O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127
Psixologiya

 


112 
Mashg„ulot mazmuni: 
Nazariy qism: 
 
 
Muloqot to‟g‟risida umumiy tushuncha. 
Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar 
muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, 
samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o`rgatishga oid psixologik 
mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o`rganish ishbilarmonlik 
faoliyatida asosiy o`rinni egallamoqda. Muloqot psixologiyasi fani muloqotning 
yuqorida keltirilgan va boshqa jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur 
o`rganishga yordam beradi. Shuningdek talabalarda muloqot psixologiyasi bo`yicha 
amaliy ko`nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Munosabat - odamlar o`rtasida, birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib 
chiqadigan boglanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Munosabatga 
kirishuvchilarning o`zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so`zlar bilan 
emas, balki xatti-harakatlar bilan xam ayirboshlashdan iborat.
Muloqot - faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida 
bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi. Muloqot - odamlar o`rtasida birgalikdagi 
faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojlanishining ko`p qirrali 
jarayonidir. 
Muloqot 
birgalikda 
faoliyat 
ko`rsatuvchilar 
o`rtasida 
axborot 
ayirboshlashni o`z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga 
olinadi. Muloqotning quyidagi tomonlarini ko`rib chiqamiz:
1-shakl 
Muloqotning kommunikativ tomoni - ya‟ni muloqotga kirishuvchilar o`rtasidagi 
ma‟lumot va axborotlar almashinuvi jarayoni. Muloqotning kommunikativ tomoni 
deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g`oyalar, fikrlar almashinuvi 
jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Ma‟lumki, aloqa vositasi sifatida 
nutqning asosan ikki turi farqlanadi:


Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin