O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   127
Psixologiya

hayol formasi - oldindan o`ylab yuzaga keltirishi mumkin bo`lgan, jo`rttaga yuzaga
keltirilgan iroda bilan bog`liq bo`magan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan 
hayolning mana shunday obrazlari shirin hayolga misol bo`la oladi. Qandaydir 
quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar xaqida shirin hayol surish hamma odamlarga 
xosdir. Ammo inson hayoliy jarayonlarida shirin hayol kechirish hollari ko`proq bo`lsa 
bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi.
Aktiv hayol formasi qayta tiklovchi va ijodiy hayol turlariga bo`linadi. O`z 
asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi hayol qayta tiklovchi 
hayol deb ataladi. Ijodiy hayol - qayta tiklovchi hayoldan farq qilgan holda, orginal va 
qimmatli moddiy maxsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarning yaratilishini 
taqoza qiladi. Mehnatda paydo bo`lgan ijodiy hayol ehtiyojlarini qondirish yo`lini 
izlashda yaqqol tasavvurlar bilan aktiv va maqsadga muvofiq ish tutadigan texnik
badiiy va istalgan boshqa ijodiyotini ajralmas tomoni bo`lib qoladi. 


83 
Ijodiy hayol - tiklovchi hayoldan farqli o`larok original va qimmatli moddiy, 
ijodiy maxsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning yaratilishidan iborat hayol 
turidir. Shu bilan birga, mustaqil ravishda yangi obrazlar yaratish uchun ijodiy 
faoliyatda qatnashgan, ya‟ni natijasida qimmatli yangi bir narsa hosil bo`ladigan 
faoliyatdagi hayolni aytamiz. Yozuvchi, rassom, kompozitor, olim, ixtirochi va boshqa 
buning kabi kishilarning hayoli ijodiy hayoldir.
Ijodiy hayol, tasavvur hayoliga qaraganda ancha murakkab va qiyin jarayondir. 
Hayol muhim rol o`ynamagan xech bir ijod sohasi yo`q.
Hayolning ixtiyoriy va ixtiyorsiz faoliyati. Diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsizi 
bo`lganidek, xotiralash va xotiraga keltirishning ham ixtiyoriy va ixtiyorsizi 
bo`lganidek, hayolning ham ixtiyorliligi darajasi turli bo`ladi.
Hayolning mutlaqo ixtiyorsiz ishlashining misoli tush ko`rishdir. Tush 
ko`rgandagi obrazlar kishining xohishi, bilan tug`ilmaydi, ular xohish bilan 
o`zgarmaydi. Tushdagi obrazlar o`rtasida xech kutilmaganda juda g`alati, bahzida 
mutlaqo tasavvur qilib bo`lmaydigan munosabatlar tug`ilib, chalkashib ketadi. 
Kishining uyqusi kelib mudroq bosgan chog`idagi, masalan, kishi endigina uxlay 
boshlagan vaqtdagi hayolning ishi ham asosi jihatidan ixtiyorsizdir.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin