Ergonomika
Turdosh
ilmiy
fanlar
Fiziologiya
Psixologiya Gigiena
Sostiologiya Tizimli
texnika
Texnikaviy
estetika
Izlanish operastiyasi
Ergonomika
asoslari
Anatomiya
Fiziologiya
Psixologiya
Iqtisodiyot
Sotsiologiya
Pedagogika
Gigiena
Ilmiy texnika
Ergonomikaning natijalaridan
foydalanuvchi ilmlar
Ishlarni ilmiy tashkillashtirish
Dizayn
Meҳnat muxofazasi
Sifatni boshқarish
“Mehnat psixologiyasi” fanining predmeti – odamning mehnat faoliyati va shaxsiy
xislatlari, xususiyatlari, ishlab chiqarish muhiti, ishlayotganlar o’rtasidagi shaxsiy
munosabatlar.
Ilmiy – texnikaviy taraqqiyot odam mehnatining jiddiy o’zgartirib yubordi. Mehnat
faoliyatining o’zgarishi odam va texnikaning bir – biriga ta’siri muammosini boshqacha
qo’ydi.
Texnikaning rivoji tufayli odamning imkoniyati kengaydi, lekin , o’z navbatida,
texnika shunchalik murakkablashib ketdiki, uni boshqarish odam uchun qiyin bo’lib
qoldi. Natijada mashinalar konstrukstiyasini odamning psixologik va fiziologik
imkoniyatlari bilan moslashtirish, degan yangi masalalar yuzaga keldi.
Mashina qanchalik mukammal bo’lmasin, undan to’liq va sifatli foydalanish,
pirovard natijada texnikani boshqarayotgan odam (operator)ning harakatlariga bog’liq.
Mashina ishi va operator faoliyatini “odam-mashina” deb atalgan yagona majmua sifatida
o’rganish zarurati shundan kelib chiqqan.
Chet ellar tizimiga qaraganda ishlab chiqarishdagi 58-70% avariyalar “inson
omili”ga etarlicha e’tibor bermaganlikdan kelib chiqadi. Bu, “inson omili”ni texnik
tizimlarda shunchaki hisobga olibgina qo’ymasdan maxsus o’rganish kerakligini
ko’rsatdi. Avvaliga odamning texnik tizimlardagi mehnat faoliyatiga oid gigienik,
antropometrik, biomexanik, fiziologik va psixologik, shuningdek estetik jihatlari alohida-
alohida o’rganildi, olingan natijalar turli amaliy tavsiyalarda oddiygina hisobga olindi.
Biroq keyin ma’lum bo’lishicha bu tavsiyalar kamlik qilar ekan, “odam-mashina” ishlab
chiqarish muhiti-mehnat predmeti” tizimlarini ko’p o’lchamli optimallashtirish, nazorat
va boshqaruv tizimlarining berilgan samarasiga erishish uchun texnik va insoniy
omillarni har tomonlama hisobga olish zarurati tug’ildi.
Ergonomika mehnat jarayonida odam organizmining faoliyati xususiyatlari va
imkoniyatlarini o’rganadi; uning maqsadi mehnat faoliyatida shunday sharoitlar, usullar
va tashkillashtirish tayyorlab berishni natijada mehnatning unumli bo’lishi, ayni vaqtda
odamning manaviy va jismoniy rivojlanishiga yordam bersin, mehnat jarayonida ko’p
qulayliklar va xavfsizlikni ta’minlasin, sog’lig’i va ishlash qobiliyatini saqlasin.
Ergonomikaning predmeti-odamning mehnat faoliyati, “odam-mashina” ishlab
chiqarish muhiti-mehnat predmeti” tizimi “odam-mashina” tizimlarini optimallashtirish
masalasini hal qilishda e’tiborga olinishi zarur bo’lgan ergonomik omillar quyidagilar:
-optimallashtirishning umumtizim (jumladan, ijtimoiy) mezonlari;
-axborot va energetik o’zaro ta’sirlarini tashkil etish (struktura va jarayonlar);
- operatorlar harakatining algoritmi;
-“insoniy” va texnik vositalar tavsifi;
-operatorlar mehnatining maksimal -samaradorligi, xavfsizligi va qulayligini
ta’minlash sharoitlari va vositalari;
- operatorlarni malakali tanlash vositalari, ular holatini ish vaqtida nazorat qilish.
Odam texnika bilan o’zaro ta’sirga kirishishiga oid masalalarni echishda, optimal
mehnat sharoitlarini yuzaga keltirishda ergonomik ishlanmalarning ahamiyati katta.
“Odam – mashina – ishlab chiqarish muhiti” tizimining faoliyatini tahlil qilish ergonomik
ishlanmalarga quyidagi masalalarni ta’riflash imkonini beradi:
Tizimlarda operator faoliyatini tahlil va sintez qilish.
Operator – odamning ergonomik xususiyatlarini o’rganish.
Ish o’rnini operatorning ergonomik xususiyatlarini hisobga olib tashkil etish.
Operatorlarni kasbiy tanlash.
Ergonomik loyihalash va “Odam – mashina – ishlab chiqarish muhiti” tizimlariga
baho berish. Bu masala oldingi masalalarning natijalariga qarab hal qilinadi.
Ergonomik ishlanmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash
Transport vositalari harakat tezligining ortishi, mashina va mexanizmlar
konstrukstiyasining murakkablashishi boshqarish va rostlash organlarini tanlash va
rasmiylashtirishga talablarni oshiradi. Bu ishlar noto’g’ri qilinsa, jismoniy va psixologik
yuklama ortib, operatorning harakatlarida xatolar ko’payib ketadi. Boshqarishni
markazlashtirishda va nozimlashda boshqaruv pultlari va axborotni aks ettiruvchi
qurilmalarni (AEQ- indikatorlar) oqilona tashkil etish masalasi yuzaga keladi. AEQlar
boshqarishning axborotlarga asoslangan modelini qurishning texnik asosi hisoblanadi,
operator shu model bilan ishlaydi. Model quyidagi 3 ta ergonomik talabni qondirishi
lozim:
mazmuni jihatidan atrof muhit va boshqaruv ob’ektining holatlarini aynan aks
ettirishi;
aks ettiruvchi axborot miqdori operator uchun optimal bo’lishi;
shakli va kompozistiyasi bo’yicha, model operatorning boshqaruv vazifalariga,
axborotni qabul qilib, qayta ishlashdagi psixofiziologik imkoniyatlariga mos bo’lishi.
Dostları ilə paylaş: |