48
asosan so’rov anketalari va o’zaro uchrashuvlar bilan qo’shimcha
kiritiladi. Turizm bo’yicha ispan olimi T.Plog tomonidan ro’yobga
chiqarilgan sayohat yo’nalishining paydo bo’lishi motivatsiya bilan
bog’liq tadqiqotlar natijasida farqlibir xulosa o’rtaga chiqqan.
T.Plog
izlanishlari
natijasiga
ko’ra sayohat qiladiganlar
bo’linmaydigan davomli bir qator shaklda qo’yilsa, uch shakldagi
yo’nalishlar qo’lga olinishi mumkin. Ko’p kishilar qatorning o’rtasida
qolmokda. Ikkita uch nuqtada joylashganlari esa Plog tadqiqotining
asosiy tamoyilini tashkil qiladi. Bu uch yo’nalishlarning birinchi uchiga
“psixotsentrik”, boshqa uchiga “allotsentrik” nomi berilgan. Bular
“psixotsentrik” uchida joylashgan kishilar siqilgan, tortinchok,
sarguzashtni
sevmaydigan
insonlardir.
“allotsentrik”
uchida
joylashganlari esa o’zlariga ishongan, sarguzashtni yoqtiradigan
kishilardir. Bu ikki guruh xususiyatlariga ko’ra Plog boshqa turist tiplarini
va boshqa ziyorat qilinadigan erlarning borligidan bahs etgan. Plogga
ko’ra, “allotsentrik” bir tip mustaqil bir tajribaga o’xshay oladigan
sayohatni, erishishi qiyin bo’lgan joylarni tanlaydi. Masalan, Afrika,
Janubiy Amerika va kimsasiz orol kabi joylarda. O’rta nuqtada qolgan
tiplar Gavai, Yevropa kabi tanilgan erlarga sayohat qiladilar.
"Psixotsentrik" tipdagi bir turist esa, masalan, “Disneyland” ga paket
(raskade) tur bilan kyetishdan mamnun bo’ladi. Bu ikkita uchda
joylashgan tiplarning xususiyatlari shu shaklda ajratilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: