasiga e’tiborni qaratar ekan, shunday deydi: «Badanning salomat va quvvatli
bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunki, o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va
o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur». Tarixga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, yuqoridagi qayd etilgan davrlarda doimo yurtimizda
qahramonlar, olimlar, allomalar, donishmandlar bo‘lgan va ular taraqqiyparvar,
bunyodkor, ma’rifatparvar, ma’naviyalli hamda fidoyi insonlar bo‘lgan. Buni
mustaqillik davrida yanada yaqqolroq sezish mumkin.
Yurtimizdagi mustaqillik (1991-yil 31-avgust kuni birinchi Prezidentimiz Ona
diyorimizni muslaqil O‘zbekiston Respublikasi, deb e’lon qildi va 1-sentabr kunini
«Mustaqillik kuni» bayrami deb e’lon qildi) O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga
yaratuvchilik faoliyatini baxsh etdi. O‘sib kelayotgan barcha yosh avlodga
ularning ma’naviy va aqliy yuksalishiga keng imkoniyallar yaratildi. Ana shular
asosida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi va undan amaliyotda
foydalanishga keng yo‘l ochildi hamda bunday faoliyat davlat siyosati
darajasigacha ko‘tarildi. Ushbu davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat
yurituvchi mutaxassislar oldiga milliy g‘ururli, insoniyat aql-zakovati yaratgan
milliy moddiy va ma’naviy merosimizdan xabardor bo‘lgan barkamol avlodni
shakllantirishdek buyuk istiqbolli vazifani qo‘ymoqda. Bu vazifani bajarish orqali
millatning, jamiyatning taraqqiyotini (ta’minlash, ya’ni yurtimizning ham moddiy
jihatdan, ham ma’naviy jihatdan yuksalishini ta’minlash mumkin. Bular
yurtimizda shakllanayotgan barkamol avlod ishtirokida amalga oshiriladi. Bu
tabiiyki, uzluksiz ta’lim tizimi oldiga, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limga katta
mas’uliyat yuklaydi. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Poydevor mustahkam
bo‘lsa, imorat baquvvat bo‘ladi». Ya’ni boshlang‘ich ta’limga qo‘yilgan Davlat
ta’lim standartlarini (DTS) talablarini o‘quvchilar mukammal o‘zlashtirsa, yuqori
sinflardagi DTS talablariga javob berishi osonlashadi. Bunday uzviylik va
uzluksizlik barkamol shaxsni ma’naviy jihatdan ham yetuk qilib shakllantirish
imkonini beradi
Demak, boshlang‘ich ta’limni tashkil etishning yuqorida ta’kidlangan barcha
bosqichlardan mustaqillik davri boshlang‘ich ta’limi tubdan farq qiladi.
«O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomda
(1998-yil 5-yanvar) «Boshlang‘ich ta’lim o‘qish, yozish, sanash, o‘quv
faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash xislatlari, o‘zini-o‘zi
nazorat qilish, o‘quv nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog‘lom
turmush tarzi asoslarining egallab olinishi ta’minlanadi», deyilgan .
Shuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3 - qismi –«Kadrlar
tayyorlash milliy modeli»da boshlang‘ich ta’limga qo‘yilgan talabni quyidagicha
ifodalagan, ya’ni «Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (1-4-sinflarni) qamrab
oladi hamda O‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini,
ularda bilim o‘zlashtirish umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-
axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli
munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi». Bu hujjatda boshlang‘ich
ta’limda savodxonligi haqidagi ma’lumot uzluksiz ta’lim tizimining keyingi
bo‘limlarida intellektual salohiyatli bo‘lishiga mustahkam asos bo‘la oladi. Shu
sababli boshlang‘ich ta’limda yaxshi ta’lim-tarbiya berilsa, qaysi fan bo‘lishidan
qat’i nazar, yuqori sinflarda O‘quvchining fanlarni o‘zlashtirishi oson bo‘ladi,
degan xulosaviy fikr mavjud.
Boshlang‘ich ta’limning yuqorida qayd qilingan tarixiy va nazariy asoslari
quyidagi xulosani chiqarishga asos bo‘ldi.
D e m a k , boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar, birinchidan, savodxonlik
asoslarini egallashi va hisoblash tafakkuriga ega bo‘lishi, ikkinchidan,
umummadaniy va axloqiy ko‘nikmalar bilan qurollanishi, uchinchidan, mantiqiy
tafakkur qilishga kirisha olishi, to‘rtinchidan, aqliy rivojlanishning samarali
bosqichiga o‘tishi, beshinchidan, ma’naviy dunyoqarashni kengaytirish tizimining
faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni o‘quvchi shaxsi ma’naviyati rivojlanishining
jadallashuviga erishishi, oltinchidan, kommunikativ savodxonlikka kirishishi,
yettinchidan, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga harakat qilishi,
sakkizinchidan, moddiy va ma’naviy go‘zallikni his eta bilishi hamda zavqlana
bilishi, to‘qqizinchidan, milliy boyliklarimiz (marosim, an’ana, urf-odatlarimiz va
h.k.)ni o‘ziga singdira olishliklari zarur bo‘ladi va bu orqali ularda milliy ta’lim-
tarbiyaga
nisbatan
moyillik
uyg‘onadi.
O‘quvchilar
ma’naviyatini
shakllantirishning tarixiy va nazariy asoslaridan ham ma’lum bo‘ldiki, bugungi
kundagi ta’lim tizimi yangi standartlar va dasturlar doirasida ta’lim jarayonini
eskirgan uslubda olib borishga yo`l qo`ymaydi, chunki bu jamiyat taraqqiyoti
talabidir. Shu sababli ham hozirda zamonaviy ta’lim uchun pedagogik
innovastiyalar zarur. Bunga sabab pedagogik innovastiyani yaxlit murakkab
dinamik jarayon sifatida qaralib, uning interfaol sifatlari, tarbiyaviy qismlari,
funkstional tavsifi va uzviyligi izchil tadqiq qilinmoqda.
3. Boshlang‘ich ta’lim mazmuni tahlili va unga qo‘yilgan zamonaviy
talablar
Vatanimizda hozirda ta’lim tizimiga e’tibor davlat
siyosati
darajasigacha
ko‘tarilgan.
O‘zbekiston
Respublikasining
1997-yil
29-avgustda
“Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”) qabul qilindi. Shundan keyin boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha konsepsiyalar
qabul qilindi .
O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va yuqorida qayd etilgan
qonunlar hamda me’yoriy hujjatlar boshlang‘ich ta’limni zamon talabi darajasida
olib borishni talab etadi. Bu zamonaviy boshlang`ich ta’lim pedagogikasida
dolzarb muammodir. Bunga sabab boshlang‘ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimi uchun
asosiy poydevor vazifasini o‘taydi. Unda ta’kidlanganidek boshlang‘ich ta’limga
qadimdan ota-bobolarimiz e’tibor berib kelganlar. Ulardan ba’zilari haqida quyida
qisqacha to‘xtalamiz:
1. Zardushtiylik dinining asoschisi va «Avesto» kitobining muallifi Spitama
Zardushtra ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor bergan.
Demak, boshlang‘ich ta’limga eramizdan oldin yaratilgan muqaddas
kitoblarda ham alohida e’tibor bergan desak xato bo‘lmaydi. Ularda asosan
mantiqiy tafakkurni va shu asosdagi dunyoqarashni yuksaltirish asosiy e’tiborga
olingan. Bu davr boshlang‘ich ta’limida o‘z-o‘zini anglash salohiyatini
shakllantirishga harakat qilingan. Unda moddiy va ma’naviy go‘zallikni his eta
bilishga hamda zavqlanishga undash, milliy-ma’naviy boyliklarimizni ta’lim
oluvchilar ongiga singdirishga harakat qilingan. Shuningdek, marosim, an’ana, urf-
odatlarimizni ta’lim oluvchilar ongiga singdirish orqali ularda ma’naviy jihatdan
tarbiyalanishga moyillik uyg‘otilgan va ularga rioya qilishliklar o‘rgatilgan.
«Avesto»da qayd etilgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, tabiat va ular
hodisalariga bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar, shuningdek, tabiat va insoniyatni sof
saqlashga qaratilgan, qadriyatlar ta’lim mazmuniga to‘laligicha kirishiga harakat
qilingan. Bu davrning va unga mos «Avesto» ta’limotining diqqatga sazovor joyi
shundaki, unda ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi tarannum qilingan, ya’ni
«Ezgu o‘y → ezgu so‘z → ezgu amal» tizimining “Yovuz niyat → yovuz fikr →
yovuz harakat» tizimi ustidan g‘alabasini odamlar va ta’lim oluvchilar ongiga
singdirish asosiy e’tiborda bo`lgan. Bu yurtimiz yoshlari ma’naviyatini
yuksaltirishga fundamental asos bo‘la oladi va ular yoshlarimizdagi ma’naviy
qadriyatlarimizga
bo‘lgan
hurmatni yanada oshiradi hamda ma’naviy
tarbiyamizning chuqur ildizlari uzoq tarixga ega ekanligini ta’kidlaydi.
2. Eramizdan oldingi VI-I asrlarga kelib yurtimizdagi boshlang‘ich ta’lim
mazmunida o‘zgarishlar bo‘ldi. Ya’ni an’anaviy boshlang‘ich ta’limga yunon
Dostları ilə paylaş: |