Turizmda qatnashuvchilar asosan 3 guruhga bo‘linadi
Yolg‘iz yani alohida sayohat qiluvchilar. Masalan, ma’lum bir
maqsadlarda sayohatga chiqish yoki ilmiy ish yuzasidan va boshqa
maqsadlarda alohida sayohat qilishni o‘z ichiga olsa.
45
Oilaviy ya’ni oila azolari bilan ma’lum bir hududga, ma’lum
obyektga dam olish maskanlariga bo‘rib sayohat qilishni o‘z ichiga olsa.
Guruh bilan ma’lum bir konferensiya, sport, tadqiqot ishlari
bo‘lishi mumkin va shu singari masalalarda sayohat qilishni o‘z ichiga
oladi.
Tashkiliy shakli bo‘yicha 2 ga bo‘linadi. Ular:
Tashkiliy va ixtiyoriy.
Tashkiliy o‘z navbatida ma’lum bir guruh yoki muassasa
tomonidan tashkillashtirilgan turizm shakli bo‘lsa.
Ixtiyoriy turizm esa odamning o‘z hohishidan kelib chiqqan holda
yoki ma’lum bir guruh hohishidan kelib chiqqan holda turizmni amalga
oshirish.
7-mavzu. Turistik yo’nalishlarning paydo bo’lishi va
shakllanishining iqtisodiy asoslari
REJA:
1. Turistik yo’nalishlarning paydo bulishi va shakllanish omillari ?
2. Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab turlar
uyushtirish?
3. Qashqadaryo vohasining cho‘l mintaqasi bo‘ylab
uyushtiriladigan?
4. Adir mintaqasi bo‘ylab uyushtiriladigan turistik marshrutlar?
Turistik yo’nalishlarning paydo bulishi va shakllanish omillari
Turistik yo’nalishlarning paydo bulishi va shakllanish omillari har
xil bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. Turizm sohasi uchun
46
birinchi omil bu kadrlarning bilim va tajriba potentsiali hisoblanadi tur
mahsulotning soni va sifati, turizm rekreatsiya resurslariga, klimatik ob-
xavo sharoitlariga, tarixiy va arxeologik joylarning sifat ko’rsatkichlariga,
milliy o’yinlarning, bayramlarning va milliy tovarlarning soni va sifatiga,
milliy taomlarning dunyo andozalariga javob berishiga, transport sifatiga
va soniga qarab yo’nalishlar shakllanadi. Turizmda yo’nalishlarning
ijtimoiy va iqtisodiy o’sishiga quyidagi gurux omillar ta’sir qiladi
❖ siyosiy omillar, ikki davlat o’rtasidagi munosabat, shartnomalar,
tovar va turist almashish va davlatda barqarorlik;
❖ iqtisodiy omillar, turistik tashkilotlar, infrastrukturaning sifati,
iqtisodiy engilliklar, moliyaviy investitsiyalar, bank ssudalari;
❖ tabiiy omillar, tarixiy va arxeologik inshootlar, daryo, dengiz va
kullar, er osti davolovchi suvlar, toglardagi chiroyli manzaralar;
❖ ilmiy-texnik omillar, zamonaviy xizmat ko’rsatish yullari va
usullari, yangicha texnika va texnologiyalar, ilmiy tajribalar; yangi
turistik menejment, marketing bilimlari, turistlarga maxsus ma’ruza
matnlarining mavjudligi va h.k.z.
❖ Insoniyat tarixining uzoq davri mobaynida iqtisodiy sabablar
tufayli sayohatlar muhim o’lchovda qilinadi. Tovarini sotish va boshqa
yerlardaish ko’rish maqsadida ruyobga chiqqan kuchishlar sayohatlarni
tarkib toptirdi, Bularning yonida muqaddas yerlarni ziyorat qilish va
urushlardan qochish ham muhim sayohat sabablari orasida edi. Bu
jihatdan sayohat qilishning ma’nosi qiyinchiliklar va tashvishlarga duchor
bo’lishi edi. Ammo bugungi kunga kelib, hozirgi zamon insonlari turli xil
sabablar tufayli sayohat qilayaptilar. Bu to’g’rida birbiriga o’xshagan
takliflar bor. Batafsil bo’lishi uchun bu erda sayohat motivlariga aloqador
47
aniq ta’rif ustida to’xtalib o’tish zarur. Jon A.Tomasning taklifiga asosan
18 ta sayohat yo’nalishlari motivlari bo’lganini ifoda qilgan. Bular
quyidagilardir: Ta’lim va madaniyatga aloqador yo’nalish motivlari;
1. Boshqa jamiyatlarning yashash va ishlash tarzini ko’rish.
2. Ajoyib yerlarni tamosha qilish.
3. Aktual hodisalarni yanada yaxshi tushunish.
4. Madaniyat yoki san’at voqealarida ishtirok yetish, dam olish
motivlari.
5. Kundalik hayotdan, monotonlikdan va konunlardan kochish.
6. Xush va o’yin-kulgili vaqt o’tkazish.
7. Yangi aloqalar o’rnatish.
8. Kishining, oilasining negizi kelib chiqqan yerlarni ziyorat qilish.
9. Kishining, oilasining do’stlari joylashgan yerlarni ziyorat qilish.
10. Sog’liq (quyosh, quruq iqlim).
11. Sport faoliyatlari (so’zish, changida uchish, baliq tutish).
12. Iqtisodiy arzon yashash.
13. Sarguzasht (yangi erlar, insonlar, tajriba).
14. Moslashish.
15. O’zini oliyjanob qilib ko’rsatish.
16. Tarixiy erlarni ziyorat qilish.
17. Ijtimoiy motivlar (dunyoni tanish).
Umuman olganda turistlarning psixologik xarakterlariga mos
muomila shakllariga ko’ra har xil yo’nalishlar tashkil qilinib turistlar
guruxlarga ajratiladi. Psixologik ma’lumotlar ichida kishi keng yashash
tarzi, yaratgan obrusi, munosabatlari, sayohatga bo’lgan qiziqishi, oilaviy
ahvolida ko’rsatgan muomalasiga qarab chiqiladi. Bu ma’lumotlarga
48
asosan so’rov anketalari va o’zaro uchrashuvlar bilan qo’shimcha
kiritiladi. Turizm bo’yicha ispan olimi T.Plog tomonidan ro’yobga
chiqarilgan sayohat yo’nalishining paydo bo’lishi motivatsiya bilan
bog’liq tadqiqotlar natijasida farqlibir xulosa o’rtaga chiqqan.
T.Plog
izlanishlari
natijasiga
ko’ra sayohat qiladiganlar
bo’linmaydigan davomli bir qator shaklda qo’yilsa, uch shakldagi
yo’nalishlar qo’lga olinishi mumkin. Ko’p kishilar qatorning o’rtasida
qolmokda. Ikkita uch nuqtada joylashganlari esa Plog tadqiqotining
asosiy tamoyilini tashkil qiladi. Bu uch yo’nalishlarning birinchi uchiga
“psixotsentrik”, boshqa uchiga “allotsentrik” nomi berilgan. Bular
“psixotsentrik” uchida joylashgan kishilar siqilgan, tortinchok,
sarguzashtni
sevmaydigan
insonlardir.
“allotsentrik”
uchida
joylashganlari esa o’zlariga ishongan, sarguzashtni yoqtiradigan
kishilardir. Bu ikki guruh xususiyatlariga ko’ra Plog boshqa turist tiplarini
va boshqa ziyorat qilinadigan erlarning borligidan bahs etgan. Plogga
ko’ra, “allotsentrik” bir tip mustaqil bir tajribaga o’xshay oladigan
sayohatni, erishishi qiyin bo’lgan joylarni tanlaydi. Masalan, Afrika,
Janubiy Amerika va kimsasiz orol kabi joylarda. O’rta nuqtada qolgan
tiplar Gavai, Yevropa kabi tanilgan erlarga sayohat qiladilar.
"Psixotsentrik" tipdagi bir turist esa, masalan, “Disneyland” ga paket
(raskade) tur bilan kyetishdan mamnun bo’ladi. Bu ikkita uchda
joylashgan tiplarning xususiyatlari shu shaklda ajratilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |