Tafakkur jarayonida fikrlash operatsiyalariga: analiz, sintez, taqqoslash,
umumlashtirish, konkretlashtirish, klassifikatsiyalash va sistemalashtirish kiradi. Analiz - obyektning u yoki bu tomonlarini, elementlarini, xossalarini,
bog‟lanishlarini, munosabatlarini ajratib olib, o‟rganilayotgan obyektni har xil
komponentlarga (tarkibiy qismlarga) bo‟lish demakdir. Analizning yordami bilan narsa
va hodisalarning xususiyatlarini fikran yoki amaliy tahlil qilinadi. Bir butun narsani
analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni birlashtirish sintezdir.
Sintez - narsa va hodisalarning analizda bo‟lingan, ajratilgan ayrim qismlarini,
bo‟laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun xoliga
keltirishdir. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo‟laklarini bir
butun qilib qo‟shishdan iborat aqliy faoliyatdir.
Analiz va sintez o‟zaro bevosita mustaxkam bog‟langan yagona jarayonning ikki
tomoni bo‟lib, agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo‟lsa, uni sintez qilib
Tafakkur va fikrlash jarayonlarining xossalari Bilish jarayonlaari Ular shaxs tomonidan borliqni aks ettirish, umumlashtirish va bilvosita aks ettirish shakli Eksperemental psixologiya bu jarayonlarni ham o‟rganadi Tafakkur bilishning eng oily va yuqori darajadagi shakl
86
bo‟lmaydi, har qanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun xolda bilish asosida
amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash - predmetlar va ularga xos bo‟lgan xususiyatlarni fikran bir-biriga
solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarni topish. Taqqoslash operatsiyasi ikki xil
yo‟l bilan amalga oshishi mumkin: